Mazkur ishchi o‘quv dasturi Bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti Kengashining 2020 yil " " dagi yig‘ilishida muhokama qilinib, tasdiqlash uchun tavsiya etilgan.


Payvandtaglarni ko’chirib o’tqazish muddatlari



Download 15,59 Mb.
bet125/154
Sana30.04.2022
Hajmi15,59 Mb.
#596133
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   154
Bog'liq
Доривор усимликлар Уруғчилик ва кучатчилик УМК 24 11 2021 й охири

Payvandtaglarni ko’chirib o’tqazish muddatlari
Payvandtaglar kuzda oktyabr-noyabr oylarining birinchi o’n kunligida yoki erta bahorda, mart oyida o’tqaziladi. Buxoro va Xorazm viloyatlarida hamda Qoraqalpog’istonda sho’ri yaxshi yuvilgan tuproqda bahorda ko’chat o’tqazish afzal ko’riladi.
Payvandtag o’tqazish texnikasi
Ko’chatlar ko’chatzorning plantaj yoki oddiy plug bilan chuqur haydalgan va tuprog’iga o’g’it solingan birinchi dalasiga o’tqaziladi. Agar birinchi dalaning tuprog’i oriq bo’lsa, unga albatta (gektariga 20-40 t) chirigan go’ng solinishi, mineral o’g’itlar me’yori esa bir yarim baravar oshirilishi lozim.
Dala yaxshilab tekislanadi, urug’ ekish va ko’chat o’tqazish oldidan boronalanadi.
Bir gektar yerga 46-70 ming tup payvandtag o’tqaziladi. O’simliklar orasida 15-35 sm oraliq qoldiriladi. Urug’li mevalarning ko’chatlarini ikki yashar qilib qo’ldan chiqarish ma’quldir. Bunday holda birinchi daladagi payvandtaglarni qator oralari va qatorlarida katta oraliq qoldirib o’tqazadilar. Payvandtaglarning har bir navi dalaning alohida qismiga yoki kvartaliga o’tqaziladi. Qurib qolgan o’simliklar o’tqazilishidan oldin kamida 4-6 soat davomida suvda turadi. Payvandtaglarni tashigan vaqtda ustiga nam qop yoki qamish yopiladi. Payvandlanmagan va g’udda (kallyus)lari bo’lgan urug’ ko’chatlarni ayniqsa, ehtiyot qilish kerak. O’tqaziladigan yerga olib kelingan payvandtaglar darhol ko’mib qo’yiladi. O’tqazilayotgan vaqtda payvandtag tanalari 25-30 sm gacha, ildizlari esa 15-18 sm gacha qisqartiriladi. Ko’mib qo’yilgan o’simliklar yoniga chuqur kovlab, unga oldindan chirindi va yaxshi tuproqni aralashtirib atalasimon loy tayyorlab qo’yiladi. O’tqazishdan oldin payvandtag ildizlari ana shu loyga botirib olinadi. Bu esa payvandtaglarning qurib qolishiga yo’l qo’ymaydi va o’sishining dastlabki davrida qo’shimcha oziqlanishini ta’minlaydi.
Katta maydonlarda payvandtaglar. Chashkinning daraxt o’tqazadigan mashinasida yoki SLCh-1 mashinasining ish organlaridan foydalanib, boshqa mashinalarda o’tqaziladi. Shu maqsadda, SShN-3 markali maxsus osma ko’chat o’tqazish mashinasidan ham samarali foydalanilmoqda. Bu mashinaning payvandtaglarni ilib oladigan moslamasi bor. Uning soshniklari yerga 20-30 sm botadi. Har bir soshnikda payvandtaglarni qisqich (zajim)larga berib turadigan ikki ishchi bo’ladi. Mashinada hammasi bo’lib 8 ishchi va 1 traktorchi ishlaydi. Mashina bir soatda 0,15 ga yerga payvandtag o’tqazadi. Bu mashinada o’tqazilgan o’simliklarni to’g’rilab qo’yishning hojati yo’q.
Payvandtag o’tqazishda ayniqsa, suv bilan yetarli ta’minlanmaydigan shartli sug’oriladigan yerlarda gidroburdan ham foydalanish mumkin.
Payvandtaglar kichik maydonchalarda marker bilan oldindan chizib qo’yilgan qatorlarga yoki chizimcha bo’ylab ketmon bilan va ba’zan belkurak bilan o’tqaziladi. Shuningdek payvandtaglar plug yordamida ham o’tqaziladi. Plugni birinchi marta haydab o’tishda olingan egatlarga ishchilar payvandtaglarni qo’yib chiqadilar, u ikkinchi marta o’tishida payvandtaglarni ko’mib ketadi, keyinchalik ular qo’lda to’g’rilab qo’yiladi.
Payvandtaglar o’tqazilgandan keyin tik turishi, ularning ildiz bo’g’zi esa yer bilan bir sathda bo’lishi lozim.
Ko’chat chuqurroq o’tqazilsa juda ko’p ildiz bachkilari paydo bo’ladi. Bunday ko’chatlarni birinchi dalada payvandlashga tayyorlash qiyin bo’ladi, ikkinchi va uchinchi dalalarda ildiz bachkilari kurtak payvand qilingan ko’chatlardan ko’pgina oziq moddalarini olib qo’yadi. Bunday ko’chatlar meva boqqa ko’chirib o’tqazilgandan keyin ham ildizlaridan bachki novdalar chiqara beradi, buning oqibatida daraxtlarni parvarish kilish qiyinlashadi hamda ularni parvarish qilish uchun ortiqcha mablag’ sarflanadi. Payvandtaglarni o’tqazib bo’lgandan keyin dala darhol sug’oriladi, egat ochgich bilan ishlanadi va ketmon bilan (10-12 sm gacha) to’g’rilanadi. Sug’orilgan va chopilgan o’simliklarning ildizlari bahorda qurib qolmaydi, qishda esa ularni sovuq urmaydi. Bundan tashqari, suv berilsa tuproq ildizlarga yaxshiroq yopishadi, qator oralari chopilgandan keyin ildizlar yaxshi o’sadi, ularning tuproqda ko’milgan joylaridan yon novdalar chiqmaydi, bu esa payvandtaglarni payvandlashga tayyorlash ishlarini ancha osonlashtiradi, shuningdek payvandlash vaqtida ularning po’stlog’i tez ko’chadi. Ko’chat qatorlarining to’g’ri bo’lishi uchun ma’lum masofalarni ko’rsatadigan belgilari bo’lgan maxsus sim yoki oddiy iplar ishlatiladi. Sim yoki chizimcha bilan ekish mehnat unumdorligini oshiradi.

Download 15,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish