Relslar va strelka o’tkazgichlar
29. Asosiy va stansiya yo’llaridagi rels va strelka o’tkazgichlar quvvati va holati bo’yicha foydalanish sharoitlari (yuk tashish ko’lami, o’qqa tushgan kuch, poezdlar harakati tezliklari) ga mos kelishi kerak.
Relslar va strelka o’tkazgichlarning edirilish me’yorlari DATK tomonidan belgilanadi.
30. Strelka o’tkazgichlari quyidagi krestovina markalariga ega bo’lishi kerak:
asosiy va qabul qilish-jo’natish yo’lovchi yo’llarida – 1/11 dan keskin bo’lmagan, kesishuvchi o’tkazgichlar va kesishuvchi o’tkazgichlarning davomi hisoblangan yakka o’tkazgichda 1/9 dan keskin bo’lmagan; qaysiki yo’lovchi poezdlar faqat to’g’ri yo’li bo’ylab o’tadigan strelka o’tkazgichlari 1/9 krestovina markalariga ega bo’lishlari mumkin. Strelka o’tkazgichlarini 1/11 markaga o’tkazish uchun strelka bo’g’zini qayta qurishga to’g’ri kelsa va ayni vaqtda buning iloji bo’lmasa, yo’lovchi poezdlarning 1/9 markali strelka o’tkazgichi bo’yicha yon yo’lga o’tishiga ruxsat beriladi;
yuk harakatining qabul qilish-jo’natish yo’llarida 1/9 dan, simmetriklarida esa 1/6 dan keskin bo’lmasligi kerak;
boshqa yo’llarda – 1/8 dan, simmetriklarida esa 1/4,5 dan keskin bo’lmasligi kerak.
Asosiy yo’llarda barcha harakat yo’nalishiga teskari strelka o’tkazgichlarining ostryaklari oldidan qaytaruvchi xodalar joylashtirib chiqilishi kerak.
Egri uchastkalarda asosiy yo’llarga strelka o’tkazgichlarni qayta o’rnatish taqiqlanadi. Alohida hollarda faqatgina DATK raisi ruxsati bilan buni amalga oshirish mumkin.
Kesishuvchi strelka o’tkazgichlari va berk kesishuvlardan qayta foydalanish DATK raisi ruxsati bilan amalga oshiriladi.
31. Quyidagi nosozliklarning bittasi bo’lgan taqdirda ham strelka o’tkazgichlaridan va berk kesishuvlardan foydalanish taqiqlanadi:
strelka ostryaklari va qo’zg’aluvchan o’zakli krestovinaning tortish tirsaklaridan ajralishi;
to’mtoq krestovinaning o’zagi va ostryak orasida birinchi tortish tirsagi qarshisida, uchli krestovina o’zagida esa o’zak tig’ida strelkaning yopiq holatida o’lchanadigan ostryakning rama relsidan, qo’zg’aluvchan o’zakli krestovinaning usovikdan 4 mm va undan ko’p ortda qolishi;
grebenning ostryakka yoki qo’zg’aluvchan o’zak ustiga chiqib qolish xavfini tug’diruvchi, ostryak yoki qo’zg’aluvchan o’zakning quyidagi uzunlikdagi edirilishi:
asosiy yo’llarda 200 mm va undan ortiq,
qabul qilish-jo’natish yo’llarida 300 mm va undan ortiq,
stansiyaning boshqa yo’llarida 400 mm va undan ortiq;
ostryak kallagining yoki qo’zg’aluvchan o’zakning ustki kengligi 50 mm va undan ortiq bo’lgan kesimida o’lchanadigan ostryakning rama relsi qarshisida yoki qo’zg’aluvchan o’zakning usovik qarshisida 2 mm va undan ortiq pasayishi
krestovina o’zagining ishlovchi sathi va kontrrels kallagining ishlovchi sathi orasidagi masofa 1472 mm dan kam bo’lganida;
kontrrels kallagi va usovikning ishlovchi sathlari orasidagi masofa 1435 mm dan katta bo’lganida;
ostryak yoki rama relsining sinishi;
krestovina (o’zak, usovik yoki kontrrelsning) sinishi;
bir boltli vkladishda kontrrels boltining yoki ikki boltli vkladishda ikkala boltning uzilishi
Rama relslari, ostryaklar, usoviklar va krestovina o’zaklarining vertikal edirilishi, edirilish me’yorlardan o’tib ketgan vaqtda, ulardan foydalanish tartibi DATK tegishli yo’riqnomasi bilan belgilanadi.
32. Asosiy yo’llarning relslari DATK yo’l xo’jaligi boshqarmasi boshlig’i tasdiqlangan jadval bo’yicha defektoskop-vagon bilan tekshirilishi kerak.
Asosiy yo’llar va qabul qilish-jo’natish yo’llaridagi rels va strelka o’tkazgichlari yo’l distansiyasi boshlig’i tomonidan tasdiqlangan jadval bo’yicha defektoskop aravachalar yordamida tekshiriladi. Relslar va strelka o’tkazgichlarning xavfli nuqsonlari bo’lgan elementlari bo’ylab, nuqsonlar bartaraf qilingunga qadar poezdlarning o’tkazish tartibi DATK raisi ko’rsatmasi bilan amalga oshiriladi.
33. Stansiyalarda strelka o’tkazgichlari va berk kesishuvlarni o’rnatish va olib tashlash DATK raisi farmoyishi bilan amalga oshiriladi.
Stansiyalarda o’rnatilgan va qayta qurilgan strelka o’tkazgichlari va berk kesishuvlar hamda peregonlardagi strelka o’tkazgichlari DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i tomonidan saylanadigan xay’at tomonidan foydalanishga qabul qilinib, o’zaro ishlashga kiritiladi. Vaqtincha o’zaro ishlashga kiritilmagan strelka o’tkazgichlari xay’at tomonidan qabul qilinishi mumkin, lekin bunda DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i tomonidan ayrilarni mahkamlash, ko’rikdan o’tkazish va ushbu strelkalarni tekshirish tartibi belgilanadi.
34. Quyidagi markazlashtirilmagan strelkalar nazorat strelka qulflari bilan jihozlangan bo’lishi kerak:
poezdlarning qabul qilish va jo’natish yo’llarida joylashgan strelkalar, shuningdek, qo’riqlanadigan strelkalar;
xavfli yukli vagonlarning turishi uchun ajratilgan yo’llarga olib boruvchi strelkalar;
tiklash va o’t o’chirish poezdlari uchun mo’ljallangan yo’llarga olib boruvchi strelkalar;
muhofaza va tutib qoluvchi berk yo’llarga olib boruvchi strelkalar;
defektoskop-vagonlar, yo’l o’lchovchi vagonlar, yo’l mashinalarining turishi uchun mo’ljallangan yo’llarga olib boruvchi strelkalar.
Strelkalar va krestovina qo’zg’aluvchan o’zaklari (tepalik va saralash yo’llarida joylashganidan tashqari), shu jumladan, markazlashgan va nazorat qulfiga ega bo’lganlari osma qulflar bilan berkitilishi uchun kerakli moslamalar bilan jihozlangan bo’lishi kerak. Bu moslamalar ostryakning rama relsiga, krestovina qo’zg’aluvchan o’zagining usovikka zich yopishib turishini ta’minlashi kerak.
35. Markazlashtirilmagan strelkalar stansiyaning texnik-boshqaruv aktlarida ko’rsatilgan yoritiladigan va yoritilmaydigan strelka ko’rsatkichlari bilan jihozlanishi kerak.
Elektr markazlashuviga ulangan strelkalar va saralash parklarining tepalik yoni bo’g’zidagi strelkalar ko’rsatkichlar bilan jihozlanmaydi.
36. Strelka o’tkazgichlari va berk kesishuvlarni ta’mirlash va joriy saqlash, strelka ko’rsatkichlari, tushiruvchi ostryaklar, boshmoqlar, buriluvchi bruslar, sharnir-tirsakli ulagichlarni o’rnatish, ta’mirlash va saqlash yo’l distansiyasi tomonidan bajariladi.
Ushbu qurilmalarda mavjud bo’lgan SSB vositalariga texnikaviy xizmat ko’rsatish va ta’mirlash signallash va aloqa distansiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |