Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti


Baholash uning tamoyllari va qo’llash tartibi



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/183
Sana14.04.2022
Hajmi2,77 Mb.
#550823
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   183
Bog'liq
buxgalteriya hisobi

6.2. Baholash uning tamoyllari va qo’llash tartibi 
Xo’jalik mablag’larini baholash - uning pul o’lchovida ifodalash usulidir. U buxgalteriya hisobi 
usulining ajralmas unsuri hisoblanadi, chunki pul o’lchovisiz umumlashtirilgan ko’rsatkichlarni olish 
mumkin emas. Korxona resurslariga berilgan tavsifning ob’ektivligi hamda moliyaviy natijalarni 
aniqligi baholashning to’g’riligiga bog’liqdir, xarajatlar miqdorini buzib ko’rsatilishi foyda (zarar) 
miqdorini noto’g’ri hisoblashga olib keladi. 
Xo’jalik mablag’larini baholashning to’g’riligiga uning (baholashning) reallilik va yagonalik 
printsplariga rioya qilish bilan erishiladi. 
Baholashning realligi - bu xo’jalik mablag’lariga kiritilgan mehnat sarflarining haqiqiy miqdorini 
pul ko’rsatkichida aks ettirishdir. Bu printsilarga rioya qilishlik barcha natura va mehnat ko’rsatkichlari 
narxlar yordamida pul ko’rsatkichlarga o’tkaziladi. Bunda narxlar ijtimoiy zaruriy mehnat sarflariga 
asoslangan bo’lib, buxgalteriya hisobida esa balans moddalari haqiqiy tannarxda ifodalanadi. 
Baholashning realligi korxonada mavjud bo’lgan resurslar miqdorini aniqlashga, uning 
faoliyati moliyaviy natijalari to’g’risidagi ishonchli axborotni olishga o’z ta’sirini ko’rsatadi. 
Ishlab chiqarishga sarflangan materiallarni noto’g’ri baholash, tayyorlangan mahsulot tannarxiga 
kiritilgan mehnat vositalari amortizatsiyasini aniq hisoblamaslik, hisoblangan ish xaqining summasini 
noto’g’ri aniqlash - bularning hammasi xo’jalik ishlarini tavsiflashning ob’ektivligiga ta’sir ko’rsatadi, 
uning umumlashtirilgan pirovard natijalarini buzib ko’rsatadi. 
Baholashning yagonalik printsipi korxonalarning bir turdagi mablag’larini bir turdagi pulda 
o’lchashni anglatadi, ya’ni korxona balansida bir turdagi mablag’lar bir xil tartibda baholanadi. Shu bilan 
birga bunday baholash davra aylanishning u yoki bu bosqichlarida xo’jalik mablag’lari joylashishining 
hamma vaqtida saqlanib qoladi. 
Mazkur printspga rioya qilishlikning to’g’riligi shuningdek xo’jalik mablag’lari balansda ham, joriy 
hisobda ham bir xil (yagona) bahoda ko’rsatilishni talab qilinadi. 
O’zbekiston Respublikasining soliq kodeksiga muvofiq, hamda daromadlar va xarajatlarni 
buxgalteriyada hisobga olishning yagona uslubiyatini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 – fevral 54 – sonli Qarori bilan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab 
chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida Nizom
*
 
tasdiqlanib 1999 yil 1 - yanvaridan kuchga kirdi. Ushbu 
*
Bundan buyoqqa xarajatlar tarkibi to’g’risidagi Nizom deb ataladi. 
Nizom va buxgalteriya hisobining tegishli milliy standartlari (BHMS) bilan belgilngan moddiy 
qiymatliklarni baholashning umumiy tamoyillari mavjud. 
Kapital quyilmalar quruvchi (buyurtmachi)ning balansida haqiqiy xarajatlari bo’yicha aks ettiriladi; 
asosiy vositalar va nomoddiy avtivlar ularni xarid qilish yoki qurib bitirish hamda etkazib kelish va 
o’rnatishning barcha xarajatlari qiymatida tashkil topgan dastlabki (boshlang’ich) qiymatda, asosiy 
vositalar va moddiy aktivlar ularning qoldiq qiymati aniqlanadigan alohida moddalar bo’yicha 
ko’rsatiladi; ishlab chiqarish zahiralari (xom ashyo, materiallar yoqilg’i va hokazo) materiallarni xarid 
qilish, tayyorlash va omborga olib kelish xarajatlarining barchasini o’z ichiga oladigan haqiqiy tannarx 
bo’yicha; tayyor mahsulot ishlab chiqarish jarayonida asosiy vositilar, xom ashyo, materiallar, yoqilg’i, 


47 
energiya, mehnat va boshqalardan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlaridan iborat bo’lgan 
haqiqiy ishlab chiqarish tannarxida; tugallangan ishlab chiqarish - haqiqiy tannarxida; debetorlar va 
kreditorlar bilan hisob - kitoblar korxona buxgalteriya yozuvidan kelib chiqadigan va ular tomonidan 
tan olingan summalarda hisobga olinadi. 
Xarajatlar tarkibi to’g’risidagi nizom moddiy ishlab chiqarish zahiralarini baholashda shuningdek 
ehtiyotkorlik usulidan foydalanishni ham nazarda tutadi. Bu tamoyil yuqorida hisobning asosiy 
qoidalaridan biri ekan haqida eslatib o’tilgan edi. Lekin moddiy - ishlab chiqarish zahiralariga nisbatan 
bu tamoyil xarajatlar tarkibi to’g’risidagi Nizomda ham ko’zda tutilgan. Bu Nizom yil mobaynida 
narxlari pasaygan moddiy - ishlab chiqarish zahiralari hisobot yili oxirida buxgalteriya balansida, agar 
ular tayyorlash (xarid qilish)ning dastlabki (boshlang’ich) qiymatidan past bo’lsa, sotish mumkin 
bo’lgan narxda aks ettiriladi va narxlardagi farqlar xo’jalik faoliyati natijalariga olib boriladi, deyilgan. 
Xalqaro amaliyotda qabul qilingan usul bo’yicha foydani hisoblash paytida inobatga olinadigan 
moddiy - ishlab chiqarish zahiralarining qoldiqlariga kelsak, unda ehtiyotkorlik tamoyili gavdalanadi. 
Umumishlab chiqarish xarajatlari hisobot davri oxiriga ishlovi tugatilmagan moddiy ishlab chiqarish 
zahiralariga to’g’ridan - to’g’ri munosabatga ega emas. Bunda shu ma’no kelib chiqadiki, agar bu 
umumishlab chiqarish xarajatlari davr oxiridagi tugallanmagan ishlab chiqarishning moddiy - ishlab 
chiqarish zahiralari qoldiqlari hisobiga olinib keyingi hisobot davriga o’tkazilsa, unda bu qoldiqlar 
baholanishi oshirilib, hisobot davrining oxiriga omborda qolgan moddiy ishlab chiqarish zahiralarining 
narxi pasaytirilgan bo’ladi. Shunday qilib, hisobot davrining foydasi oshirilib ko’rsatilsa, ehtiyotkorlik 
tamoyili buzilgan bo’ladi. 
Qaytariladigan chiqindilarning baholanishi quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 
1.
Boshlang’ich moddiy resurslarning pasaytirilgan narxlari bo’yicha, ya’ni foydlanish mumkin bo’lgan 
narxlarda - agar chiqindilar hozircha asosiy ishlab chiqarish uchun, 
lekin oshirilgan sarflarda (tayyor mahsulot chiqishining pasaygani xolda), yordamchi 
ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun keng iste’mol buyumlarini (madaniy - maishiy va 
xo’jalik ehtiyojlari uchun tovarlar) tayyorlashga ishlatiladigan bo’lsa; 
2.
Boshlang’ich moddiy resursning to’la narxi bo’yicha - agar hisobga olinadigan chiqindilar 
chetga to’la qiymatli resurs sifatida foydalanish uchun sotilsa. 
Hisobda reallilik va baholashdagi yagonalik tamoyilining qo’llanishi xo’jalikning
xususiyatlari bilan shartlangan. Buni xo’jalik hisobining ob’ektivligi, uning tuzilishining
tartibga solganligi va ilmiy xarakteri talab qiladi. 

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish