S - ∑ (V+B + RK)→0, (1.7)
22
bu yerda: S - hudud iqtisodiyotining kasb-hunar ta’limining aniq yo’nalishi bo’yicha tayyorlangan ishchilarga bo’lgan ehtiyoj;
V - kasb-hunar ta’limining ayni yo’nalishi bo’yicha mutaxassislar tayyorlash hajmi (bitiruvchilar soni);
B - O’MKHT yo’nalishlari bo’yicha tayyorgarlikka ega bo’lgan ishsizlar
soni;
RK - ixtisoslashtirilgan ta’lim markazlarida yoki korxonalarda bevosita kasbiy tayyorlov kursidan o’tgan ishchilar;
S - ∑ (V+B + RK)- nolga intiluvchi farq; (1.8)
- yig’indi belgisi (bayonni soddalashtirish maqsadida kelgusida foydalanilmaydi).
Bu formulaga muvofiq mehnat bozoridagi nomutanosibliklar hududiy kesimda kasb-hunar ta’limining aniq yo’nalishi bo’yicha kadrlar tayyorlashning umumiy hajmi va ayni hududda joylashgan korxonalarning tegishli kasblar bo’yicha malakali kadrlarga bo’lgan ehtiyoji o’rtasidagi farq bilan belgilanadi. Bu farq quyidagi formula bilan hisoblanadi:
∑(V+B+RK) - ∑S = ±N, (1.9)
bunda: N - malakali mehnat bozorining yuklanishi.
U talab va taklifning kattaligiga bog’liq ravishda salbiy yoki ijobiy ahamiyatga ega bo’lishi mumkin. Ishchi kuchiga bo’lgan talab taklifdan ustun bo’lganida yuklanish ijobiy, aksincha, ishchi kuchiga bo’lgan taklif juda yuqori bo’lganda malakali mehnat bozoridagi kuchlanganlik salbiy ahamiyatga ega bo’ladi.
Jahon tajribasi ko’rsatadiki, malakali mehnat bozoridagi nomutanosiblikning eng maqbul darajasi +10% chegarada bo’ladi. Uning bu ko’rsatkichlari ancha yuqori bo’lishi ishchi kuchiga bo’lgan talaf-taklifning nomutanosibligini va ma’lum muvozanatga erishish uchun tegishli tadbirlar ishlab chiqishni talab etadi.
Mahalliy va hududiy mehnat bozorlari infratuzilmasini baholash hamda prognozlashtirish jarayonida quyidagilar aniqlanadi:
23
Hududlar, tarmoq va kasblarning o’ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olgan holda kasbiy-malakaviy kesimda ishchi kuchiga talab va taklif nisbati.
Mehnat bozoriga kiruvchi ishchi kuchining sifatiy tarkibi.
O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida kadrlar tayyorlashning zaruriy hajmi va kasbiy tuzilmasi.
Ishdan bo’shaganlar va ishsizlarni qayta tayyorlashning zaruriy hajmi va kasbiy tuzilmasi.
Mehnat bozori infratuzilmasi yana bir ko’rinishlari bu ta’lim va sog’liqni saqlash tizimlari hisoblanadi. Mehnat bozorida ham ish beruvchilar mehnat layoqatining sifatini, yollanma ishchining bilimi, jismoniy tayyorgarligi, tajribasi,
ma’lumoti va iqtidorini qadrlaydilar. Mamlakat miqyosida mehnat layoqati sifatini oshirib borish mehnat resurslarining jismoniy va ma’naviy rivojlanish darajasini oshishi bilan izohlanadi.
Iqtisodchi olimlar xodimlarning ma’lumot olishlari bo’yicha bo’ladigan barcha xarajatlarni quyidagi guruhlarga ajratadilar:
ta’lim oluvchining to’g’ri xarajatlari yoki o’z xamyonidan xarajatlari;
yo’qotilgan (boy berilgan) ish haqi;
hukumatning maorif uchun xarajatlari;
davlatning boy berilgan soliqlari.
Ta’lim olishning shaxsiy foydasi talabaning o’ziga yoki oila a’zolariga tegishli bo’lsa, tashqi foyda esa ta’limga qo’yilmalardan olinadigan ijtimoiy nafning o’sishi, aholining ma’lumot va madaniy darajasining o’sishi tufayli jinoyatchilikning kamayishi, yuqori ma’lumotga ega bo’lgan shaxslarning ijtimoiy faolligini oshishi, ota-onalari yuqoriroq ma’lumotga ega bo’lgan bolalarning yaxshiroq tarbiyalanishi va ma’lumot olishi kabilarni kiritish mumkin. Barcha ijtimoiy naflarni miqdor bilan o’lchab bo’lmaydi, shuning uchun ta’limning iqtisodiy unumini tahlil qilishda, xodimning ma’lumotlilik va maxsus tayyorgarlik darajasi oshishi natijasida, mutaxassis ish haqining ko’payishi asos qilib olinadi.
24
Mehnat layoqati sifatini oshirish uchun moliyaviy va vaqt xarajatlari sarflanadi va mutaxassis o’zidagi sifatli mehnat layoqatidan samarali foydalanish oqibatida, mehnat layoqatining sifati past bo’lgan xodimlarga nisbatan ko’proq natijaga ega bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |