SHaxmat aylanma vedomosti
2003 yil fevral uchun
Kredit-
lanuvchi
sch.
Debet-
lanuvchi sch.
|
Kapital qo‘yilmalar
|
Mol etkazib beruv-chilarga to‘lanadigan schetlar
|
Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari
|
Materiallar
|
Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha xodimlar bilan hisob-kitob
|
Boshqa tushumlar
|
Hisob - kitob schyoti
|
Asosiy ishlab chiqarish
|
Turli kreditor-lardan qarzlar
|
Debeti bo‘yicha
jami
|
Asosiy vositalar
|
17000
|
|
|
|
|
|
|
|
|
17000
|
Material-lar
|
|
2000
|
|
|
|
|
|
|
|
20000
|
Hisob-ki-tob schyoti
|
|
|
950000
|
|
|
|
|
|
|
950000
|
Asosiy ishlab chiqarish
|
|
|
|
26000
|
35000
|
|
|
|
750
|
61750
|
Valyuta schyoti
|
|
|
|
|
|
950000
|
|
|
|
950000
|
Mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob –kitoblar
|
|
|
|
|
|
|
24000
|
|
|
24000
|
Boshqa maqsadli tushumlar
|
|
|
|
|
|
|
|
61750
|
|
61750
|
Kapital qo‘yilma
|
|
|
|
|
|
|
17000
|
|
|
17000
|
Turli kre-ditorlar qarzlar
|
|
|
|
|
|
|
750
|
|
|
750
|
Kredit bo‘-yicha jami
|
17000
|
20000
|
950000
|
26000
|
35000
|
950000
|
41750
|
61750
|
750
|
2102250
|
D - t «Mol etkazib buruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schetlar»
|
24000
|
K - t «Hisob kitob schyoti»
|
24000
|
Mazkur muomala hisob - kitob schyotidan mol etkazib beruvchilarga pul o‘tkazish bilan qarzni uzish muomalasini aks ettiradi.
SHaxmat aylanma vedomosti bir xil bo‘lgan korresondensiyadagi har bir schyotning aylanmalar yakunlari bilan to‘ldiriladi. Bu yakunlar mazkur schyotning debet qatori u bilan korrespondentlanadigan schyotning kredit ustuni bilan kesishgan o‘tadigan katakka yozib qo‘yiladi.
Agar schyotda bir xildagi muomalalar bilan birnechta summalar ko‘rsatilsa (bizning misolda bundaylar yo‘q), unda shaxmat aylanma vedomostining tegishli katagiga shu summalarning jami yozib qo‘yiladi.
SHunday qilib, shaxmat aylanma vedomostining har bir katagiga bir xil bo‘lgan korrespondensiya bilan yozilgan yakunlarni anglatuvchi faqat bitta summa yozib qo‘yiladi.
SHaxmat aylanma vedomostini tuzish barcha sintetik schyotlarning debeti va krediti bo‘yicha aylanmalar yakunini chiqarish bilan tamomlanadi. Kreditning aylanmalari shaxmat aylanma vedomostida avtomatik qayd qilinadi, chunki schyotlar debetiga summalarni yozish paytida ular bir vaqtning o‘zida ular bilan korrespondensiyalanadigan schyotlarning kreditiga ham kiritiladi.
SHaxmat aylanma vedomosti schyotlar korrespondensiyasining mazmunini ochib berish va ularni to‘g‘riligini tekshirish uchun xizmat qiladigan schyotlar bo‘yicha aylanmalar yig‘indisini ko‘rsatib beradi.
Aylanmalar mazmuni korresopndensiyasini tavsiflovchi kataklar ko‘rsatiladigan har bir schyotdagi aylanmaning umumiy summasini qisman summalarga bo‘lingan xolda ochib beriladi. Natijada ushbu vedomostning ma’lumotlariga qarab, masalan, korxonaga kelib tushgan materiallarning summasinigina emas, balki shu qiymatliklar bo‘yicha korxonaning mol etkazib beruvchilar oldida qarzi yuzaga kelganligini ham ko‘rish mumkin. SHuning hisob - kitob schyotidan sarflangan pul mablag‘lariningina emas, balki pul o‘tkazishning maqsadi mol etkazib beruvchilarga qarzni uzishni (24000 so‘m «Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schetlar» qatori bo‘yicha uchinchi ustunda) ham aniqlab olish mumkin.
Schyotlar korrespondensiyasining to‘g‘riligini tekshirish shaxmat aylanma vedomostidagi yozuvlar bo‘yicha quyidagicha amalga oshiriladi. Masalan, agar shaxmat aylanma vedomostida aylanma summasi «Mehnatga xaq to‘lash bo‘yicha xodimlar bilan hisob -kitoblar» schyotining debeti «Hisob - kitob schyoti» schyotining krediti bilan kesishgan kataklar berilgan bo‘lsa edi, mazkur muomala yozuvida xatoga yo‘l qo‘yilmaganligidan dalolat bergan bo‘lar edi, chunki korxona xodimlariga ish xaqi hisob - kitob schyotidan to‘lanmaydi, balki kassadan beriladi. Lekin shaxmat aylanma vedomosti yordamida hamma xato yozuvlarni topib bo‘lavermaydi. U buxgalteriya yozuvining faqat aniq bo‘lgan xatosini ochib berishi mumkin. Agar yozuv noto‘g‘ri tuzilgan bo‘lib, schyotlar korrespondensiyasida xatolarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, unda shaxmat aylanma vedomosti bo‘yicha noaniqlikni yuzaga chiqarib bo‘lmaydi.
Amaliyotda shaxmat aylanma vedomosti ko‘pchilik korxonalarda yordamchi ish jadvali sifatida ishlatiladi. Mamlakatimiz buxgalteriya hisobida yozuvning shaxmat usulidan keng foydalaniladi. U sintetik hisob schyotlarida summalarni guruhlashda keng tarqalgan bo‘lib, jamg‘aruvchi vedomostlar yordamida amalga oshiriladigan hisob yozuvlari tayyorlashning texnikaviy usuli hamda buxgalteriya hisobining jurnal - order shaklida qo‘llaniladigan ma’lumotlarni umumlashtirish tartibi ham unga asoslangandir.
14.Buxgalteriya hisobi schetlarining rejasi
Schyotlar rejasi buxgalteriya hisobi tizimidagi axborotning umumiy tuzilishini, uning xo‘jalik mexanizmiga muvofiq holda iqtisodiy tavsifini aniqlab beradi.
Bozor munosabatlarini, mulkchilikning har xil shakllarini, korxonalar mustaqilligini rivojlantirishga mo‘ljallangan xo‘jalik mexanizmi buxgalteriya hisobi schyotlar rejasining mazmuniga va tuzilish tarkibiga yangicha qarashni talab etadi. YAngi hisob ob’ektlarining yuzaga kelishi munosabati bilan endi amaldagi schyotlar rejasiga kichik o‘zgartirishlar kiritish va modifikatsiyalash bilan cheklanib bo‘lmaydi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish, ishlab chiqarishni boshqarishda buxgalteriya hisobi rolining oshishi, buxgalteriya hisobining umumiy va boshqaruv turlariga bo‘lishini buxgalteriya hisobi axborotining hajmiga va tegishli tartibda schyotlar rejasining mazmuniga yangi talablar qo‘yadi.
Demak, halq xo‘jaligini bozor iqtisodiyotiga o‘tishi, har xil mulkchilik shaklidagi korxonalarning rivojlanishi xalqaro standarlarga mos bo‘lgan hisob tizimi va schyotlar rejasini ishlab chiqishni talab qildi.
SHu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2002 yil 9 sentyabrdagi 103 - sonli buyrug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining Milliy standarti (21-BHMS) «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy - xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma»ni tasdiqladi va u O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi tomonidan 2002 yil 23 oktyabrda 1181-son bilan qayd qilindi.
Ushbu andoza, byudjet muassasalari va banklardan tashqari, mulk shakllaridan qat’iy nazar barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan 2004 yil 1-yanvardan boshlab ijro etilishi shart.
Ushbu schyotlar rejasini tizimga keltirilgan schyotlar ro‘yxati deb ta’riflash mumkin.
YAngi schyotlar rejasi jami bo‘lib 249 ta balansli va 14 ta balansdan tashqari schyotlardan iborat bo‘lib, u moliyaviy hisobotlarni tuzishga moslashtirilgan.
Barcha schyotlar oltita qism bo‘yicha tizimga keltirilgan:
Uzoq muddatli aktivlar;
Joriy aktivlar;
Majburiyatlar;
Joriy kapital;
Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ishlatilishi;
Balansdan tashqari schyotlar.
Birinchi to‘rt qism schyotlarining majburiyatlariga asosan moliyaviy hisobotning I – shakliga balans tuziladi. Beshinchi qism «Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ishlatilishi» schyotlarning ma’lumotlariga asosan moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot ( 2 – shakl ) tuziladi.
Schyotlar rejasida barcha schyotlar 9 bo‘limda quyidagi tizimda keltirilib ko‘rsatilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |