Mazkur ishchi o‘quv dasturi Bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti Kengashining 2020 yil " " dagi yig‘ilishida muhokama qilinib, tasdiqlash uchun tavsiya etilgan.



Download 15,59 Mb.
bet84/154
Sana30.04.2022
Hajmi15,59 Mb.
#596133
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   154
Bog'liq
Доривор усимликлар Уруғчилик ва кучатчилик УМК 24 11 2021 й охири

Nazorat savollari:
1. Abiotik va biotik omillarga ta’rif bering?
2. Antropogen omillarning dorivor o’simliklar dunyosiga ta’siri?
3. Ekologik omillarning o’simliklarga ta’siri?
4. Dorivor o’simliklarga tasir qiluvchi salbiy omillar?
5. Ko’chat yetishtirish texnologiyasini tushuntiring.
6. Ekinlarni parvarishi.
7. Ekinlarni qanday usulda hisobga olinadi.


19-MAVZU: YOPIQ KO’CHATXONALARDA NIHOLLARNI PARVARISHLASh AGROTYeXNIKASI


Reja:
1. Mikroiqlimi boshqariladigan inshoat haqida tushunchalar.
2. Dorivor o’simliklarning ko’chatlarini vegetativ usulda yopiq sharoitda ko’paytirishda maxsus inshoot qurilmasi foydalanish.
3. Mikroiqlimi boshqariladigan inshoatda ko’chat yetishtirish


Tayanch iboralar: Harorat, namlik, yorug’lik, substrat, kallus, ildiz, kurtak, fototsentez, transpiratsiya, havo aeratsiyasi, dispers zarracha, qalamcha, ko’chat.


Dorivor o’simliklarning ko’chatlarini vegetativ usulda yopiq sharoitda ko’paytirishda maxsus inshoot qurilmasi foydalanish. Dorivor o’simliklarni yopiq inshoatda ko’paytirish hozirgi kunda keng qo’llanilmoqda. Bunda maxsus inshoat yaratiladi, unda har xil aralashmadagi substrat (aralashma)ga tayyorlangan urug’lar va qalamchalarni undirish mumkin. Inshoatning afzalligi shundaki, unda belgilangan muddatda qisqa vaqt oralig’ida ko’chat tayyorlash mumkin.
Dorivor o’simliklarni inshoatda yetishtirishda tashqi muhit omillari (harorat, namlik, yorug’lik) sun’iy boshqariladi. Urug’ yoki qalamchaning unib chiqishi yoki ildiz olishi o’simlikning xususiyatlaridan kelib chiqib, belgilanadi. Hozirda danak mevali yoki rezovor mevalarni vegetativ organlaridan qalamchalash usulida ko’chat tayyorlash keng qo’llanilmoqda. Qalamchalash usulida bir yillik novdalar tanlab olinadi va ulardan qalamchalar ertalabki muddatlarda tayyorlanadi. Ekish oldidan qalamchalar 8-10 sm uzunlikda kesiladi. Qalamchalarni tayyorlashda pastki kesilma bevosita kurtak ostidan, yuqorigisi esa kurtakdan 1-1,5 sm yuqoridan amalga oshirildi. Qalamchalar 25 donadan qilib bog’lanadi va IMK ning (indolilmoy kislotasi, 50 mg/l suv) ishchi eritmasiga 2,5-3 sm chuqurlikda 16-18 soat mobaynida solib qo’yiladi. Qalamchalaring ildiz olish sifatiga har xil substratlarning ta’sirini o’rganish uchun yirik donador daryo qumi, taxta qirindisi, chirindi, sholi qipig’i, biogumus va ularning aralashmasidan foydalanish mumkin. Maxsus inshoot ichida ko’chatlarni yetishtirish uchun qulay gidrotermik sharoitlarni boshqarish KEP-12 asbobi yordamida ta’minlanadi. Dastlabki 20-30 kun mobaynida o’simliklar mikroiqlimini boshqaruvchi tizim soat 800 dan 2000 gacha ishlatildi. Tizimda suvni purkash davri 20-25 soniya. Purkashlar oralig’i 5-10 daqiqa (ob-havo sharoitlariga bog’liq ravishda).
Qalamchalar ekilgandan so’ng har uch kunda ularning idiz olishi, ya’ni kallus hosil bo’lishi, qalamchalarning boshlang’ich va yalpi ildiz otishi, novdalarining o’sa boshlashi, kuzda esa novdalarning umumiy o’sishi yuzasidan kuzatuvlar olib boriladi. Qalamchalarning ildiz olishi davrida qalamchalarning uchki qismi sathida haftalik termograf M-16AN va gigrograf M-21AN yordamida inshoot ichidagi havoning harorati va namligi kuzatilishi, substratning 4-5 sm chuqurlikdagi harorati Savinov termometri yordamida o’lchanishi, qulay oziqlanish maydonini aniqlash bo’yicha qalamchalar quyidagi sxemalarda 5x5, 10x10, 15x15 smda joylashtirishi maqsadga muvofiq.
Ekish uchun tayyorlangan qalamchalar substratga 2 sm chuqurlikda ekiladi. Kuzda (oktyabrda) ildiz olgan qalamchalar miqdori hisob qilinadi, har xil tartib ildizlar miqdori, ularning umumiy uzunligi, hajmi, vazni, ko’chatlarning balandligi, novdalar soni va uzunligi, barglar soni va ularning umumiy sathi, shuningdek ularning mos holdagi davlat standartiga mosligi aniqlanadi.
Zaytun ko’chatlarini tuman hosil qiluvchi inshootda yashil qalamchasidan yetishtirishning iqtisodiy samaradorligi quyidagi fenologik kuzatuvlar amalga oshirilishi mumkin:
- inshoatga ekilgan ko’chatlarning tutib ketishi – jami o’tqazilgan ko’chatlarga nisbatan haqiqiy tutganlarini hisob qilish yo’li bilan aniqlanadi; %.
- joriy yilda (bahorda) novdalarning o’sa boshlashi – alohida yorliqlangan novdalarda (5 tadan hisobdagi o’simliklarda) o’sishning boshlanish va tugash sanalari qayd etiladi;
- vegetatsiya davrida novdalarning o’sishi va shoxlanishi – o’simlikda shakllangan novdalar miqdori dekabrda sanash yo’li bilan hisob qilinadi, dona;
- vegetatsiya davrida novdalarning umumiy o’sishi – yil oxirida novdalar uzunligini o’lchash va ularning yig’indisini hisoblash yo’li bilan aniqlanadi, sm;
- o’simlik balandligi – vegetatsiya yakunida markaziy novda yoki asosiy skelet novdalar bo’yini o’lchash yo’li bilan aniqlanadi, sm;
- o’simlik shox-shabbasining kengligi – shox-shabbaning eng keng joyini o’lchash orqali aniqlanadi, sm;
- tanasining diametri – shtangentsirkulda o’lchanadi, sm;
- shox-shabbaning barg bilan qoplanganlik darajasi hisobdagi (5 tadan) o’simliklarda yorliqlangan skelet va yarim skelet shoxlardagi barglar sonini va sathini hisoblash yo’li bilan aniqlanadi, m2;
- birinchi, ikkinchi va uchinchi tartib ildizlar soni har xil yoshli o’simliklarni kavlab olib ularda tegishli tartib ildizlar sonini hisob qilish yo’li bilan aniqlanadi, sht;
- birinchi va ikkinchi tartib ildizlar uzunligivegetatsiya davrida birinchi va ikkinchi tartib ildizlar uzunligini o’lchash bilan aniqlanadi, sm;
- kurtaklarning yozila boshlashi va gullash bahorda aniqlanadi (mart-aprel), bunda fazalarning boshlanish sanalari qayd etiladi: kurtaklarning o’sa boshlashi, ularning yozilishi, to’pgullarning chiqa boshlashi, g’unchalarning shakllanishi, tojbarglarning paydo bo’lishi, yozila boshlashi, gullash, tojbarglarning to’kilishi, mevalarining tugilishi aniqlanadi;
- mevalarning rivojlanish fazasimevalarinng tugilish, gulkosalarning yopiilishi, mevalarinng o’sishi va texnik yetila boshlash sanalari qayd etiladi;
- navlarning hosildorligialohida hisobdagi o’simliklarda mevalaring yig’ib olish va uni 1 gektardagi o’simliklarga nisbatan hisoblash yo’li bilan aniqlanadi, s;

Download 15,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish