Aktiv
Summa
Passiv
Summa
1. Asosiy vositalar
2. Xom ashyo va materiallar
3. Hisob-kitob schyoti
2 170 00
340 000
9 182 500
1. Ustav kapitali (fondi)
2. Boshqa maqsadli tushumlar
3.Mol etkazib beruvchilar va
pudratchilarga
to‘lanadigan
schyotlar
4.Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha
hisob-kitoblar
2 300
000
8 942 500
100 000
350 000
Jami
11 692 500
Jami
11 692 500
45
Sintetik schyotlarning yakunlari asosida (ularning tarkibida ochilgan analitik schyotlarning
ma’lumotlari bilan tekshirilgach) navbatdagi hisobot sanasiga korxonalar balansi tuziladi.
SHuning uchun schyotlardagi qoldiqlar balansning tegishli moddalari bo‘yicha ko‘rsatiladi.
Nazorat uchun savollar.
1. Ishchi schetlar rejasi.
2. Sintetik va analitik schetlar, ularng bog‘liqligi.
3.Schetlar bo‘yicha oborot qaydnomalari.
4.Analitik schetlar bo‘yicha oborot qaydnomalari.
6-Mavzu “Baholash va kalkulyatsiya”
Reja:
6.1. Qiymat o’lchovining mohiyati va ahamiyati
6.2. Baholash uning tamoyllari va qo’llash tartibi
6.3. Kalkulyatsiya, uning maqsadi, vazifalari va turlari
Yuqorida aytib o’tilganidek, buxgalteriya hisobining usuli, boshqa unsurlardan
tashqari o’z ichiga baholash va kalkulyatsiyani ham oladi. Baholash va kalkulyatsiya xo’jalik
ko’rsatkichlarini pulda ifodalash uchun foydalaniladigan buxgalteriya hisobi ob’ektlarini pulda
o’lchash usulidir. Bu usuldan foydalanish tovar - pul munosabatlarining mavjudligi bilan
shartlangan. Bunday iqtisodiyotni
rivojlantirish vositasi, qurollari hisoblangan pul, narx, tannarx, foyda, savdo, kredit,
moliyalarni qo’llash katta ahamiyatga egadir.
Buxgalteriya hisobining ob’ektlari pulda o’lchash ijtimoiy ishlab chiqarishning rivojlanishi
haqida umumlashtirilgan ko’rsatkichlarni olish, korxonalarning mahsulot ishlab chiqarish
harajatlarini uni sotishdan olingan tushum bilan solishtirish, tijorat hisob - kitobi printsplariga rioya
qilishi ustidan nazorat etish imkonini beradi. Faqat qiymat o’lchovdan foydalangan holdagina
ijtimoiy ishlab chiqarishning samaradorligi – muayyan korxonada yangitdan yaratilgan qiymat
miqdori haqida umumiy ma’lumot olish mumkin.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning aktiv va majburiyatlarini baholash tartibi, usullari tegishli
buxgalteriya hisobining milliy andozalari (BHMC) bilan belgilanadi.
Aktivlar va majburiyatlarni baholashda ularni sotib olingan narxi yoki ishlab chiqarish
xarajatlari baholash uchun asos bo’lib hsoblanadi.
4 – BHMCga
asosan tovar - moddiy qiymatliklar tannarx bahosida yoki sof sotish
bahosida, shu baholarning qaysi biri kam bo’lsa, shu qiymatda baholanadi.
Sotib olingan tovar - moddiy qiymatliklarning tannarxi sotib olish xarajatlarini, transport –
tayyorlov xarajatlarini va saqlash joylariga olib kelish xarajatlarini o’z ichiga oladi.
Ishlab chiqarilgan mahsulot (bajarilgan ish va xizmat)lar tannarxi, to’g’ri ishlab chiqarish
xarajatlari (material, ishchilarning ish haqi, ijtimoiy sug’urtaga ajratma) va egri ishlab chiqarish
sarflaridan tashkil topadi.
Xizmat ko’rsatish sohasidagi korxonalarning bajargan ish va xizmatlarini tannarxi xizmat
ko’rsatish va ishlarni bajarish uchun bevosita sarflanadigan xodimlarning ish haqlari, xizmat
ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan ustama xarajatlardan, shuningdek bevosita xizmat ko’rsatish uchun
sarflanadigan material xarajatlardan tashkil topadi.
Basharti, tovar - moddiy qiymatliklar shikastlangan yoki narxi pastga tushgan bo’lsa, ularni
qiymatini tiklab bo’lmaydi. Bunday hollarda tovar - moddiy qiymatliklar sotish bahosida
baholanadi.Amalda, bunday tovar - moddiy qiymatliklar xo’jalikda ko’prok yig’ilib qolgan va
aylanishi sekinlashgan hollardagina moliyaviy hisobotda aktivlar sotilishidan kutilayotgan summani
ko’p ko’rsatmaslik uchun ularning qiymati pasaytiriladi.
46
To’liq yoki qisman eskirgan, narxi pastga tushgan material, xom ashyolardan tayyorlangan
mahsulot (bajarilgan ish va xizmat)lar bozor (joriy) baholarda sotiladigan bo’lsa, bunday tovar -
moddiy qiymatliklarning qiymati sof bozor bahosigacha pasaytirilmaydi. Shu bilan buxgalteriya
hisobini yuritishda muhimlilik va tomoyillari ta’minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |