1. 3. Buxgalteriya hisobining funksiya va vazifalari
Buxgalteriya hisobining maqsadi foydalanuvchilarni o‘z vaqtida to‘liq hamda aniq moliyaviy va boshqa buxgalteriya axboroti bilan ta’minlashdir.
Buxgalteriya hisobining vazifalari:
buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida aktivlarning holati va harakati, mulkiy huquqlar hamda majburiyatlarning holati to‘g‘risidagi to‘liq hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish;
samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish;
moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzishdan iboratdir.
Bu vazifalarning bajarilishi korxonalarda sodir bo‘layotgan xo‘jalik jarayoni va operatsiyalarini o‘z vaktida, aniq va dastlabki hujjatlarga asoslangan holda buxgalteriya hisobida aks ettirish yo‘li bilan ta’minlanadi.
Buxgalteriya hisobi asosan qo‘yidagi funkitsiyalarni bajaradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |