3. Dorivor o’simliklarga abiotik, biotik, antropogen omillarning ta’siri. Odatda, o’simliklarga ta’sir ko’rsatadigan tashqi muhit faktorlari shartli ravishda uch guruxga bo’linadi:
Abiotik omillar. Bu xildagi omillarga-iqlim, geologik, tuproq orografik topografik va gidrologik, yorug’lik, xarorat, xacho, namlik, shamol: O’simliklar uchun juda zarur bo’lgan ekologik faktorlar; ularsiz o’simliklar hayot kechira olmaydi, ya’ni o’smaydi va rivojlanmaydi. O’simliklar uchun juda zarur bo’lmagan ekologik faktorlaga ular zarur bo’lmagan faktor hisoblansada, lekin o’simliklar hayotiga, o’sish va rivojlaiishiga ma’lum darajada ta’sir ko’rsatadi.
Bu xildagi faktorlarga tutun holatidagi gazlar, siyraklashgan havo, radioaktivlik va boshqalar kiradi. O’simliklar doim yoki vaqt-vaqti bilan farqsiz ravishda munosabatda bo’ladigan faktorlar, masalan, atmosferadagi inert gazlar (ularga gazsimon azot ham kiradi); yashil o’simliklar yashaydigan muhitda doimiy ravishda azot mavjud bo’ladi, u o’simliklarga ta’sir ko’rsatmaydi, ta’sir ko’rsatganda ham u sezilmaydigan darajada bo’ladi. Lekin muhitning ayrim elementlari ba’zi o’simlkklar uchun deyarlts xech qanday ahamiyatga ega bo’lmagani holda boshqa tur o’simliklar uchun juda zarur bo’lishi mumkin.
Masalan atmosferadagi erkin azot ba’zi bakteriyalar uchun juda zarur. Bu xildagi bakternyalar faqat dukkakli o’simliklar ildizida emas, balki dukkaksiz o’simliklar ildizida ham tugunaklar hosil qilishi mumkin. Bulardan tashqari,atmosferadagi gazsimon azot ko’k-yashil suvo’tlar, akti-nomitsetlar va boshqa organizmlar tomonidan o’zlashtiriladi. Ularning hammasi uchun atmosferadagi erkin azot birdan-bir hayot sharoiti, hisoblanadi. Ba’zan muhitning u yokn bu elementi deyarli ahamiyatsiz deb hisoblanadi lekin ularning o’simliklarga ta’siri hali yetarli darajada o’rganilmagan. Masalan, yaqin-yaqingacha molibden, bor va boshqa turdagi mikroelementlar ko’pchilik o’simliklar uchun kerak va ayrimlari uchun nihoyatda zarurligi aniqlanmagan edi.
Shuni alohida qayd qilish kerakki, jami ekologik faktorlarning organizmlarga bir vaqtda, birgalikda ta’sir ko’rsatish juda murakqab protsess bo’lib, ularning oqibati ham nihoyatda Xilma-xildir. Bulardan tashqari, har xil o’simliklar uni qurshab olgan muhitdagi sharoitga bir xilda munosabatda bo’lmaydi. Shunga ko’ra, yer yuzida yashab to’rgan muhit sharoitining hammasiga birday bardosh bera oladigan bironta organizm yo’q. Ana shunga ko’ra har bir tur organizm nisbatan tor doiradagi temperatura yorug’lik, yong’in miqdori, tuproq sharoiti va. boshqa faktorlarning mavjudligida yashay oladi.
Shunday qilib, o’simliklar muhit faktorlarining bir vaqtda ta’sir ko’rsatadigan murakkab komplekslari tufayli o’sadi va rivojlanadi. Odatda, abiotik (ekotop hosil qiluvchi anorganik muhit) va biotik (o’zaro va atrof-muhitga ta’sir etadigan organizmlar), ekologik faktorlar (biotop hosil qiluvchi) farq qilinadi.
Abiotik faktorlar o’z navbatida iqlim (yorug’lik, issiqlik, namlik, havo), tuproq (tuproqning mexannk, fizik xossalari, ximizmi va tuproq mikrobiologiyasi), orografik (yonbag’irning dengizdan balandligi, qiyaligi, ularning shakli va ekspozitsiyasi) faqtorlarga bo’linadi.
Biotik omillar-fitogen omillarva zoogen omillar. Biotik faktorlar ham o’z navbatida fitogen (o’simliklarning o’zaro bir-biriga bevosita), bilvosita transbiotik (bir tur yuksak o’simlikning turli organizmlar orqali boshqa tur yuksak o’simlikka) va bevosita transbiotik (.yashash joyining, ximiyaviy va fizik xossalariking o’zgarishi oqibatida) ta’sir ko’rsatadigan faktorlarga bo’linadi. Shuningdek, biotik faktorlarga zoogen faktorlar ham kirib, ular o’simliklarga va ular tarqalgan muhit sharoitiga har xil ta’sir ko’rsatadi.
Antropogen omillar o’simlik dunyosiga ta’siri. Antropogen faktorlarga kishilariing o’simliklarga, o’simliklar qoplamiga va ular yashab turgan muhig sharoitiga turli shakldagi ta’sir faktorlari kiradi. O’simliklarni qurshab olgan muhit ularga shuning uchun zarurki, ular ana shu muhitdan o’zining hayot faoliyati uchun, o’sish va rivojlanishi uchun zarur bo’lgan jamiki borliqni oladi. O’simliklar ana shu muhitdan har xil zarur moddalarni o’zlashtiradi va assimilyatsiya yo’li bilan singdiradi. O’simliklar bilan ularni qurshab olgan muhit o’rtasida doimiy ravishda moddalar va energiya almashinuvi boradi. Bulardan tashqari, o’simliklar tanasining o’zida ham doimiy ravishda hujayralararo va o’simlikning organlari hamda qismlari o’rtasida o’zaro moddalar almashinuvi ro’y beradi. Bu xildagi protsess to’xtab qolsa, organlar va umuman butun organizm nobud bo’ladi.
Shunday qilib, o’simliklarning o’sishi va rivojlanishi ularni qurshab olgan muhit sharoitining xususiyatlariga bog’liq bo’ladi. Lekin o’simliklarning o’zi ham (ayniqsa birga o’sadigan o’simliklar guruhida) fotosintez protsessida kislorod ajratishi, nafas olishda karbonat angidrid chiqarishi, transpiratsiya protsessida suv bug’lantirishi, hayot faoliyati natijasida efir moylari va boshqa moddalar chiqarishi o’zi tomonidan ajratilgan va tuproqda bo’lgan o’simlik qoldiqlarining chirishi natijasida, shuningdek, o’tmish ajdodlaridan qolgan ildiz qoldiqlarining parchalanishi tufayli tuproqni boyitib, atrof muhigga katta ta’sir ko’rsatadi. Yer yuzasidagi o’simliklar qoplamining bir butunligi izdan chiqqan holdarda muhitda hosil qilingan o’zaro munosabat ham buziladi. Birga o’sadigan yashil o’simliklar dunyosi joyning suv reji-miga ta’sir ko’rsatadi, chunki transpiratsiya protsessi va barglar sathidan suv bug’lanishi mazkur joydan sarflanadigan suv miqdorini tartibga solish imkonini beradi, bunda bug’latiladigan suvning ko’p qismi tezda sovib qoladi va kondensatlanadi. O’rmonlarda daraxtlarni yoppasiga kesish iqlimning va edafik sharoitning keskin o’zgarishiga sabab bo’ladi, buloq va soylar yo’qolib ketadi, daryolar sayozlashib, havoning namligi pasayib ketadi. Cho’llarda chang to’zon ko’tariladi va tuproq eroziyasi sodir bo’ladi. Oqibatda o’simliklar bilan hayvonlarning hayot faoliyati o’zgaradi, katijada ularni qurshab turgan atrof muhit sharoiti ham o’zgarmay qolmaydi. Shunga ko’ra, muhitning issiqlik rejim, havo va tuproqning namligi, yorug’lik, tuproqda boradigan protsesslar va boshqalar doimiy ravishda o’zgarib turadi. Bularning hammasi o’simliklarni atrof muhitga moslanishga majbur etadi.
O’simliklar muhitning noqulay sharoitiga nisbatan har xil moslanishlarga ega. Bunday moslanishlar turni saqlab qolishga imkon beradi. Masalan, cho’ldagi efemer o’simliklar tuproqning yuza qatlamida tarqalgan bo’lib, faqat bahordagi qisqa muddatli yog’ingarchilik vaqtida o’sadi. Uzoq davom etadigan yozgi jazirma issiq va quruq davr boshlanishi bilan bu o’simliklarning suvni traspiratsiya qiladigan yer ustki organlari qurib qoladi. Urmonlarda ham yorug’sevar efemer o’simliklar erta bahorda tez avj olib o’sadi, daraxtlar barg yozishi bilan ularning yer ustki organlari quriy boshlaydi. Yorug’sevar daraxtlar, odatda, soyaga chidamli o’simliklarga qaraganda tez o’sadi va barglarini yoruqqa olib chiqadi.
Qulay iqlim sharoitida o’simliklarda kechadigan fiziologik protsesslar kuchayadi, ular tez o’sadi va rivojlanadi, shu bilan o’zi o’sadigan joyning sharoitida unumli foydalandi. Qishi sovuq, quruq va issiq keladigan joylardagi noqulay iqlim sharoitiga chidamli bo’lgan o’simliklar hujayra shirasida ko’plab himoya moddalarini to’playdi, ana shu bilan ular joyning qishki sovuq, yozgi jazirama issiq hamda quruq sharoitida o’zini saqlab qoladi.
Shunday qilib, o’simliklarining ularni qurshab turgan muhit sharoitiga moslashish protsessi juda ham murakkab, ko’p qirrali va shu bilan birga bir butundir. O’simliklarning o’sishi va rivojlanishi atrof-muhit sharoitining doimiy ravishda o’zgarib turishiga moslashishdan iborat bo’lib, shunga ko’ra, bu protsess hech qachon to’liq va oxiriga yetadigan darajada davom. etmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |