Mazkur ishchi o‘quv dasturi Bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti Kengashining 2020 yil " " dagi yig‘ilishida muhokama qilinib, tasdiqlash uchun tavsiya etilgan.


Payvandtaglarni oziqli tuvakchalar va yashikchalarda yetishtirish



Download 15,59 Mb.
bet126/154
Sana30.04.2022
Hajmi15,59 Mb.
#596133
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   154
Bog'liq
Доривор усимликлар Уруғчилик ва кучатчилик УМК 24 11 2021 й охири

Payvandtaglarni oziqli tuvakchalar va yashikchalarda yetishtirish
Keyingi yillarda O’zbekistonning ba’zi bir tumanlarida urug’li hamda donakli meva daraxtlari payvandtaglarini o’tqazilgan yildayoq payvand qilib, ko’chatzor barpo etishni «jadallashtirish» uchun urug’li meva daraxtlarining payvandtaglari tuvakchalar va yashikchalarda yetishtirilmoqda. Bu metodni V.I.Edelыpteyn, F.A.Samtsov va boshqalar ishlab chiqqanlar. Tuvakchalar sabzavotchilikda ishlatiladigan PAM stanogi yordamida, shuningdek, tebranish dastgohlarda o’lchami 6x6x6 sm li qilib tayyorlanadi. Tuvakcha va yashikchalar tayyorlashda ishlatiladigan tuproq aralashmasi 2-3 qism torf, 1 qism chirindi va 0,5 qism go’ngdan iborat bo’ladi. 1 t tuproq aralashmasiga 10-20 kg superfosfat va 0,5 kg ammiak selitrasi qo’shiladi. Torf ushog’i va parnik chirindisini elash kerak. Tuvakchalar va yashikchalar parniklarga hamda ko’chatxonalarga joylashtiriladi.
Yerga urug’ ekib ko’kartirilgan urug’-ko’chatlarga qaraganda tuvakchalardagi ko’chatlarning ancha tezroq avj olib o’sishi uchun nish urgan yoki salgina una boshlagan urug’lar dala ishlarining eng qizg’in pallasi boshlanmasdan 30-45, ba’zan esa 45-50 kun oldin tuvakchalarga ekiladi. Urug’ ekilgan tuvakchalar ko’chatxonalarga qo’yiladi va ustiga qum yoki tuproq aralash qum yupqa qavat qilib solinadi (tuvakchalar yuzasidan 1 sm dan oshib ketmasligi kerak). Urug’ ko’chatlarni parvarish qilish ularni chiniqtirish (sovuq bo’lmagan kunlarda ramalarni ochib qo’yish), vaqt-vaqti bilan sug’orib turish va begona o’tlarni o’tashdan iboratdir. O’simliklarning bo’yi 20 sm ga yetganda daladagi o’g’it solingan uyalarga o’tqaziladi. Tuvaklardagi ko’chatlar SRNM-4 mashinasida o’tqazilganda yaxshi natijalarga erishildi.
Urug’ (donak) ko’chatlarni parvarish qilish
Ko’klamda tuproq yetilishi bilan kuzda urug’ ekilgan yerlar boronalanadi, bu bilan tuproqdagi nam saqlab qolinadi. Nozik va nimjon niholchalar qatqaloqni yorib chiqolmaydi va shuning uchun qatqaloq kechiktirib yumshatilsa, qing’ir-qiyshiq urug’ ko’chat va nobud bo’lgan niholchalarning foizi ko’p bo’ladi.
Ko’klamda yog’in-sochin ko’p bo’lgan yillari qatqaloq paydo bo’lgan sari uni yumshatish bilan begona o’tlarni o’toq qilish ishlari bir vaqtda olib boriladi. Nihollar ikkita chin barg chiqargandan keyin baquvvat va sog’lom ko’chatlarni qoldirib, bir-biridan 4-6 sm oraliqda yagonalanadi. Danakli meva ko’chatlari ikki marta yagonalanadi. Birinchi marta, ko’chatlar ikkitadan chinbarg chiqargan paytda o’simliklar orasida 8-10 sm qoldirib, ikkinchi marta esa birinchi yagonadan so’ng ikki-uch hafta o’tgandan keyin har uyada bittadan o’simlik qoldirib yagonalanadi.
Yagonalashdan oldin urug’ ekilgan yer sug’oriladi. Kuzda ekilgan urug’larni erta bahorda sug’orish kerak emas, chunki bu vaqtda, odatda, tuproqda nam yetarli bo’ladi. Birinchi marta aprel oyining oxiri may oyining boshida sug’oriladi. Shu vaqtdan boshlab, qator oralaridagi yerlar kultivatsiya qilinadi. Yengil va shag’al toshli yerlar birinchi marta aprel boshida sug’oriladi. Butun vegetatsiya davrida urug’ ko’chatlar tuproqning mexanik tarkibiga qarab 7 dan 20 martagacha sug’oriladi. Yengil tuproqlar kam miqdorda tez sug’orib turiladi, og’ir tuproqlar esa ko’p miqdorda, lekin kam sug’oriladi. Urug’ ko’chatlarning yog’ochligi yaxshi pishishi uchun suvni yaxshi o’tkazadigan yengil tuproqli yerlarga oxirgi suvni sentyabr oyining yarmidan kechiktirmay, shag’al toshli yerlarda esa sentyabr oyi oxiridan kechiktirmay berish kerak. Og’ir tuproqli yerlarni sug’orish avgust oyi oxiri sentyabr oyi boshida tugallanadi. Payvandtag yetishtiradigan ko’chatzorning tuproq unumdorligini oshirish, uni yumshatish va begona o’tlarga qarshi kurashdan iborat bo’ladi. Qator oralari har galgi sug’orishdan keyin 5-6 marta va begona o’tlar bosgan sari 10-12 sm chuqurlikda yumshatiladi. Yerni yumshatish uchun har xil: KRN-4,2, KRN-2,8A, KON-2,8, NKU-4,6 va boshqa osma kultivatorlar ishlatilishi mumkin. Tuproqni yumshatish vaqtida ko’milib qolgan egatlar dalani sug’orish oldidan ochiladi. Ko’chat qatorlaridagi yer ehtiyotlik bilan ketmonda chopiladi. Yer haydashdan oldin har gektar yerga 40 t chirigan go’ng, 120 kg fosfor, 30 kg kaliy (sof oziq modda hisobida) solish; urug’ ko’chatlarni o’z vaqtida (o’n to’rt marta) sug’orib turish; iyun oyida 120 kg azot, 60 kg fosfor solish; iyul oyida azot (60-120 kg) berib qo’shimcha oziqlantirish kerak. Shuningdek ko’chat bargidan ham oziqlantiriladi: o’simliklarga 0,5-0,75% li selitra eritmasi, 3-5% li superfosfat eritmasi bilan uch marta purkaladi.

Download 15,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish