Mehnat bozori infratuzilmasini rivojlantirish
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t
Jadval O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ma’lumotlari asosida tuzilgan. 2013 yilda Bandlikka ko’maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) markazlariga eng ko’p murojaat qilganlar Farg’ona (murojaat qilganlar umumiy sonining 13,7%i), Samarqand (11,1%) va Andijon (10,4%) viloyatlariga to’g’ri keladi. Mehnat organlariga ko’proq qishloq (72,9%) aholisi hamda 30 yoshgacha bo’lgan yoshlar (54,3%) ro’yxatdan o’tmoqda39. O’zbеkiston Rеspublikasi Mеhnat va aholini ijtimoiy muofaza qilish vazirligi “Mеnat bozori monitoringi” informatsion taliliy byullеtеni 29
Jamoat ishlarini tashkil etish ishsizlarni ish bilan ta’minlashning faol choralaridan hisoblanadi. Bu ishlab chiqarish mavsumiy bo’lgan va ishchi kuchidan yil davomida bir tekis foydalanilmaydigan qishloq joylari uchun ayniqsa dolzarbdir. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 19 iyuldagi “Haq to’lanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish to’g’risida”gi 353-son qaroriga asosan, haq to’lanadigan jamoat ishlari quyidagi maqsadlarda tashkil qilinadi: ish qidirayotgan shaxs sifatida mehnat organlarida ro’yxatga olingan fuqarolarga ularning vaqtincha ish haqi (mehnat daromadi) olishi va ish qidirayotgan davrida ularni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash uchun shart-sharoitlar yaratish; birinchi marta ish qidirayotgan va kasbi (mutaxassisligi) bo’lmagan shaxslarni mehnat faoliyatiga jalb qilish; turli sabablarga ko’ra kasb faoliyatida ancha uzilishlar bo’lgan shaxslarni mehnatga qayta tiklash; iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan ob’ektlarini ishchi kuchi bilan ta’minlash. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ma’lumotlariga qaraganda, O’zbekiston Respublikasida haq to’lanadigan jamoat ishlarida ishtirok etgan ishsizlar soni kamaygan (3-rasm). O’zbеkiston Rеspublikasi Mеhnat va aholini ijtimoiy muofaza qilish vazirligi “Mеnat bozori monitoringi” informatsion taliliy byullеtеni 30
3-rasm. O’zbekiston Respublikasida haq to’lanadigan jamoat ishlarida ishtirok etgan ishsizlar sonining o’zgarishi, kishi* Manba: O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ma’lumotlari 3-rasmdan ko’rinadiki, haq to’lanadigan jamoat ishlarida ishtirok etgan fuqarolar soni 2009 yildagi 49,6 ming kishidan 2013 yilda 15,0 ming kishiga yoki 67,7 foizga kamaygan. Bunday kamayish tendenstiyasi respublikaning barcha hududlarida kuzatilgan. Bozor munosabatlari sharoitida ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish – to’la va samarali ish bilan ta’minlashga ko’maklashuvchi eng muhim omillardan biri bo’lib, unga aholini ijtimoiy himoya qilish choralarining bir turi sifatida qaraladi. Yangi iqtisodiy-ijtimoiy sharoitda kadrlardan yuksak saviya, ijodiy tashabbus, zamonaviy iqtisodiy fikrlash, ishning yangi uslub va ko’nikmalarini egallash talab qilinadi. O’zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining 1999 yil 24 apreldagi “Ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishni tashkil etish to’g’risida”gi nizomida41 O’zbekiston Respublikasida ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimi orqali ularni kasbga o’qitish va qayta o’qitish, malakasini oshirish bosqichlari va tartibi yoritilgan. 41 Ўзбекистон Республикаси Меҳнат вазирлигининг 1999 йил 24 апрелдаги “Ишсиз шахсларни касбга тайѐрлаш ва қайта тайѐрлаш, уларнинг малакасини оширишни ташкил этиш тўғрисида”ги низоми // www.lex.uz 31 3-rasmdan ko’rinadiki, respublika bo’yicha kasbga tayyorlash va qayta tayyorlashga, malakasini oshirishga yuborilgan ishsizlar soni 2009 yilga nisbatan kamaygan, ammo bu ko’rsatkich 2012 yilga nisbatan ortgan. Kasbga tayyorlangan aksariyati tuzilgan shartnomalar asosida bazaviy kollejlarda iqtisodiyotda talab qilinayotgan mutaxassisliklar bo’yicha, ya’ni tikuvchilik, to’quvchilik, elektrik, payvandchilik, bo’yoqchilik, suvoqchilik, kompyuter texnikasi operatori va boshqa shu kabi kasblar bo’yicha o’qitilgan. Bandlikka ko’maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlarida ro’yxatga olingan bo’sh ish o’rinlari bilan ishsizlikni kamaytirib bo’lmaydi. Chunki, 2013 yilda respublika bo’yicha bitta bo’sh ish o’rniga o’rtacha 4,9 ta ishsiz to’g’ri keladi. Mazkur ko’rsatkichning hududlar miqyosidagi tahlili uning Qoraqalpog’iston Respublikasida (6,2 ta), Andijon (5,4 ta), Samarqand va Xorazm (5,3 ta) viloyatlarida yuqori bo’lganligini ko’rsatadi. Bu esa yuqoridagi hududlarda mehnat bozorining yuqori bosimli holatini anglatadi. Bu kabi muammolar joylarda Bandlikka ko’maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari faoliyatining qoniqarli darajada yo’lga qo’yilmaganligi va ishsiz aholiga ular tomonidan ko’rsatilayotgan xizmatlar ko’lamining torligi oqibatida vujudga kelmoqda. Shunday qilib, aholini ish bilan ta’minlashda bandlik xizmatining o’rni yil sayin oshib bormoqda. Shu bilan birga, yuqorida berilgan ilmiy asoslangan takliflarni amalga oshirish joylaridan bandlikka ko’maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari faoliyatining yanada jonlanishiga yordam beradi. Download 1,38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |