Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti


Hujjatlar aylanishi va ularni saqlash



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/183
Sana14.04.2022
Hajmi2,77 Mb.
#550823
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   183
Bog'liq
buxgalteriya hisobi

 
8.3.Hujjatlar aylanishi va ularni saqlash. 
Hujjatlar yozib berilish daqiqasidan tortib to arxivga topshirilgunga qadar ancha uzun bo’lgan 
yo’ldan o’tib boradilar. Tezkor boshqaruvdan foydalanib bo’lgandan keyin hujjatlar bilan 
rasmiylashtirilgan operasiyalarni moliyaviy va boshqaruv hisobi tizimida yig’ma ma’lumotlarni olish 
maqsadida aks ettirish uchun buxgalteriyaga topshiriladi. Bu yerda buxgalteriya xodimlari ularga qarab 
amalga oshirilgan operasiyalarni maqsadga muvofiqligi va qonuniyligini tekshirayotgan paytda, 
ulardan nazorat maqsadlarida ham foydalanadi. Hujjatlar ishlanib bo’lganidan keyin arxivga saqlash 
uchun topshiriladi. Shunday qilib, 
hujjatlar aylanishi
deganda, ularning tuzilgan daqiqasidan yoki 
boshqa xo’jalikdan kelib tushganidan boshlab to arxivga saqlash uchun topshirishgacha bosib o’tgan 
yo’li tushuniladi. 
Endi buxgalteriya apparatidagi hujjatlar aylanishining mazmunini chuqurroq o’rganib chiqamiz. 
Buxgalteriya xodimlariga kelib tushgan hujjatlar birinchi navbatda operasiyalarning qonuniyligi
ularning rasmiylashtirishga doir talablarning bajarilishi, arifmetik amallar va hisoblarning 
to’g’riligi 
nuqtai nazaridan
tekshiriladi. 
Hujjatlarni shakliga qarab tekshirish (rasmiy deb nomlangan tekshirish) hujjatlarni rekvizitlarini 
to’ldirishning to’la ekanligini aniqlash, ularda tegishli imzolarni mavjudligi va shu kabilarni 
aniqlashdan iborat. Bunda bir vaqtning o’zida xo’jalik operasiyalarni aks ettirishning ravshanligi, unga 
o’lchov birliklarining (natural, mehnat va pulda ifodalangan) aniq keltirilganligi, hujjatni tuzish 
sanasining to’g’ri ko’rsatilganligi ham tekshiriladi. 
Arifmetik amallar va hisoblashni tekshirish (arifmetik tekshirish) hujjatlarini to’ldirish paytida 
arifmetik amallarning to’g’ri bajarilganligini, miqdorini bahoga ko’paytirish, yakuniy summalarni 
topishda qo’shish amalini qo’llab tekshiriщdan iborat. 
Hujjatlarni faqat tekshirilib va ularning to’g’ri ekanligiga ishonch hosil qilgandan keyingina 
hujjatlarni topshiruvchilardan buxgalteriyaga qabul qilib olish mumkin. 
Hujjatlarni qabul qilish odatda reyestr nusxasiga topshirilayotgan Hujjatlar ro’yxatiga imzo qo’yish 
bilan rasmiylashtiriladi. Masalan, ombor mudiri moddiy boyliklarning bir kunlik kirimi va chiqimi 
to’g’risidagi barcha hujjatlarni tayyorlayotganda ularni buxgalteriyaga jo’natish uchun to’ldirilgan 
hamda ilova qilib yuborilgan reyestrda tilxat oladi, kassir kassa kirim va chiqim hujjatlarini ular qayd 
qilingan kassa daftarlariga imzo qo’ydirib buxgalteriyaga topshiradilar. 
Tekshirilgan va buxgalteriyadan qabul qilingan hujjatlar qayta ishlanadi. Bu hujjatlarni qayta 
ishlash uch bosqichdan: baholash, guruhlash va kontirovka (belgilash)dan iborat. 
Hujjatlarni baholash yoki taksirovkalash - bu hujjatlarda ko’rsatilgan moddiy boyliklarni pul 
o’lchov birligida baholashdir. 
Baholangan (taksirovkalangan) hujjatlar guruhlarga ajratiladi. Hujjatlarning guruhlanishi deganda, 
ularni o’z mazmunlariga ko’ra bir turdagi pachkalarga ayirish (ajratish) tushuniladi. 
Shunday yo’l bilan kassa hujjatlari, materiallarning kirimi hamda sarfiga, mahsulot sotilishiga doir 
hujjatlar va hokazolar pachkalarga teriladi. Bu pachkalarining har biri ichida hujjatlar maydaroq 
guruhlarga ajratiladi. Dastlabki hujjatlarning guruhlanishi, odatda olingan ma’lumotlarning keyingi 
qayta ishlashlarni osonlashtiradigan yig’ma hujjatlarni tuzish bilan yakunlanadi. 
Ko’pincha dastlabki hujjatlar buxgalteriyaga tuzib olingan hisobotlar bilan bir martalikda kelib 
tushadi. Agar guruhlash buxgalteriyada olib borilsa, unda uning maxsus vedomosti bilan 
rasmiylashtiriladi. 
Buxgalteriya hujjatlarini guruhlashni amalga oshiradigan vedomostlarning ikki turi mavjud. Qabul 
qilingan hujjatlardagi ma’lumotlarni jamg’arish uchun xizmat qiladigan ko’p martalik hujjatlar va 
buxgalteriya hisobida aks ettiriladigan operasiyalar haqidagi ma’lumotlarni tizimga solish uchun 
mo’ljallangan guruhlovchi hujjatlar. 


58 
Shuni ta’kidlash lozimki, hisobni soddalashtirish maqsadida ko’p martalik va guruhlovchi 
vedomostlaridagi summalari ko’pincha ham sintetik, ham analitik qismlarda aks ettiriladi. Natijada 
tegishli sintetik schyotlarda mustaqil tartibda analitik hisobni yuritishga hojat qolmaydi. 
Hozirgi vaqtda dastlabki va yig’ma hujjatlar, shu jumladan ko’p martalik va guruhlovchi 
vedomostlarni ham ishlash, odatda, mashinalashtirish yo’li bilan amalga oshirmoqda. 
Keyinchalik hujjatlar kontirovkaga yuboriladi. Hujjatlarni kontirovka qilish deganda mazkur 
operasiya bo’yicha korrespondensiyalanuvchi schyotlarni ko’rsatish, ya’ni buxgalteriya yozuvi 
tushuniladi. U har xil usullar bilan yuritiladi. 
Schyotlar bo’yicha yozuvlarning ikkinchi marta qaytarilishining oldini olish maqsadida hujjatlarda 
tegishli belgilar qo’yiladi. Buning uchun hujjatlarning bosma ish qog’ozining o’zida yoki maxsus muhr 
qo’yilgan joyda quyidagi yozuv keltiriladi:«... raqamli yozuvga ... varaq ilova keltirilgan, sana, 200_ 
y.». 
Hujjatlar kontirovka qilingandan keyin operasiyalar sintetik va analitik schyotlarda (joriy 
buxgalteriya hisobida) aks ettiriladi. Keyin hujjatlar arxivga topshiriladi. 
Moliyaviy va boshqaruv hisobining joriy yil hujjatlari buxgalteriya arxivida saqlanadi, chunki ular 
fermer xo’jaliklari va uning tarkibiy bo’linmalari ustidan rahbarlik qilish, ularning faoliyatini 
boshqarish hamda har xil turdagi ma’lumotlar tuzish uchun kerak bo’ladi. Yil boshida o’tgan yildagi 
hujjatlar buxgalteriya arxiviga topshiriladi. U yerda ular amaldagi qoidalar bilan belgilangan muddatda 
saqlanadi. 
Odatda buxgalteriya hujjatlarini saqlashning quyidagi muddatlari belgilangan: turli - tuman 
hujjatlarning koreshoklari (orderlar, nakladnoylar, kvitansiyalar, chek daftarlari va shu kabilar) uchun 
1 yil, bo’nak hisobotlar, ularga ilova qilingan hujjatlar, schyotlar, to’lov talabnomalari, nakladnoylar, 
qaydnomalar va boshqa tovar - moddiy boyliklarga doir hujjatlar, hisob - kitob va to’lov vedomostlari 
uchun 3 yil; kassa va bank hujjatlari uchun 5 yil. Boshqaruv hisobining hujjatlari rahbarning ixtiyori 
bilan belgilangan muddatgacha saqlanadi. 

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish