Mazkur ishchi o‘quv dasturi Bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti Kengashining 2020 yil " " dagi yig‘ilishida muhokama qilinib, tasdiqlash uchun tavsiya etilgan.


-MAVZU: DORIVOR DARAXT VA BUTALARDA URUG’ HOSILDOR-LIGINI HISOBGA OLISh USULLARI



Download 15,59 Mb.
bet48/154
Sana30.04.2022
Hajmi15,59 Mb.
#596133
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   154
Bog'liq
Доривор усимликлар Уруғчилик ва кучатчилик УМК 24 11 2021 й охири

7-MAVZU: DORIVOR DARAXT VA BUTALARDA URUG’ HOSILDOR-LIGINI HISOBGA OLISh USULLARI


Reja:
1. Daraxt va butalarning hosilga kirish muddatlari.Urug’ hosilining prognozi. (Taxminiy baholash)
2. Model daraxtlar usuli
3. Urug’ hosildorligini oldindan aniqlash hisobga olish usullari. To’kilgan meva yoki urug’ bo’yicha hosilni hisoblash usuli


Tayanch iboralar: Dorivor o’simlik, urug’, hosildorlik, prognoz, fenologik, faza, daraxt, buta, qubba, meva, tuganak, gul, gulkosa, model, maydon.


1.1.Urug’ hosilining prognozi. (taxminiy baholash). O’rmon barpo etish ishlarini bajarish va urug’ (meva) hosilini yig’ib terib olish, shaxsiy talablarni qondirish imkoniyatini aniqlash va boshqa xo’jaliklar uchun tayyorlash rejasini bajarish, keyingi yillar uchun ham urug’ zonasini tashkil etish bo’yicha tayyorgarlik tadbirlarni muvaffaqiyatli bajarish maqsadida urug’ hosilini prognozi va hisobga olishga asosiy rol ajratiladi. Bu ishlar sinov maydonlarida o’tkaziladi. Buning uchun o’rmon urug’lari ob’ektlarining har bir kategoriyalarida - doimiy o’rmon o’rug’lari uchastkalari (DO’UU) da, o’rmon o’rug’lari plantatsiyalarda, vaqtinchali o’rmon urug’lari uchastkalarida (VO’UU) va boshqalarda sinov maydonchalari belgilanadi. Sinov maydonchalari kuzatilayotgan turning meva hosilini to’liq xarakterlaydigan bo’lishi zarur.
Fenologik kuzatishda yoppasiga meva hosil berish fazasiga kirish muddati belgilanadi va hosilni kamaytirish yoki ko’paytirish sababi aniqlanadi.
Yoppasiga meva hosilga kirish fazasi sinov maydonchasidagi belgilangan tur daraxt va butalardan 50% idan ko’p qismi hosilga kirgan vaqtdan hisoblanadi. Fenologik kuzatish davrida meva hosil berishning quyidagi yoppasiga kirish fazalarining sanalari qayd qilinadi: gullashi yoki mikrosporofillardan quruq havoda yengil silkitilganda gulchangi uchadi, gulkosasi rivojlangan turlarida esa guli tushadi; meva tugunaklari paydo bo’lishi - gul va gulkosalar o’rnida meva shaklana boshlashi, ignabarglilarda qubbalarining o’sishi boshlanishi va ularning yaxshil rangga kirishi (qarag’ayda bu faza gullagandan keyin bir yil muddatda kuzatiladi); mevalarning qubba, urug’ pishib yetilishi - qachonki ular meva kattaliklari tegishli o’lchamlarga va rangi pishib yetilgan meva xususiyati rangiga kirganda hisobga olinadi.
Kutiladigan urug’ hosilini hisobga olish ko’rish mumkin bo’lgan joylarda ko’z yoki binoklda o’tkaziladi. Bunda gullari tugunaklari va pishib yetilgan mevalari bo’yicha hosildorlik aniqlanadi ya’ni hosildorlikni aniqlash yalpi gullash davrida (I faza), yalpi tugunaklar hosil bo’lish davrida (II faza), qubba, meva va urug’larning pishib yetilishining boshlanishi davrida (III faza).
Bu holatlarda sinov maydonlarida meva hosil berishni kuzda chamalab daraxtlar va butalarning turlari bo’yicha gullash va meva hosil berishi ballari aniqlanadi. DO’UU va o’rmon urug’lari plantatsiyalari uchun hosildorlikni aniqlashda A.A.Korchagin shkalasidan boshqa barcha o’rmon urug’lari ob’ektlarida esa A.G.Kapper shkalasidan foydalaniladi.
1.2. Model daraxtlar usuli. Bu usul o’rmon urug’lari ob’ektlarida (VO’UU), yosh daraxtzorlarda, o’rta yoshli va yetilayotgan tabiiy va sun’iy daraxtzorlarda meva hosilni hisobga olish uchun qo’llaniladi. Sinov maydonida 0,1-0,25 ga kattalikdagi maydonchani ajratiladi va unda kuzatilayotgan turdan meva hosili bor daraxtlarni hisoblanadi. Shulardan ko’krak diametri va hosili o’rta bo’lgan (sinov maydonchasidagi o’rta hosil balliga teng) 5ta model daraxt tanlab olinadi. Har model daraxtda binokl yordamida yoki tanasiga chiqib barcha kubba (mevasi) hisoblanadi, ularning har bir model daraxt uchun o’rtacha miqdori topiladi, uni belgilangan hisoblash maydonchasidagi hosilli daraxtlar miqdoriga ko’paytiriladi va bu miqdor barcha sinov maydonchasiga, 1 ga maydonga, o’rmon o’rug’lari ob’ektining barcha maydoniga hisoblanadi. Vaqtinchali O’UUda va kesishga ajratilgan o’rmonlarda qubba (meva) kesilgan model daraxtlarda hisoblanadi.
Qubbaning (mevaning) o’rtacha og’irligi va urug’ning chiqishi haqidagi ko’p yillik mashg’ulotlardan foydalanib 1ga maydondan va o’rmon urug’lari ob’ektlarining barcha maydonidan kutilayotgan urug’ hosilni kilogrammda hisoblanadi. Ko’p yillik mashg’ulotlardan foydalanilgan holatda bir qubbaning o’rtacha og’irligi va urug’ining chiqishi qubba (mevaning) pishib yetilish davrida yig’ib terib olingan 1 kg og’irlikdagi namunasini maxsus qayta ishlanib taxlil qilingan natijasi bo’yicha aniqlanadi.
Yoppasiga hisoblash usuli, o’rtacha ko’rsatgichga ega bo’lgan uchastka qismida 0,1-0,25 ga kattalikda sinov maydoni ajratiladi, u yerda barcha daraxtlar kesiladi va ulardagi mevalar (qubbalar) yig’ib, terib olinadi. Mevasida (qubbasidan) urug’lari ajratib olinib ularning og’irligi aniqlanadi. Sinov maydonidagi hosilni bilgan holatda, 1 ga maydondagi urug’ hosildorligi aniqlanadi.
Model daraxtlar usuli, 0,1-0,25 ga kattalikdagi sinov maydonlarida daraxtlarni o’sish sinfi bo’yicha ajratib yoppasiga hisobga olish (alohida hosil borlar va hosili yo’qlar) o’tkaziladi, har bir sinfi bo’yicha 10%dan kam bo’lmagan model daraxtlar kesiladi, ularda qubbalarni, mevalarni yoppasiga hisobga olinadi va ularning bir daraxtga to’g’ri keladigan miqdori aniqlanadi. Har bir o’sish sinfidagi bir daraxtning o’rtacha urug’ hosilini bilgan holda sinov maydonidagi hosilli daraxtlarning barchasining va 1 ga maydondagi urug’ hosili hisoblanadi.

Download 15,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish