KIRISH
“Buxgalteriya hisobi” fanni o‘qitishdan maqsad – xo‘jalik muomalalarini hisobga olish, ularni hujjatlashtirish, umumlashtirish, xo‘jalik subyektlarining mulkiy, moliyaviy faoliyati to‘g‘risidagi to‘liq va ishonchli ma’lumotlarini shakllantirish hamda taqdim etish, buxgalteriya hisobini tashkil qilish, uning me’yoriy huquqiy asoslari bo‘yicha yo‘nalish profiliga mos bilim, ko‘nikma va malaka shakillantirishdir.
“Buxgalteriya hisobi” fanning vazifasi – talabalarga xo‘jalik yurituvchi subyektlardagi mablag‘lar, ularlarning tashkil topishi manbalarining xarakatini to‘g‘ri aks ettirish, buxgalteriya hisobining obyektlarini hisobga olish va hisobotlarda aks ettirish, korxonalarda buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini realligini ta’minlash, tashkilotlar bilan hisoblashishlarni to‘g‘ri tashkil qilishni davlatimiz qonunlari, hukumat qarorlari, me’yoriy hujjatlar asosida o‘rgatishdan iborat.
To‘plam o‘n sakkizta mavzudan iborat bo‘lgan o’quv-uslubiy majmua elementlarini o‘z ichiga qamrab olib, unda fanning o’quv dasturi, sillabus, har bir mavzu bo’yicha nazariy dars uchun o’quv materiallari(ma’ruza matni), amaliy mashg’ulot uchun tarqatma materialar, glossariy, tarqatma materiallar va mustaqil ta’lim topshiriqlariidan tashkil topgan. Bu, o‘z navbatida, darslarini amaliy ma’lumotlar asosida, muhokama va munozara asosida tashkil etishga imkoniyat yaratadi.
O’quv-uslubiy majmuaning mavzulari Buxgalteriya balansi, uning tuzilishi o‘z, Schyotlar tizimi va ikkiyoqlama yozuv, Asosiy xo‘jalik jarayonlari hisobining tamoyillari, Hujjatlashtirish va inventarizatsiya, Buxgalteriya hisobining registrlari va shakllari mavzulrini o`z ichiga olgan. Shuningdek, xo`jalik yurituvchi sub`yektlarda buxgalteriya hisobini tashkil etishning amaliy jihatlari ham yoritilgan.
Mazkur o’quv-uslubiy majmua orqali talabalar o‘zini-o‘zi mustaqil nazorat qilishi va bilimlarini joriy nazoratdan o‘tkazishda foydalanilishlari mumkin. Shuningdek, o’quv-uslubiy majmuada har mavzu bo’yicha xorij tajribasi asosidagi ma’lumotlar ham keltirilgan. Bu, o‘z navbatida, talabalarga mustaqil ravishda auditorlik faoliyatining xorij tajribasini o’rganishga amaliy yordam beradi va bilimlarni mustahkamlashga xizmat qiladi.
O’quv uslubiy majmuaning har bir bobida yoritilgan mavzuga doir situatsion masalalar, tarqatma materiallar, glossariylar hamda taqdimotlar berilgan, shuningdek mavzularni chuqur o’zlashtirishga ko’maklashadigan me’yoriy hujjatlar, davriy adabiyotlar va boshqa manbalar ro’yxati keltirilgan.
Ushu uslubiy majmua “Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti” kafedrasi katta o’qituvchisi Seydabdullayev Ya.O. tomonidan tayyorlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |