Mazkur Qoidalar «O’zdavtemiryo’lnazorat» inspeksiyasi boshlig’ining buyrug’i (farmoyishi) bilangina o’zgartirilishi mumkin


Temir yo’llarning kesishuvlari, pereezdlari va tutashmalari



Download 129,57 Kb.
bet7/52
Sana26.06.2022
Hajmi129,57 Kb.
#706557
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   52
Bog'liq
PTE

Temir yo’llarning kesishuvlari, pereezdlari va tutashmalari

37. Temir yo’llarning boshqa temir yo’llari bilan, tramvay, trolleybus, avtomobil yo’llari va shahar ko’chalari bilan kesishuvlari DATK tegishli yo’riqnomasi talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.


Amaldagi pereezdlarda tramvay va trolleybus harakati ochilishiga yo’l qo’yilmaydi. Amaldagi pereezdlarda avtobuslar harakati ochilishining har bir alohida holatiga DATK raisi ruxsati bilan yo’l qo’yiladi.
Temir yo’llarni avtomobil yo’llari bilan bir sathdagi kesishuv joylari DATK raisi tomonidan, sun’iy inshootlar ostidan o’tish joylari esa DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i tomonidan belgilanadi.
38. Transport vositalari va o’ziyurar mashinalarni, shuningdek chorva mollarni belgilanmagan joylarda temir yo’llardan haydab o’tish taqiqlanadi. Ushbu talablar bajarilishini kuzatish yo’l distansiyasi xodimlariga, stansiyalarda esa stansiya xodimlari zimmasiga yuklatiladi.
39. Pereezdlar temir yo’l va avtomobil transporti harakatining jadalligiga bog’liq ravishda to’rt toifaga bo’linadi. Pereezdlarning toifasini belgilash, qarovini ta’minlash va xizmat ko’rsatish tartibi DATK tegishli yo’riqnomasiga muvofiq belgilanadi.
Barcha I va II toifadagi pereezdlar, shuningdek, bo’ylama elektr ta’minoti liniyalari bilan jihozlangan uchastkalarda yoki yaqinida boshqa turdagi uzluksiz elektr ta’minoti manbalari mavjud bo’lgan III va IV toifadagi pereezdlar elektr yoritgichlar, zarur hollarda esa o’tayotgan poezdlarni ko’rikdvn o’tkazish uchun projektor qurilmalari bilan jihozlanishi lozim.
Pereezdlarning uzluksiz elektr ta’minoti va tashqi yoritilishi vazifasi elektr ta’minoti distansiyasiga yuklatiladi.
40. Pereezdlar boshqariladigan va boshqarilmaydigan turlarga bo’linadi.
Transport vositalari haydovchilarini pereezdga yaqinlashganligi to’g’risida ogohlantiruvchi pereezd signalizasiya qurilmalari bilan jihozlangan yoki navbatchi xodim tomonidan xizmat ko’rsatiladigan pereezdlar boshqariladigan turga kiradi.
Pereezd signalizasiya qurilmalari bilan jihozlanmagan va navbatchi xodim tomonidan xizmat ko’rsatilmaydigan pereezdlar boshqarilmaydigan turga kiradi.
Navbatchi xodim tomonidan xizmat ko’rsatiladigan pereezdlar poezd lokomotivlari va maxsus harakat tarkibi mashinistlari bilan radio aloqaga, eng yaqin stansiya yoki post bilan, dispetcherlik markazlashuviga ega bo’lgan uchatskalarda esa – poezd dispetcheri bilan to’g’ridan-to’g’ri telefon aloqasiga ega bo’lishi kerak.
Pereezd signalizasiya qurilmalari, avtomatik shlagbaumlar, telefon va radio aloqaning soz holatda ishlashi va qarovi signalizasiya va aloqa distansiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
41. Pereezdlar belgilangan tarzda to’shama hamda ustunchalar yoki panjara bilan chegaralangan, o’tish joylariga ega bo’lishi shart. Pereezdlarga yaqinlashadigan joylarda ogohlantirish belgilari bo’lishi kerak: poezdlar keladigan tomondan – hushtak chalish lozim ekanligini bildiruvchi «S» signal belgisi, avtomobil yo’li tomonidan esa yo’l harakati qoidalariga muvofiq DATK yo’riqnomasida ko’zda tutilgan belgilar bo’lishi lozim. Navbatchi xodim tomonidan xizmat ko’rsatilmaydigan, poezdlar kelishi tomonidan ko’rinish darajasi qoniqarsiz bo’lgan kesishmalar oldida qo’shimcha «S» signal belgisi o’rnatilishi lozim. «S» signal belgilarini o’rnatish tartibi DATK yo’l xo’jaligi boshqarmasi boshlig’i tomonidan belgilanadi.
42. Yuk ortilgan yoki yuksiz yirik o’lchamli va og’irligi katta transport vositalari, sekin yuradigan mashinalar va avtopoezdlarning pereezddan o’tishi har bir alohida holda faqat yo’l distansiyasi boshlig’ining ruxsati bilan yo’l ustasi yoki yo’l brigadirining kuzatuvi ostida, elektrlashtirilgan uchastkalarda tashilayotgan yukning balandligi 4,5 metrdan ortiq bo’lgan paytda, shuningdek, elektr ta’minoti distansiyasi vakilining ishtirokida amalga oshiriladi.
43. Kesishma bo’yicha navatchi xodim pereezdda poezdlar va transport vositalarining xavfsiz harakatini ta’minlashi, shlagbaumni o’z vaqtida ochishi va yopishi hamda belgilangan signallarni etkazishi, o’tayotgan poezdlarning holatini kuzatishi lozim. Harakat xavfsizligiga xavf soluvchi nosozlik aniqlangan hollarda poezdni to’xtatish uchun chora ko’rishi, poezdning oxirini belgilovchi signal bo’lmagan hollarda esa bu to’g’risida stansiya navbatchisiga, dispetcherlik markazlashtirish bilan jihozlangan uchastkalarda esa poezd dispetcheriga xabar qilishi kerak.
44. Temir yo’llarning elektr uzatish va aloqa liniyalari, neft mahsulotlari uzatiladigan quvurlar, suv quvurlari va boshqa turdagi er usti va er osti qurilmalari bilan kesishuviga faqat DATK raisining ruxsati bilan yo’l qo’yiladi. Bunday kesishuvlarda poezdlar harakati xavfsizligi va uzluksizligini ta’minlovchi choralar amalga oshirilishi yoki maxsus muhofazalovchi qurilmalar ko’zda tutilgan bo’lishi kerak. Ushbu qurilmalar loyihasi DATK raisi bilan kelishilgan bo’lishi kerak.
45. YAngi qurilayotgan liniyalar va shahobcha yo’llar, peregonlardagi asosiy yo’llarga, istisno hollarda, DATK raisining ruxsati bilan tutashtirilishi mumkin.
Ikkinchi yo’lning qurilishi, inshoot va qurilmalarni qayta va tub ta’mirlash ishlarini bajarish, yangi alohida punktlarni qurish va hakazolar bilan bog’liq peregonlarda strelkali o’tkazgichlarni vaqtincha o’rnatish va echib olish har bir alohida holatda DATK raisi ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Alohida punktni konservasiya qilish yoki berkitishda, peregondagi tutashma shahobcha yo’lini saqlab qolish to’g’risidagi qarorni, DATK raisi, texnik vositalarga xizmat ko’rsatish va poezdlar harakat xavfsizligini ta’minlash tartibini belgilash bilan qabul qiladi.
46. Liniyalarning bir sathda kesishuvi, shuningdek liniyalar, shahobcha va tutashtiruvchi yo’llarning peregon va stansiyalardagi asosiy yo’llarga tutashmalari muhofaza berk yo’llariga yoki muhofaza strelkalariga ega bo’lishi lozim.
Harakat tarkibi o’z-o’zidan stansiya yoki peregonga chiqib ketishini oldini olish uchun shahobcha va tutashtiruvchi yo’llarning stansiyadagi qabul qilish-jo’natish va boshqa yo’llarga tutashmalari muhofaza berk yo’llarga, muhofaza strelkalari, tutib qoluvchi boshmoqlar yoki strelkalarga ega bo’lishi kerak.
Muhofaza berk yo’llarining foydali uzunligi 50 metrdan kam bo’lmasligi kerak.
Uzoqqa cho’zilgan qiyaliklar mavjud peregonlarda, shuningdek, bunday peregonlarni chegarolovchi stansiyalarda zarur hollarda DATK raisi tasdiqlagan loyihalar bo’yicha tutib qoluvchi berk yo’llar quriladi.
47. Ikki yo’llik liniyalar peregonlarida o’rnatiladigan strelka o’tkazgichlar to’g’ri yo’nalishda harakatlananyotgan poezdlar uchun harakat yo’nalishi bo’ylab bo’lishi kerak.
Istisno hollarda tutashma yo’llarning yondashuvi qiyin sharoitlarda DATK raisi ruxsati bilan harakat yo’nalishiga teskari strelka o’tkazgichlar o’rnatilishi mumkin.
48. Asosiy, qabul qilish-jo’natish va boshqa stansiya yo’llarining hosil bo’luvchi uch yoki to’rt yo’llik temir yo’llar chirmashishlarining joylashuviga faqat DATK raisi ruxsati bilan yo’l qo’yiladi.



Download 129,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish