53 Mavzu: Temir yo‘llarning kesishuvlari, pereezdlari va tutashmalari. Temir yo’llarning boshqa temir yo’llari bilan, tramvay, trolleybus, avtomobil yo’llari va shahar ko’chalari bilan kesishuvlari DATK tegishli yo’riqnomasi talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Amaldagi pereezdlarda tramvay va trolleybus harakati ochilishiga yo’l qo’yilmaydi. Amaldagi pereezdlarda avtobuslar harakati ochilishining har bir alohida holatiga DATK boshqaruvi raisi ruxsati bilan yo’l qo’yiladi.
Temir yo’llarni avtomobil yo’llari bilan bir sathdagi kesishuv joylari DATK boshqaruvi raisi tomonidan, sun’iy inshootlar ostidan o’tish joylari esa DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i tomonidan o‘rnatiladi.
(37 band uchinchi xatboshi "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'mmg 2003yil 27yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi). Transport vositalari va o’ziyurar mashinalarni, shuningdek chorva mollarni belgilanmagan joylarda temir yo’llardan haydab o’tish taqiqlanadi. Ushbu talablar bajarilishini kuzatish yo’l distansiyasi xodimlariga, stansiyalarda esa stansiya xodimlari zimmasiga yuklatiladi.
Pereezdlar temir yo’l va avtomobil transporti harakatining jadalligiga bog’liq ravishda to’rt toifaga bo’linadi. Pereezdlarning toifasini belgilash, saqlanishini ta’minlash va xizmat ko’rsatish tartibi DATK tegishli yo’riqnomasiga muvofiq belgilanadi.
Barcha I va II toifadagi pereezdlar, shuningdek, bo’ylama elektr ta’minoti liniyalari bilan jihozlangan uchastkalarda yoki yaqinida boshqa turdagi uzluksiz elektr ta’minoti manbalari mavjud bo’lgan III va IV toifadagi pereezdlar elektr yoritgichlar, zarur hollarda esa o’tayotgan poezdlarni ko’rikdan o’tkazish uchun projektor qurilmalari bilan jihozlanishi lozim.
Pereezdlarning uzluksiz elektr ta’minoti va tashqi yoritilishi vazifasi elektr ta’minoti distansiyasiga yuklatiladi.
Pereezdlar boshqariladigan va boshqarilmaydigan turlarga bo’linadi.
Transport vositalari haydovchilarini pereezdga yaqinlashganligi to’g’risida ogohlantiruvchi pereezd signalizatsiya qurilmalari bilan jihozlangan yoki navbatchi xodim tomonidan xizmat ko’rsatiladigan pereezdlar boshqariladigan turga kiradi.
Pereezd signalizatsiya qurilmalari bilan jihozlanmagan va navbatchi xodim tomonidan xizmat ko’rsatilmaydigan pereezdlar boshqarilmaydigan turga kiradi.