Me’da shirasining ahamiyati va uning kislotalik darajasini aniqlash
Darsning maqsadi: Me’da shirasining tarkibi, ahamiyati haqida tu shunchaga ega bo‘lish. Me’da shirasidagi erkin va umumiy kislotaliklarni aniqlashni o‘rganish.
Darsga kerak bo‘ladigan hayvonlar va jihozlar:
1. Qishloq xo‘jaligi hayvonlari.
2. Reaktivlar: 0,5% -li dimetilamidoabenzolning spirtli eritmasi,
0,1 NaON, 1% - li fenolftalein va toza me’da shirasi.
3. Jihozlar: shtativ, stakanlar va pipetkalar.
Me’da shirasi - me’da devorida joylashgan qo‘shimcha, asosiy va qoplama bez hujayralari faoliyati natijasida hosil bo‘ladigan moddalar aralashmasidir.
Me’da shirasi tiniq, rangsiz, kislotali muhitga ega bo‘lgan suyuqlik bo‘lib, tarkibida xilma-xil anorganik va organik moddalar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |