Axborot funksiyasi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxona faoliyati haqida o‘z vaqtida, ishonchli axborotga bo‘lgan ehtiyoj va unga bo‘lgan talab ham oshib bormoqda.
Buxgalteriya hisobi turli xil iqtisodiy axborot iste’molchilari uchun asosiy axborot manbai hisoblanadi. Ular asosida boshqaruv va investitsion qarorlar qabul qilinadi.
Buxgalteriya hisobida korxona mulki va ularning tashkil topish manbalaridagi o‘zgarishlar, ularning harakati, xo‘jalik jarayonlari va moliyaviy natijalar alohida va umumlashgan holda aks ettiriladi va boshlang‘ich hujjatlarda aks ettiriladi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida buxgalteriya hisobining axboroti ishonchli, holisona, o‘z vaqtida, operativ, yuqori sifatli va iste’molchilar uchun samarali bo‘lish talabi qo‘yiladi.
Buxgalteriya hisobi axborotining yakuniy natijasi korxonaning moliyaviy holatini ko‘rsatkichlarini yaxshilash hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |