Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti


Inventarizasiya haqida tushuncha va uning turlari



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/183
Sana14.04.2022
Hajmi2,77 Mb.
#550823
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   183
Bog'liq
buxgalteriya hisobi

8.4. Inventarizasiya haqida tushuncha va uning turlari.
Buxgalteriya hisobining oldiga qo’yiladigan muhim talablardan biri uning ko’rsatkichlarining 
realliga (to’g’riligi)ni ta’minlashdir. Bu talabga javob berganda buxgalteriya hisobining ma’lumotlarn 
haqikatga to’la -to’kis muvofiq bo’ladi. 
Hisob ma’lumotlari ba’zilarda haqiqatga to’g’ri kelavermaydi. Bu quyidagi sabablar bilan sodir 
bo’lishi mumkin: 
1.
Tabiiy sabablar - materiallarning og’irligi yoki sifati, havoning harorati yoki namligining 
o’zgarishi, kemiruvchi hashoratlar, mikroblar va boshqalar tomonidan buzilishi, ularni saklash, bir 
joydan ikkinchi joyga ko’chirish paytida zurish, parlanish, to’kilish va shu kabilar natijasida ko’rilgan 
yo’qotishlardan iborat; 
2.
Moddiy qiymatliklarni qabul kilish yoki berishdagi noaniqliklar kam o’lchash, xato hisoblash, kam 
tortish natijasida mablag’ning boshqa miqdori yoki sifati (hajm, nav)ni hayd etilishidir. Moddiy 
boyliklarning bir navini (sifatini) boshqasi bilan aralashish xillarni almashtirish (peresortisa) deb 
nomlanadi; 
3.
Hisobdaga xatolar - dastlabki hujjatlardaga xato yozuvlar, hisoblab chiqishdagi arifmetik xatolar, 
schyotlarda hujjat ma’lumotlarini noto’g’ri aks ettirish va shu kabilardan iborat; 
4.Suiste’molliklar - o’g’riliklar, kam tortish yoki kam o’lchash, pullar va boshqalarni berishdagi kam 
hisoblash hamda mablag’larni to’g’ridan - to’g’ri o’zlashtirib olishdan iborat. 
Haqiqiy qoldiqlarni inventarizasiya (inventarizasiya) qilish deb nomlanadigan maxsus ro’yxatga 
olish yo’li bilan aniqlanadi. 
Inventarizasiya (inventarizasiya) o’tkazish tartibi 19 - BHMS «Inventarizasiyani tashkil etish va 
o’tkazish» bilan belgilanadi. 
Inventarizasiya-bu xo’jalik aktivlari va majburiyatlarini haqiqatda mavjudligini hisob ma’lumotlari 
bilan taqqoslash jarayoniga aytiladi. Inventarizasiya buxgalteriya hisobi usulining elementlaridan 
biridir. 


59 
Shunday qilib, inventarizasiya qilish hujjatlashtirishning majburiy qo’shimchasidir. Faqat shu 
usullarning har ikkalasi - hujjatlashtirish va inventarizasiya qilishning yordamidagina barcha xo’jalik 
hodisalari to’la-to’kis aks ettirilishi ta’minlanadi. 
Mablag’larni to’la qamrab olishligiga qarab inventarizasiya qilish ikki turga, ya’ni to’la va qisman 
inventarizasiya qilishga bo’linadi. 
To’la inventarizasiya qilish beistisno barcha xo’jalik mablag’larini o’z ichiga oladi. U qoidaga 
ko’ra, yillik hisobotdan oldin, keyingi yilning 1 yanvaridagi holatda tuziladi. Lekin uning juda 
murakkabligi va ko’p mehnat talabligi tufayli mablag’larning ayrim turlarining inventarizasiyasini 
oldinroq o’tkazsa ham bo’laveradi. Masalan, asosiy vositalarni 1 noyabrdan, kapital sarflarni 1 
dekabrdan, tovarlar, tayer mahsulot, ishlab chnqarish zahiralarini 1 oktyabrdan oldin emas va hokazo. 
Qisman inventarizasiya qilish xo’jalik mablag’larining biror turini o’z ichiga oladi, masalan, faqat 
materiallarni yoki faqat mol yetkazib beruvchilar bilan hisob - kitoblarni. Ular to’la inventarizasiyadan 
tashqari, yil davomida bir necha marta hisob ma’lumotlarining aniqligini ta’minlash, o’g’riliklarga va 
talofatlarga qarshi kurashni kuchaytirish hamda moliyaviy intizomni kuchaytirish maqsadida 
o’tkazilishi kerak. 
19-BHMSga ko’ra, hisobot yilida o’tkaziladigan inventarizasiyalar soni, ularni o’tkazish sanasi, 
ularning har birida tekshiriladigan mulklar va majburiyatlar ro’yxati, inventarizasiya o’tkazish 
majburiy bo’lmagan boshqa hollarda, fermer xo’jaliklarining o’zi tomonidan belgilanadi. 
Inventarizasiya o’tkazish quyidagi hollarda majburiydir: fermer xo’jaliklari mulki ijaraga berilganda; 
sotilganda; moddiy javobgar shaxslar almashtirilganda (ishlarnn qabul qilish - topshirish kuniga); 
o’g’irliklar va suiste’molliklar hamda qimmatliklarning buzilishi holatlari aniqlanganda; yillik 
buxgalteriya hisobotini tuzishdan oldin.Imoratlar, inshootlar va boshqa harakatsiz vositalarning 
inventarizasiyasi har ikki - uch yilda bir marta, kutubxona obyektlariniki esa besh yilda bir marta 
o’tkazilishi mumkin. 
Asosiy vositalar, kapital qo’yilmalar, tayyor mahsulot va shu kabilarning inventarizasiyasi bir yilda 
kamida bir marta o’tkazilishi kerak (to’la inventarizasiya o’tkazilganda). Boshqa mablag’larning 
inventarizasiyasini tez - tez o’tkazib turish maqsadga muvofiqdir. Masalan, debitor va kreditorlar bilan 
hisob -kitobning inventarizasiyasi bir yilda kamida ikki marta, byudjetga to’lovlar bo’yicha hisob - 
kitobni har chorakda kamida bir marta, pul mablag’larini har oyda bir marta, banklar bilan hisob - 
kitobni xar oyning birinchi kuniga o’tkazish lozim. 
Inventarizasiya o’tkazish o’zining xarakteriga ko’ra rejali va to’satdan (rejadan tashqari) 
o’tkaziladigan inventarizasiyaga bo’linadi. 
Rejali inventarizasiya, uning maqsadga muvofiqligi va yaxshiroq o’tkazilishidan kelib chiqqan 
holda, oldindan belgilangan muddatlarda o’tkaziladi. To’satdan (rejadan tashqari)o’tkaziladigan 
inventarizasiya fermer xo’jaliklari rahbarining farmoyishi bilan bilan tabiiy ofatlar (o’t ketishi, suv 
toshqini)lardan keyin hamda moddiy javobgar shaxslar almashganida o’tkaziladi.

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish