Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/183
Sana14.04.2022
Hajmi2,77 Mb.
#550823
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   183
Bog'liq
buxgalteriya hisobi

 
 
 
8-mavzu. Hujjatlashtirish va invertarizasiya. 
REJA. 
8.1.Hujjatlar haqida tushuncha va rasmiylashtirishga qo’yilgan talablar. 
8.2.Hujjatlarni turkumlanishi va xo’jalik operasiyalarini hujjatlashtirish. 
8.3.Hujjatlar aylanishi va ularni saqlash. 
8.4.Inventarizasiya haqida tushuncha va uning turlari. 
8.5.Inventarizasiyani o’tkazish va natijalarini aniqlash. 
8.6.Inventarizasiya natijalarini rasmiylashtirish tartibi. 
8.1. Hujjatlar haqida tushuncha va rasmiylashtirishga qo’yilgan talablar. 
Biror bir xo’jalik operasiyasiga tegishli tartibda tuzilgan va rasmiylashtirilgan hujjat bo’lmasa, 
hisobga olinishi mumkin emas. Shuning uchun har bir hujjat ma’lum talablarni hisobga olgan holda 
tuzilgan bo’lishligi va undagi operasiyalarning sodir bo’lishi yoki rasmiylashtirilishida qatnashgan 
hamda shu bilan tegishli jarayonlar haqiqatda fermer xo’jaliklarida sodir bo’lganligini tasdiqlovchi 
shaxslarni imzolari bilan tasdiqlangan bo’lishi kerak. 
Buxgalteriya yozuvlariga asos bo’lib hisoblangan hujjatlarda sodir bo’lgan xo’jalik jarayonlari 
to’g’risidagi ma’lumotlar mavjud bo’ladi. Ulardan ko’pchiligi tegishli xodimlarga u yoki bu 
operasiyalarni bajarishga ruxsat etadi. Demak, buxgalteriya hujjati operasiyasining haqiqatda sodir 
bo’lganligi haqida hamda uni amalga oshirishga bo’lgan huquqning yozma guvohnomasidir.
Hujjat lotincha «documentum» so’zidan olingan bo’lib, isbotnoma, guvohnomani anglatadi. 
Hujjat 
deb rasmiy ish qog’ozlariga aytiladi. 
Buxgalteriya hujjati
deb xo’jalik operasiyalarining haqiqatda 
sodir bo’lganligini, bo’layotganligini yoki bo’lmoqchi ekanligini yozma ravishdagi tasdig’igi aytiladi. 


54 
Hujjatlashtirish
hujjatlar majmuasini anglatadi, ya’ni hujjatlashlashtirish deganda xo’jalik 
operasiyalarini hujjatlarida rasmiylashtirish jarayoni tushuniladi. 
Hujjatlashtirish vositasida amalga oshirilgan operasiyalarning to’g’riligi nazorat qilinadi, 
bajarayotgan ishlarning joriy tahlili olib boriladi yoki u orqali ba’zi xo’jalik yuritish qoidalarini 
buzilishi aniqlanadi. Demak, hujjatlashtirish nazorat - analitik funksiyalarni bajaradi. 
Mulkni saqlash borasida hujjatlashtirish alohida ahamiyatga egadir. Hujjatlar yordamida moddiy - 
javobgar shaxslar harakatining to’g’riligi kuzatiladi (ular tomonidan boyliklarni olish va berish, 
xo’jalik operasiyalarini amalga oshirish qoidalariga rioya qilinishi tekshiriladi). Hujjatlashtirish 
o’g’irlik qilish hodisalari, turli suiste’molliklarni oldini olish imkonini ham beradi. 
Hujjatlashtirishning huquqiy (yuridik) ahamiyati juda kattadir. Hisobda qayd etilgan hodisalarning 
to’g’riligini tasdiqlash bilan bir vaqtda, hujjatlar ushbu fermer xo’jaliklari bilan boshqa tashkilotlar va 
shaxslar o’rtasida yuzaga kelgan kelishmovchiliklarda inkor qilib bo’lmaydigan dalolatnoma bo’lib 
hisoblanadi.
Har bir hujjat shunday rasmiylashtirilgan bo’lishi kerakki, unda amalga oshirilgan operasiyalar 
xaqida to’la - to’kis fikrga ega bo’lish va uning isbotlovchi kuchini ta’minlash uchun zarur bo’lgan 
barcha ma’lumotlar mavjud bo’lsin. Hujjatlarning tarkibiy unsurlari hisoblangan bu ma’lumotlar uning 
rekvizitlari deb nomlanadi. Rekvizit (lotincha reqnistium) - bu kerakli, talab qilinadigan degan ma’noni 
anglatadi. 
Lekin xar xil hujjatlarning mazmunidagi katta farqlarga qaramasdan, xar qanday operasiyani 
buxgalteriya hisobida aks zttirish uchun zarur bo’lgan rekvizitlar mavjud bo’lishi kerak. 
«Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonunning 9-moddasiga binoan dastlabki hujjatlarni zaruriy 
rekvizitlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi: 
♦ korxonaning nomi; 
♦ hujjatning nomi va raqami, uning tuzilish sanasi va joyi; 
♦ xo’jalik operasiyalarining nomi, mazmuni va miqdoriy o’lchovi (natura va pul ko’rinishida); 
♦ mas’uliyatli shaxslarning shaxsiy imzolari. 
Ushbu qonunda shu narsa alohida ta’kidlanadiki, dastlabki hisob hujjatlarini tuzgan va imzolagan 
shaxs ularni o’z vaqtida tuzilganligi, to’g’riligi, ishonchliligi, shuningdek, ularni buxgalteriya hisobida 
aks ettirish uchun belgilangan muddatlarda topshirish bo’yicha javobgardir. 
Buxgalteriya hujjatlarini tuzishga ham ma’lum talablar qo’yiladi. Barcha hujjatlar o’z vaqtida, 
qoidaga ko’ra, xo’jalik operasiyasi sodir bo’layotgan daqiqada, sifatli tuzilishi, ularda ishonchli 
ma’lumotlar bo’lishi hamda barcha majburiy rekvizitlarga ega bo’lishi kerak. 
Hozirgi paytda buxgalteriya hisobida avtomatlashtirish vositalari borgan sari ko’proq 
qo’llanilayotganligi tufayli, hujjatlar, shuningdek, hujjatlashtirish talablariga javob beradigan tartibda 
joylashtirilgan (joylanishining ketma - ketligi, zaruriy ma’lumotlarning maxsus ajratib ko’rsatilganligi 
va hokazo) rekvizitlarga ega bo’lishi kerak. Ayrim rekvizitlarning shifrlari (raqamli belgilari) hujjatda 
tegishli matn mazmuni bilan ko’rsatilishi kerak.
Agar yig’ma hujjat mashina yordamida tuzilsa, unda bu hujjatda uning mazmunini tavsiflovchi 
sarlavha, undagi ma’lumotlarning isbotlovchi hujjatlarga muvofiqligini tasdiqlovchi shaxslarning 
imzolari keltiriladi. Isbotlovchi hujjatlarning vazifasi axborotni mashinali tashuvchi bajarganda, u qo’l 
bilan tayyorlanganga o’xshash isbotlovchi hujjatning barcha rekvizitlariga ega bo’lishi kerak. Hisob 
axborotini u yoki bu mashinali tashuvchisida avtomatik tarzda qayd etilgan operasiyalar majmuasi 
to’g’risidagi yakuniy ma’lumotlar keyinchalik barcha majburiy rekvizitlarga ega bo’lgan tegishli 
hujjatni tuzish bilan tasdiqlanishi kerak. 
Hujjatlarni siyoh, kimyoviy qalam bilan, yozuv mashinalari yoki boshqa mexanizmlar yordamida 
yozishga ruxsat etiladi. Ayniqsa, pul hujjatlari - kirim va chiqim kassa orderlari, cheklari, to’lov 
topshiriqlari va boshqa bank hujjatlarini rasmiylashtirishda qat’iy tartib o’rnatilgan. Ularni yozib berish 
bank tomonidan o’rnatilgan qoidalarga binoan amalga oshiriladi. Hujjatlarning tartibli tuzilishi, matn 
va raqamlarning aniq va ravshan yozilishi, unda rasmiylashtirilgan operasiyaning mazmuni va hajmini 
osonlik bilan tushunib olishni ta’minlaydi. Hujjatdagi imzolar aniq va ravshan bo’lishi kerak. 
Hujjatdagi matnda ham, raqamli ma’lumotlarda ham hyech qanday tozalashlar, dog’ va izohlanmagan 
to’g’rilashlarga ruxsat etilmaydi. Kirim va chiqim kassa orderlarida umuman hyech qanday 


55 
to’g’rilashlarga yo’l qo’yilmaydi. Hujjatlardagi ma’lumotlarning ishonchliligi va ularning yuqori 
sifatli tuzilganligi uchun ularga imzo chekkan xodimlar (sex boshliqlari, omborchilar, kassirlar va 
boshqalar) javob beradi. 
Hujjatlardan ikki marta (qayta) foydalanishga yo’l qo’ymaslik maqsadida ulardan ba’zilari 
o’chiriladi. Bu kirim va chiqim orderlarga biriktiriladigan barcha hujjatlar (arizalar, ishonchnomalar 
va shu kabilar)ga tegishlidir. O’chirish maxsus to’rtburchak muhr (shtamp) bilan yoki «Olindi» yoki 
«To’lanadi» degan imzo bilan, sanasi ko’rsatilgan holda amalga oshiriladi. «O’chirildi» degan muhr 
bilan barcha bank hujjatlari hamda ish haqini hisoblash yoki boshqa to’lovlar qilishga asos bo’lgan 
hujjatlarning amal qilishi to’xtatiladi. 
Xo’jalik operasiyalari ustidan kuzatishni amalga oshirishni ta’minlab va ularni, albatta, schyotlarda 
aks ettirilishining sharti bo’lib hisoblangan hujjatlashtirish, buxgalteriya hisobi usulining tarkibiy 
elementi bo’lib hisoblanadi. 
Boshqaruv hisobi tizimida ishlab chiqarishning normal holatida materiallar, mehnat va hokazolarni 
ishlab chiqarishga sarflashning belgilangan me’yorlaridan (standartlardan) chetga og’ishishlarni 
rasmiylashtirish uchun mo’ljallangan xabar berish (signal) hujjatlari alohida muhim ahamiyatga egadir. 
Hisob axborotining moddiy tashuvchilari qatoriga bosma ish qog’ozlar (blankalar), vinchestr, 
fayllar, disketlar, perfokartalar, perfolentalar, magnit lentalar va shu kabilarni kiritish mumkin. Ulardan 
fermer xo’jaliklaridagi xo’jalik operasiyalarini olish va ishlash uchun qo’llanilayotgan texnika 
vositalariga qarab foydalaniladi. Hozirgi vaqtda, ko’pchilik hollarda eng keng tarqalgan moddiy 
tashuvchilar hisob bosma ish qog’ozlari (blankalari) hisoblanadi. Hisob bosma ish qog’ozlarida aks 
ettiriladigan operasiyalar mazmunining hajmiga qarab har xil bo’ladi. 
Hisob bosma ish qog’ozlari qo’l bilan yoki mexanizasiyalashtirilgan yo’l bilan (PEHM yordamida) 
to’ldiriladi. Bosma ish qog’ozida hujjatlar kerakli miqdordagi ko’chirmalarni olish maqsadida odatda 
bir nechta nusxada tuziladi.Fermer xo’jaliklarining ko’pchiligida operasiyalarni bevosita aks ettirish 
hisob bosma ish qog’ozlarini to’ldirish yordamida amalga oshiriladi.

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish