1-chizma. Xo‘jalik hisobning turlari.
Xo‘jalik hisobi turlarini qaysi biridan foydalanish birinchi navbatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy jarayonni o‘rganish va kuzatish muddatlariga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan ma’lumotlarni ya’ni, o‘tkazilgan kuzatish natijalarini umumlashtirish tartibiga ham bog‘liqdir. Hisobni takomillashib borishiga birinchidan, ishlab chiqarishni o‘sib borishi o‘z ta’sirini o‘tkazib borsa, ikkinchidan, boshqaruv tizimidagi o‘zgarishlar ham hisobni rivojlanib borishiga asos yaratadi.
Hisob yordamida turli mulkchilikka asoslangan korxona va tashkilotlarda amalga oshirilgan iqtisodiy jarayonlar (o‘zgarishlar) kuzatiladi.
Iqtisodiy taraqqiyot omillari turlicha bo‘lib, ular bevosita mablag‘lar harakatini tartibga solish, kuzatish va umumlashtirish tartibi bilan bir-biridan farq qiladi. Amalga oshirilgan iqtisodiy o‘zgarishlarni tartibga solishda hisob turlarini tanlash va ulardan foydalanishga alohida ahamiyat talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |