Mazkur ishchi o‘quv dasturi Bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti Kengashining 2020 yil " " dagi yig‘ilishida muhokama qilinib, tasdiqlash uchun tavsiya etilgan.


Tomchilatib sug’orishning boshqa sug’orish usullaridan farqli jihatlari



Download 15,59 Mb.
bet82/154
Sana30.04.2022
Hajmi15,59 Mb.
#596133
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   154
Bog'liq
Доривор усимликлар Уруғчилик ва кучатчилик УМК 24 11 2021 й охири

5. Tomchilatib sug’orishning boshqa sug’orish usullaridan farqli jihatlari. Tomchilatib sug’orishning boshqa sug’orish usullaridan farqli jihati shundan iboratki, mazkur sug’orish usulida tuproqning namligi va uni yaratish uchun berilayotgan suv boshqariladi.
Odatdagi egatlab sug’orish usulida suv egatga oqizilgandan so’ng dalaning bir qismida tuproqning namligi haddan ortib ketsa, boshqa qismida suv yaxshi oqmaganligi tufayli tuproq yaxshi namlanmaydi.
Tomchilatib sug’orishda esa suv har bir ekinning ma’lum davrdagi ehtiyojiga mos ravishda dala bo’ylab bir tekisda beriladi. Shunday qilib dalaning ekin joylashgan yerlari bir xilda namlanadi. Tuproqda ortiqcha namlikning yuzaga kelishiga yo’l qo’yilmaydi. Egatlab sug’orilganda sug’orishdan keyin tuproqda namlikni haddan ziyod ortishi ekinni suvga bo’ktirsa, sug’orishlar orasidagi vaqtning uzoqligi oqibatida tuproq qurib ketib, o’simlikni suvsiz qoldiradi.
Navbatdagi sug’orishda ekin yana suvga bo’kadi, undan keyin esa yana suvsiz qoladi, ya’ni stress holatga tushadi. Natijada o’simlik o’z energiyasini shu stress holatlarni yengish uchun sarflashga majbur bo’ladi va bir tekis rivojlana olmaydi. Tomchilatib sug’orishda esa ekin ildiz qatlamining namligi bir xilda ushlab turilidi va ekin bir tekis rivojlanadi. Tomchilatib sug’orishda ekinning ildizi rivojlanadigan tuproq qatlamida o’simlik uchun optimal bo’lgan tuproqning suv-fizik rejimi yaratiladi.
Ba’zi olimlarning [5] va bizning tajribalarimizda [2] qayd etilganidek, tomchilatib sug’orish texnologiyasi boshqa sug’orish usullariga nisbatan bir qator afzalliklarga ega bo’lib, ularning asosiylari sifatida ekin hosildorligining ortishi va hosil sifatining yaxshilanishi, suv resurslarining tejalishi, agrotexnik tadbirlarni o’tkazish uchun sarflanadigan moddiy va mehnat resurslarining kamayishi, ekinni oziqlantirish uchun sarflanadigan o’g’itlar miqdorining kamayishi, tuproq yuvilishining butkul bartaraf qilinishini alohida ajratib ko’rsatish mumkin.
1-afzallik: Ekin hosildorligining ortishi va hosil sifatining yaxshilanishi.
Boshqa sug’orish usullaridan farqli o’laroq, tomchilatib sug’orishda ekinning ildizi rivojlanadigan tuproq qatlamida o’simlik uchun optimal bo’lgan suv-fizik muhit yaratiladi. Ekinga suv va oziq moddalar uning ehtiyojiga mos ravishda kichik miqdorlarda tez-tez beriladi. O’simlik ildiz qatlamida optimal namlik yaratiladi. Bunda tuproqning haddan tashqari suvga bo’kib ketishi yoki qurib ketishi kabi holatlar to’liq bartaraf qilinadi. O’simlik o’ziga zarur bo’lgan vaqtda suv va oziq moddalarni oladi. Turli stress holatlarga tushmagan o’simlik o’z energiyasini faqat rivojlanish va hosil to’plashga sarflaydi.
Natijada optimal sug’orish va oziqlanish hisobiga bog’ va tokzorlarda hosildorlik 40-60 % gacha ortsa, paxta va sabzavotlar kabi bir yillik ekinlarda 80 % gacha ortadi. Paxta hosilining pishib yetilishi esa 10-15 kunga erta va birvarakayiga bo’ladi. Sabzavot dalalari tomchilatib sug’orilganda hosilning suv ostida qolib nobud bo’lishi hodisasi butkul bartaraf qilinadi.

Download 15,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish