Mashg’ulot shakli
|
Axborotli
Talabalar soni – 25 ta
|
Maruza rejasi
|
Derivatologiya.
Tarixiy va sinxron derivatsiya.
Mustaqil soz turkumlarida so’z yasalishi.
So’z yasalish strukturasi.
|
O’quv mashg’ulotining maqsadi. Talabalarning o`zbek tili so`z yasalish tizimi, uning turlari bilan bog`liq nazariy bilimlarnini aniqlash va baholash.
|
Pedagogik vazifalar:
|
o’quv faoliyati natijalari:
|
Derivatologiya haqida umumiy ma`lumot berish
|
Mavzu yuzasidan tushunchaga ega bo’ladilar va mohiyatini o’rganadilar tushuntirib beradilar.
|
Yangi so`z yasash usul va qoliplarini tushuntirish.
|
Mazkur turlar haqida gapirib beradilar.
|
So`z yasalishining eng mahsuldor usullari haqida ma`lumot berish.
|
Bu boradagi yangi nazariy fikrlarni tushuntirib beradilar, ularga munosabat bildiradilar.
|
O’qitish vositalari
|
kompyuter slaydlari, doska
|
O’qitish usullari texnikasi
|
aqliy xujum texnikasi, Zig-zag , xabarlashib o’rganish usuli, Insert texnikasi
|
O’qitish shakllari
|
frontal, kollektiv ish
|
O’qitish sharoiti
|
kompyuter, multimediya proyektor
|
Monitoring va baholash
|
Og’zaki savollar, blis-so’rov, test.
|
Ish bosqichlari
|
O’qituvchi faoliyatining mazmuni
|
Tinglovchi
faoliyatining mazmuni
|
1-bosqich
(20 min)
|
1.1.O’quv mashg’uloti mavzusi savollarni va o’quv faoliyati natijalarini aytadi.
1.2.Aqliy hujum usulida mavzu bo’yicha ma’lum bo’lgan tushunchalarni faollashtiradi. Bu usul natijasiga ko’ra tinglovchilarning nimalarda adashishlari, xato qilishlari mumkinligining tashxisini amalga oshiradi. (1-ilova)
|
Tinglaydilar.
Savollarga javob beradilar.
|
2-bosqich
Asosiy bo’lim
(50 min)
|
2.1. Talabalarning e’tiborini tortish uchun jonlantirish savollarini beradi.
2.2. Amaliy rejasining hamma savollarini tushuntiradi Pover Point da yaratilgan slaydlar yordamida.
2.3.Har bir savol nihoyasida umumlashtiruvchi xulosa beradi.
2.4.Tayanch iboralarga qaytiladi. Talabalar ishtirokida ular yana bir bor takrorlanadi.
|
Tinglaydilar va javob beradilar.
UMKga qaraydilar.
UMKga qaraydilar.
Har bir tayanch tushuncha va iboralarni muhokama qiladilar.
|
3-bosqich
Yakunlovchi
(10 min)
|
3.1.Mashg’ulot bo’yicha yakunlovchi xulosalar qiladi. Mavzu bo’yicha olingan bilimlarni qayerda ishlatish mumkinligi ma’lum qiladi.
3.2. Mavzu bo’yicha mustaqil o’rganish uchun topshiriq beradi
3.3. Mavzu bo’yicha talabalar bilimlarini tekshirish uchun mavzuga oid testlardan foydalanadi.
3.4. Mavzu bo’yicha bilimlarni chuqurlashtirish uchun adabiyotlar ro’yxatini beradi.
|
Savollar beradilar
UMKga qaraydilar.
Mustaqil o’rganish uchun topshiriqlarni yozib oladilar.
UMKga qaraydilar.
|