Aralashmalar tarkibi
Bog’ tuproqlari
|
1-aralashma
|
2-aralashma
|
3-aralashma
|
Serajriq tuproq
|
-
|
2
|
2
|
Chirindili tuproq
|
1
|
1
|
2
|
Serbarg tuproq
|
1
|
1
|
-
|
Qum
|
1
|
1
|
1
|
Xar xil dorivor o’simliklarga turli tuproq aralashmalari olinadi. Urug’larni issiqxonalarga ekish uchun 2-aralashma ishlatiladi, boshqa joyga ko’chirish uchun esa 3-aralashma. Aralashmalarni tuproqqa solishdan avval formalin, granozan yoki bug’ bilan dezinfektsiya qilinadi.
Ochiq yerga quyidagi xususiyatli o’simlik urug’lari ekiladi.
a) talabchan emas va chidamli (kalendula);
b) tez o’suvchan ();
v) kuchli rivojlangan o’q ildizli va ko’chirib o’tkazishga chidamsiz (yantoq, isiriq, kovul);
g) kech gullovchi (shuvoq);
d) urug’larni qiyin iviydigan po’choqli ();
e) ko’chatlari issiqxonalarda chirishga moyil bo’lgan ();
yo) ekilgandan 1 yil o’tgach, unib chiqadi ();
Butashga mo’ljallangan bir yillik o’simliklarni yetishtirishda, shuningdek, ularning davomli gullashini ta’minlash uchun, urug’lar bir necha muddatlarda ekiladi (5-7 kun oralig’ida).
Bir yillik o’simliklarni ko’chatsiz yetishtirish usuli mehnat sarfini va o’simlik tannarxini ma’lum darajada kamaytiradi, bunda o’simlik kuchli rivojlanishi bilan ajralib turadi, kamroq kasallanadi. Bu usulning kamchiligi shundan iboratki, o’simliklar ko’chat bilan yetishtirilgandagiga qaraganda birmuncha kech gullaydi va urug’ 2,5-3 baravar sarf bo’ladi.
Dorivor o’simliklar urug’lari ekish uchun tuproq qunt bilan tayyorlanadi. Kuzgi xaydalgan yoki shudgorlab yoz bo’yi ekilmagan yerlarga rejaga muofiq joylashtiriladi. Kultivatsiya va borona solinadi. Bir yillik o’simliklarni ko’chatsiz usulda yetishtirishda urug’lar bahorgi don ekinlari singari mart oxiri - aprel boshlarida (qachonki yer yetilganda) ekiladi.
Qatordagi o’simliklar va qatorlar orasidagi masofalar ekin vazifasi va o’stirilayotgan o’simlik biologik xususiyatlariga ko’ra aniqlanadi. Urug’lar ariq tortuvchi traktor yoki qo’lda tayyorlangan qatorlarga ekiladi.
Yer haydalayotgan yoki kultivatsiya paytida o’g’it to’liq solinmagan bo’lsa, u holda jo’yak tortish davomida 1m2 yerga 30-50 g. superfosfat, 20-30 g ammiak selitrasi va 10-15 g. kaliy tuzi beriladi. Yuqori kislotali tuproqlarni ohak bilan o’g’itlash tavsiya qilinadi. Urug’ yaxshi shamollatilgan torf, qum yoki chirindilar bilan ko’mib berkitiladi. Urug’ni g’altakmola bilan tekislab, ehtiyotkorlik bilan sug’oriladi. Katta maydonlarda keng egatli lentali 3-4 qatorli seyalkalar bilan urug’lar ekiladi. Bu seyalkaning qatorlari orasidagi masofa 20-30 sm va lenta orasidagi masofa 60 sm bo’lishi lozim.
Noqoratuproqli mintaqa sharoitlarida ekish ishlari qanday oldin, taxminan oktyabrning 3 o’n kunligida o’tkaziladi. Ekish uchun tuproq va jo’yakli qatorlar oldindan tayrlanadi. Kech kuzgi ekishda urug’lar torf yoki chirindi bilan 2-3 sm qalinlikda ko’miladi. Ba’zi xo’jaliklarda qish davrida ochiq yerga ekish amalga oshiriladi. Ekish uchun joylar kuzda tayyorlanadi. Qor qatlami 15-20 sm qalinlikda bo’lganda, oldindan tayyorlangan maydonlarga qor ustidan chuqurligi 1,5-2 sm bo’lgan jo’yaklar tortiladi va urug’lar sepiladi. So’ngra shu vaqtgacha muzlamaydigan xonalarda saqlangan, shamollatilgan torf yoki chirindi bilan ko’miladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |