Mazkur ishchi o‘quv dasturi Bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti Kengashining 2020 yil " " dagi yig‘ilishida muhokama qilinib, tasdiqlash uchun tavsiya etilgan.



Download 15,59 Mb.
bet99/154
Sana30.04.2022
Hajmi15,59 Mb.
#596133
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   154
Bog'liq
Доривор усимликлар Уруғчилик ва кучатчилик УМК 24 11 2021 й охири

Takrorlash uchun savollar:


1. Ochiq yerga quyidagi xususiyatli o’simlik urug’lari ekiladi.
2. Urug’ ekishning qanday usullari mavjud.
3. Ekish usuli nimalarga bog’liq


Topshiriq.


10 - MAVZU: URUG’LARNI SAQLASh USULLARI


1. Ishning maqsadi: Talabalarga urug’larni omborlarda saqlanishini ko’rsatib, namunalar olib o’rgatishdan iborat. Ish O’zg’SUITI va O’zO’ITI omborxonalarida o’tkazilishi mumkin. Super elita, elita va reproduktsiya urug’lar bilan tanishish.
2. Uslubiy ko’rsatmalar.
Har qanday tirik organizm singari urug’lar ham eskirib qarib boradi. Har bir turdagi urug’ uchun muayyan vaqt davomida yashashga layoqatli bo’lish hosdir. Boshqacha qilib aytganda, urug’larning ma’lum bir umri bo’ladi. Ularning shu umri o’simlikning turi va naviga xos biologik xususiyatlariga va tashqi sharoitlarning ta’siriga bog’liqdir. Urug’larning umri tabiatan irsiyatga aloqador bo’lgan talaygina omillarga – urug’lik ekinlarning yetishtirish sharoitlari, yig’ib terib olish muddatlari va usullariga, urug’larni saqlab qo’yish sharoitlariga bog’liq. Urug’lar namligini bir foizga va saqlash haroratini 5 gradusga pasaytirish ular unuvchanligining ikki barovar oshishi aniqlangan. Urug’ saqlanadigan omborlarni shamol yaxshi o’tib turadigan, turar joy binolaridan kamida 40-60 m masofada bo’lgan quruq maydonchalarga joylashtirish lozim. Ombor binolarining devorlari va tomida yorug’lik bo’lmasligi kerak. Derazalar panjaralangan, omborda termometr o’rnatilgan bo’lishi kerak.
Urug’lar saqlashni 2 usuli bor: ochiq va yopiq.
O chiq usulda urug’lar havo va namlikni yaxshi o’tkazib turadigan kanop qoplarda saqlanadi. Yopiq usulda urug’lar polietilen sirib nam o’tkazmaydigan holga keltirilgan qoplarda va polietilendan tayyorlangan konteynerlarda saqlanadi. Urug’larni saqlashning yopiq usuli birinchi galda urug’lar unuvchanligini tez yo’qotib boradigan ekinlar, havosining nisbiy namligi va harorati yuqori bo’ladigan mintaqalar, jamg’arma fondiga o’tkaziladigan urug’lar, uzoq saqlab qo’yishga mo’ljallangan selektsiya materiali uchun tavsiya etiladi. Urug’larni yopiq usulda saqlash juda samaralidir, chunki bunda ular unuvchanligini kam yo’qotadi. Urug’li qoplar va konteynerlar yer satxidan 15-20 sm yuqori turadigan yog’och tagliklarga toy-toy qilib taxlanadi. Toyning kengligi 1-2 ta qop uzunligiga to’g’ri keladigan bo’lishi kerak. Toyning balandligi 6 qatorga boradi. Toylar tashqi devorlardan chamasi 0,5 m qochirib joylanadi. Toy qatorlari orasidan o’tish yo’llari qoldiriladi. Yangi yig’ib olingan, shunga ko’ra namligi yuqoriroq bo’lgan urug’lar dastlabki 20 kun mobaynida og’zi bog’lanmagan qoplarda toy-toy qilib taxlanmasdan saqlanishi kerak. Urug’lar qurigandan keyingina qoplar toy-toy qilib taxlanadi. Toydagi qoplar vaqti-vaqti bilan almashtirib turiladi. Urug’larni saqlashga to’g’ri tayyorlab joylashishdan tashqari ularni saqlaganda havo harorati va namligi o’zgargan taqdirda bu urug’larning sifatiga ko’p ta’sir qilmaydigan sharoitlarni yaratib berish lozim.
Urug’ nazoratining vazifasi – urug’larni yetishtirish, saqlash va sotish davridagi ekish sifatini nazorat qilish hisoblanadi. Davlat urug’ nazorat inspektsiyasi tomonidan berilgan urug’lik konditsionligi haqidagi «Guvohnoma» si mavjud bo’lganda ekishga ruxsat etiladi. Urug’ sifati tozalangan, quritilgan, tartib nomeri qo’yilgan, kerakli shakldagi yorliq osilgan tayyor partiya urug’idan o’rtacha namuna olish yo’li bilan aniqlanadi.
Urug’chilik ishlarini to’g’ri olib borish uchun ularni hujjatlashtirishning ma’lum tartibi ishlab chiqilgan. Selektsiya tajriba muassasalaridan urug’lik maydonlaridan olingan urug’larga quyidagicha nom berish qabul qilingan.

  1. 1-yilgi nasllarni tekshirish ko’chatzoridan, ekish uchun tanlab olingan o’simlik urug’i urug’boshlar deyiladi;

  2. 1-yilgi nasllarni tekshirish ko’chatzoridan terib olingan urug’liklar birinchi yilgi nasllarni tekshirish ko’chatzori urug’lari deyiladi;

  3. 2-yilgi nasllarni tekshirish ko’chatzoridan terib olingan nasllarni ikkinchi yilgi nasllarni tekshirish ko’chatzori urug’lari deyiladi;

  4. Ko’paytirish ko’chatzoridan olingan urug’larni ko’paytirish ko’chatzorining (1-4) urug’i deyiladi;

  5. Superelita paykallaridan olingan urug’larni superelita urug’i deyiladi;

  6. Super elita urug’i ekib olingan urug’larni elita urug’i deyiladi.




Download 15,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish