Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti


Hujjatlarni turkumlanishi va xo’jalik operasiyalarini



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/183
Sana14.04.2022
Hajmi2,77 Mb.
#550823
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   183
Bog'liq
buxgalteriya hisobi

8.2.Hujjatlarni turkumlanishi va xo’jalik operasiyalarini
hujjatlashtirish. 
Fermer xo’jaliklarilarda sodir bo’ladigan operasiyalar o’zlarining mazmunlariga ko’ra har xil 
bo’ladi. Hujjatlar o’rtasidagi farqlar, shuningdek, ulardan hisob ishlarida foydalanishning xususiyatlari 
bilan ham shartlanadi. Shu munosabat bilan hujjatlarni buxgalteriya hisobida to’g’ri qo’llash uchun 
ularning barcha turlarini yaxshi bilib olish kerak bo’ladi. Buning uchun hujjatlarni ma’lum bir 
xususiyatiga qarab tasniflash zarur. 
Buxgalteriya hujjatlari quyidagi belgilarga qarab turkumlanadi: 
♦ qanday maqsadlarga tayinlanganligiga; 
♦ tuzish tartibi va operasiyalarni qamrab olishligiga. 
Hujjatlar qanday maqsadga tayinlanganligiga qarab farmoyish isbotlovchi (tasdiqlovchi) 
buxgalteriya rasmiylashtiruvchi va aralash (kombinasiyalashtirilgan) turlarga bo’linadi. 
Farmoyish deb, u yoki bu xo’jalik operasiyalarini bajarish to’g’risidagi buyruq (farmoyish)ga ega 
bo’lgan hujjatlarga aytiladi. Ularga buyruqlar, cheklar, ishonchnomalar va boshqalar kiradi. Ularning 
asosiy vazifasi rahbar xodimlarning topshirig’i bevosita bajaruvchilarga topshirishdan iborat.
Isbotlovchi (yoki bajaruvchi) hujjatlar deb amalga oshirilgan operasiyalarni rasmiylashtiruvchi 
hujjatlarga aytiladi. Ular operasiyalar sodir bo’lish daqiqasida tuziladi va ushbu operasiyalarni hisobda 
qayd qilishning birinchi bosqichini anglatadi. 
Isbotlovchi hujjatlarga misol bo’lib kirim orderlari hisoblanadi. 
Buxgateriya rasmiylashtiruvchi hujjatlari deb buxgalteriya xodimlari tomonidan hisob yozuvlarini 
tayyorlash hamda ularni yengillashtirish, qisqartirish va soddalashtirish uchun yaratilgan hujjatlarga 
aytiladi. Bularga taqsimlovchi, hisob - kitoblar (masalan, kalkulyasiya), turli-tuman buxgalteriya 
ma’lumotlari va shu kabilar kiradi. 
Buxgalteriya ma’lumotnomalari ma’lum summani bir schyotdan boshqa schyotga o’tkazish kerak 
bo’lganda, u yopishni rasmiylashtirish, hisob yozuvlarida yo’l qo’yilgan xatoni to’g’rilash hollarida va 


56 
hokazolarda tuziladi. Bunga bo’lgan ehtiyoj juda ko’p uchraydi. Shuning uchun unga o’xshash 
ma’lumotlarni tuzish buxgalteriya amaliyotida juda keng tarqalgan. 
Buxgalteriya rasmiylashtiruvchi hujjatlarining turlaridan biri, amalga oshirilgan operasiyalar 
bo’yicha schyotlar korrespondensiyasi mazkur operasiyani rasmiylashtirilgan asosiy hujjatning bosma 
ish qog’ozi (blanki)ning shu maqsad uchun maxsus ajratilgan joyida yoki boshqa usul bilan 
ko’rsatilishi hisoblanadi. 
Aralash (kombinasiyalashtirilgan) hujjatlar deb bir nechta hujjatlar turining, ya’ni farmoyish, 
isbotlovchi va buxgalteriya rasmiylashtiruv hujjatlarining belgilarini birga qo’shib olib boradigan 
hujjatlarga aytiladi. 
Aralash hujjatlarga misol sifatida bo’nak (avans) hisobotini keltirish mumkin. U hisobdor shaxs 
tomonidan olingan bo’nakdan qilingan xarajatlarni ko’rsatish uchun tuziladi. Bu xarajatlarning ro’yxati 
ularni tasdiqlovchi hujjatlar ko’rsatilgan holda hisobdor shaxs tomonidan bo’nak hisobotining orqa 
tomonida keltiriladi. Hisobotning yuz tomonida har xil ma’lumotlar - hisobdor shaxsning ismi, sharifi, 
unga berilgan summa va hokazo keltiriladi. Zarur bo’lgan hollarda shu betning o’zida buxgalteriya 
xodimi tomonidan alohida ajratilgan joyda xarajatlar qanday schyotlarda aks ettirilishi kerakligi ham 
ko’rsatiladi. 
Tuzilish navbatiga qarab hujjatlar dastlabki (birlamchi) va yig’ma hujjatlarga bo’linadi. 
Dastlabki hujjat deb sodir bo’lib o’tgan operasiyalarni dastlab aks ettiradigan hujjatlarga aytiladi. 
Ular mazkur operasiyalar haqiqatda bajarilganligining isboti bo’lib hisoblanadi. 
Dastlabki hujjatga misol sifatida materiallar uchun talabnomalarni keltirish mumkin. Ular 
materiallarni ombordan berilishida tuziladi va omborchi tomonidan unga materiallarni berish 
to’g’risidagi farmoyishning bajarilganligi haqida guvohlik beradi. Dastlabki hujjatlar tarkibiga, 
shuningdek, qabul qilish - topshirish dalolatnomalari, nakladnoylar, til-xat, kvitansiyalar va 
boshqalarni kiritish mumkin. 
Yig’ma hujjat deb dastlabki hujjatlar asosida tuziladigan hujjatlarga aytiladi. Ularda tegishli 
dastlabki hujjatlar asosida rasmiylashtirilgan operasiyalar aks ettiriladi. Yig’ma hujjatlarga yuqorida 
ko’rib chiqilgan bo’nak hisoboti, umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash vedomostlari, 
kalkulyasiyalar va boshqalar kiradi. 
Operasiyalarni qamrab olish usuliga qarab, hujjatlar bir martalik va ko’p martaliklarga bo’linadi. 
Bir martalik hujjatlar bitta yoki bir vaqtning o’zida bir nechta operasiyalarni aks ettiradi. Bu, tuzilib 
bo’lgandan keyinroq buxgalteriya topshirilishi va buxgalteriya yozuvlari uchun ishlatilishi mumkin. 
Bir martalik hujjatlariga kirim orderlari, qabul qilish - topshirish dalolatnomalari, to’lov 
talabnomalari, kassa orderlari va hokazolar kiritilishi mumkin. 
Ko’p martalik hujjatlar fermer xo’jaliklarida har xil vaqtlarda (bir hafta, dekadada, oyda) amalga 
oshirilayotgan bir turdagi operasiyalarni rasmiylashtirish uchun xizmat qiladi. Ular fermer 
xo’jaliklarida qisqa vaqt ichida ko’plab sodir bo’ladigan operasiyalar bo’yicha yozib boriladigan 
hujjatlar sonini qisqartirish maqsadida tuziladi.Bunga “Ish vaqtini hisobga olish tabeli”, “Yem-xashak 
sarflash qaydnomasi” hujjatlarikiradi. 
Xo’jalik operasiyalarini hujjatlashtirish ikki bosqichdan, yani aks ettiriladigan jarayonlar 
to’g’risidagi ma’lumotlarni idrok etish (hisoblab chiqish, o’lchash, chamalab ko’rmoq) va olingan 
ma’lumotlarni hujjatlarga yozib qo’yish (uning rekvizitlarini yozib qo’yish)dan iborat. Ma’lumotlarni 
idrok etish va ularni hujjatlarga yozib qo’yish dastlabki hisob deb ataladi.U quyidagi uch elementdan 
iborat: 
1.Buxgalteriya hujjatlari. 
2.Hisobdor shaxsning kirim-chiqim daftari. 
3. Hisobdor shaxsning hisoboti. 
Dastlabki hisob - buxgalteriya ishlarining ko’pchilik qismini hosil qiladi. Shuning uchun uni 
soddalashtirish katta ahamiyatga ega bo’lgan juda muhim muammodir. Dastlabki hisobning yuritishga 
sarflanadigan vaqtni qisqartirish, hisob va rejalashtirish bilan bog’liq bo’lgan barcha boshqa ishlarga 
qilinadigan sarflarni kamaytirish singari, buxgalteriya xodimlari sonini optimallashtirish va shu bilan 
davr xarajatlarini kamaytirishga olibkeladi. 


57 
Dastlabki hisobni avtomatlashtirish moliyaviy va boshqaruv hisobini tashkil qilishda bosh muammo 
bo’lib hisoblanadi. Bu muammoni yechish hujjatlarni yozib berish bilan shug’ullanadigan xodimlar 
sonini qisqartirish, buxgalteriya xodimlarini saqlash xarajatlarini kamaytirish va buxgalteriya 
xodimlarini mehnat unumdorligini oshirish imkonini beradi. Undan tashqari, hujjatlashtirish bilan 
shug’ullanadigan xodimlar o’zlariga xos bo’lmagan ishlardan ozod bo’ladilar. 

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish