Mehnat bozori infratuzilmasini rivojlantirish



Download 1,38 Mb.
bet16/36
Sana16.12.2022
Hajmi1,38 Mb.
#888907
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t

viloyatlar:






















Andijon

87,5

88,7

91,7




91,1

93,9

6,4

Buxoro

79,5

85,5

91,1




92,6

91,3

11,8

Jizzax

86,0

83,6

84,7




86

92,5

6,5

Qashqadaryo

88,7

91,5

89,8




91,2

93,7

5,0

Navoiy

88,6

92,5

92,4




93,4

87,1

-1,5

Namangan

84,7

89,1

90,8




91,8

94,4

9,7

Samarqand

91,7

88,7

89,5




92,5

93,3

1,6

Sirdaryo

84,8

85,6

88,9




93,5

84,6

-0,2

Surxondaryo

86,6

92,9

91,2




89

93,6

7,0

Toshkent

90,4

91

93,3




94,1

95,3

4,9

Farg’ona

86,8

87,1

87,7




86,4

91,9

5,1

Xorazm

69,6

81,8

86,5




87,7

84,8

15,2

Toshkent sh.

82,4

88,4

83,8




79,5

50,6

-31,8

Respublika

85,8

88,7

90,1




90,4

91,6

5,8

bo’yicha




























  • Jadval O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ma’lumotlari asosida tuzilgan.

2013 yilda Bandlikka ko’maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) markazlariga eng ko’p murojaat qilganlar Farg’ona (murojaat qilganlar umumiy sonining 13,7%i), Samarqand (11,1%) va Andijon (10,4%) viloyatlariga to’g’ri keladi. Mehnat organlariga ko’proq qishloq (72,9%) aholisi hamda 30 yoshgacha bo’lgan yoshlar (54,3%) ro’yxatdan o’tmoqda39.

  1. O’zbеkiston Rеspublikasi Mеhnat va aholini ijtimoiy muofaza qilish vazirligi “Mеnat bozori monitoringi” informatsion taliliy byullеtеni

29
Fuqarolarning ishga joylashishlariga ko’maklashish, ish qidirish muddatlarini qisqartirish maqsadlarida 2013 yili 768 ta bo’sh ish o’rinlari yarmarkalari o’tkazildi va ularda 36,6 mingdan ortiq ish beruvchilar va 264,0 ming nafardan ortiq ish izlovchilar qatnashdilar. Ushbu yarmarkalarda 100,5 ming kishi, shu jumladan 62,9 ming yoshlar, o’quv muassasalari bitiruvchilarini, muddatli harbiy xizmatdan qaytganlar, jazoni o’tash muassasalaridan qaytganlar ishga joylashishga yo’llanma oldilar40.


Jamoat ishlarini tashkil etish ishsizlarni ish bilan ta’minlashning faol choralaridan hisoblanadi. Bu ishlab chiqarish mavsumiy bo’lgan va ishchi kuchidan yil davomida bir tekis foydalanilmaydigan qishloq joylari uchun ayniqsa dolzarbdir.


O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 19 iyuldagi “Haq to’lanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish to’g’risida”gi 353-son qaroriga asosan, haq to’lanadigan jamoat ishlari quyidagi maqsadlarda tashkil qilinadi:





  • ish qidirayotgan shaxs sifatida mehnat organlarida ro’yxatga olingan fuqarolarga ularning vaqtincha ish haqi (mehnat daromadi) olishi va ish qidirayotgan davrida ularni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash uchun shart-sharoitlar yaratish;




  • birinchi marta ish qidirayotgan va kasbi (mutaxassisligi) bo’lmagan

shaxslarni mehnat faoliyatiga jalb qilish;





  • turli sabablarga ko’ra kasb faoliyatida ancha uzilishlar bo’lgan shaxslarni mehnatga qayta tiklash;




  • iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan ob’ektlarini ishchi kuchi bilan ta’minlash.

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ma’lumotlariga


qaraganda, O’zbekiston Respublikasida haq to’lanadigan jamoat ishlarida ishtirok etgan ishsizlar soni kamaygan (3-rasm).





  1. O’zbеkiston Rеspublikasi Mеhnat va aholini ijtimoiy muofaza qilish vazirligi “Mеnat bozori monitoringi” informatsion taliliy byullеtеni

30




60000




49608

50897

48942




50000

46577































40000
















30000




26239

24359

25370




20000

16848










15025
















10000













8998
















0



















2009 yil

2010 yil

2011 yil

2012 yil

2013 yil




касбга тайёрлаш ва қайта тайёрлашга, малакасини оширишга юборилган ишсизлар




сони
















ҳақ тўланадиган жамоат ишларида иштирок этган фуқаролар сони






3-rasm. O’zbekiston Respublikasida haq to’lanadigan jamoat ishlarida ishtirok etgan ishsizlar sonining o’zgarishi, kishi*

Manba: O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ma’lumotlari


3-rasmdan ko’rinadiki, haq to’lanadigan jamoat ishlarida ishtirok etgan fuqarolar soni 2009 yildagi 49,6 ming kishidan 2013 yilda 15,0 ming kishiga yoki 67,7 foizga kamaygan. Bunday kamayish tendenstiyasi respublikaning barcha hududlarida kuzatilgan.

Bozor munosabatlari sharoitida ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish – to’la va samarali ish bilan ta’minlashga ko’maklashuvchi eng muhim omillardan biri bo’lib, unga aholini ijtimoiy himoya qilish choralarining bir turi sifatida qaraladi. Yangi iqtisodiy-ijtimoiy sharoitda kadrlardan yuksak saviya, ijodiy tashabbus, zamonaviy iqtisodiy fikrlash, ishning yangi uslub va ko’nikmalarini egallash talab qilinadi. O’zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining 1999 yil 24 apreldagi “Ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishni tashkil etish to’g’risida”gi nizomida41 O’zbekiston Respublikasida ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimi orqali ularni kasbga o’qitish va qayta o’qitish, malakasini oshirish bosqichlari va tartibi yoritilgan.


41 Ўзбекистон Республикаси Меҳнат вазирлигининг 1999 йил 24 апрелдаги “Ишсиз шахсларни касбга тайѐрлаш ва қайта тайѐрлаш, уларнинг малакасини оширишни ташкил этиш тўғрисида”ги низоми // www.lex.uz
31
3-rasmdan ko’rinadiki, respublika bo’yicha kasbga tayyorlash va qayta tayyorlashga, malakasini oshirishga yuborilgan ishsizlar soni 2009 yilga nisbatan kamaygan, ammo bu ko’rsatkich 2012 yilga nisbatan ortgan.

Kasbga tayyorlangan aksariyati tuzilgan shartnomalar asosida bazaviy kollejlarda iqtisodiyotda talab qilinayotgan mutaxassisliklar bo’yicha, ya’ni tikuvchilik, to’quvchilik, elektrik, payvandchilik, bo’yoqchilik, suvoqchilik, kompyuter texnikasi operatori va boshqa shu kabi kasblar bo’yicha o’qitilgan.


Bandlikka ko’maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlarida ro’yxatga olingan bo’sh ish o’rinlari bilan ishsizlikni kamaytirib bo’lmaydi. Chunki, 2013 yilda respublika bo’yicha bitta bo’sh ish o’rniga o’rtacha 4,9 ta ishsiz to’g’ri keladi. Mazkur ko’rsatkichning hududlar miqyosidagi tahlili uning Qoraqalpog’iston Respublikasida (6,2 ta), Andijon (5,4 ta), Samarqand va Xorazm (5,3 ta) viloyatlarida yuqori bo’lganligini ko’rsatadi. Bu esa yuqoridagi hududlarda mehnat bozorining yuqori bosimli holatini anglatadi.


Bu kabi muammolar joylarda Bandlikka ko’maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari faoliyatining qoniqarli darajada yo’lga qo’yilmaganligi va ishsiz aholiga ular tomonidan ko’rsatilayotgan xizmatlar ko’lamining torligi oqibatida vujudga kelmoqda.


Shunday qilib, aholini ish bilan ta’minlashda bandlik xizmatining o’rni yil sayin oshib bormoqda. Shu bilan birga, yuqorida berilgan ilmiy asoslangan takliflarni amalga oshirish joylaridan bandlikka ko’maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari faoliyatining yanada jonlanishiga yordam beradi.



Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish