HOZIRGI O`ZBEK AGABIY TILI FANIDAN
oraliq nazorat va yakuniy nazorat uchun testlar
1. «Bolalar» so’zining grammatik ma’nosi qaysi qatorda berilgan?
a) kishining farzandi
b) voyaga yetmagan shaxs
c) turdosh ot, ko’plik son, bosh kelishik, ega vazifasida.
d) a va b javoblar
|
2. Xususiylik, aniq, tasodifiy, beqaror, individual belgilar xos bo’lgan ma’no qaysi qatorda berilgan ?
a) OGM
b) UGM
c) LGM
d) XGM
|
3. Leksemaning nutqda voqealangan ko’rininishi nima deb ataladi?
a) morfema
b) gap
c) so’z shakl
d) semama
|
4. Bir leksemaning ma’lum bir sistemaga kiruvchi grammatik shakli bir butun holda nima deyiladi?
a) paradigma
b) ziddiyat
c) grammatik shakl
d) so’zshakl
|
5. Sintetik so’z shakl qanday hosil qilinadi?
a) so’zlarni takrorlash bilan
b) so’zlarni juftlash bilan
c) affikslar yordamida
d) nomustaqil so’z bilan
|
6. Qaysi qatorda kelishik nol shaklda ifodalangan?
a) she’r o’qidi
b) kitobning varag’i
c) maktabga bormoq
d) qizil olma
|
7. Analitik so’z shakl qanday hosil qilinadi?
a) affikslar yordamida
b) nomustaqil so’z bilan
c) ohang yordamida
d) takror orqali
|
8. Sintetik shaklli so’z qaysi qatorda berilgan?
a) maktab tomon ketdi
b) qiziqarli kitob
c) baland-baland binolar
d) daraxtda qushlarni ko’rdim
9. Qaysi qatorda grammatik ma’no so’z tarkibi orqali hosil qilingan?
a) kitobni o’qimoq
b) qushlar sayradi
c) dalalar yam-yashil
d) to’g’ri javob yo’q
10. Grammatik shaklning moddiy tomoni nima deb ataladi?
a) sema
b) leksema
c) so’z shakl
d) grammema
11. –lar shakli affikslarning qaysi turiga mansub?
a) lug’aviy shakl hosil qiluvchi
b) sintaktik shakl hosil qiluvchi
c) lug’aviy sintaktik shakl hosil qiluvchi
b) to’g’ri javob yo’q
|
12. Qaysi shakl so’zning lug’aviy ma’nosiga ta’sir etmay, so’zlarni bir-biriga bog’lashga yoki sintaktik vazifa berishga xizmat qiladi?
a) lug’aviy shakl hosil qiluvchilar
b) sintaktik shakl hosil qiluvchilar
c) so’z yasovchilar
d) a va b javob
|
13. Nisbat kategoriyasi kategoriya shakllarining ma’noviy tarkibiga ko’ra qaysi guruhga mansub ?
a) sodda kategoriya
b) sintaktik kategoriya
c) murakkab kategoriya
d) a va b
|
14. Qaysi kategoriya shakllarida ma’no murakkab bo’lib, boshqa kategoriyaga mansub ma’nolar ham mujassamlashgan bo’ladi?
a) sodda kategoriya
b) murakkab kategoriya
c) a va b
d) morfologik kategoriya
|
15. So’zda "tejamkorlik» hodisasi qaysi qatorda berilgan?
a) romanning so’z boshisi
b) tiqilinch
c) op keling
d) yog’ingarchilik
|
16. Bir umumiy grammatik ma’no ostida birlashuvchi shu asosda bir-birini taqozo va bu umumiy manoning parchalanishi asosida inkor qiluvchi shakllar tizimi nima deb ataladi?
a) Grammatik shakl
b) Grammatik ma’no
c) Grammatik kategoriya
d) Paradigma
|
17. O’zgalovchi kategoriyaga qaysi shakllar mansub?
a) bosh, qaratqich, jo’nalish kelishigi
b) aniq, o’zlik, majhul nisbat
c) shaxs-son zamon
d) ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi?
|
18. So’z turkumiga emas, balki gap bo’laklariga so’zning sintaktik mavqeiga xos kategoriya qaysi?
a) leksik-morfologik kategoriya
b) murakkab kategoriya
c) aloqa-munosabat kategoriya
d) o’zgalovchi kategoriya
|
19. Nokategoriyal shakl qaysi qatorda berilgan?
a) egalik shakli
b) son shakli
c) sifatdagi daraja
d) kelishik shakli
|
20. EK qaysi kelishiklar bilan zich munosabatda bo’ladi?
a) tushum va bosh kelishik
b) bosh va qaratqich
c) tushum va qaratqich
d) barcha kelishiklar bilan
|
21. Qaysi qatorda egalik ma’nosi sintaktik usul bilan ifodalangan?
a) kitobim, o’qiganing
b) mening kitobim, sening o’qiganing
c) bizning uy, sizning ko’cha
d) b va c
|
22. Qanday shakllar Grammatik ma’no anglatadi, lekin o’zaro bir sistemaga birlashmaydi?
a) grammatik shakllar
b) nokategoriyal shakllar
c) kategoriyal shakllar
d) morfologik shakllar
|
23. Juft shakl sinonimik munosabatda bo’lgan so’zdan hosil qilingan qatorni toping?
a) oq-qora
b) orzu-istak
c) arpa-bug’doy
d) kun-tun
|
24. Qaysi kategoriyaning UGMsi – «sintaktik qurilmada oldingi so’zni keyingi so’zga bog’lash» hisoblanadi?
a) EK
b) KK
c) O’K
d) MK
|
25. Qaysi qatordagi juft shakl har ikki qismi mustaqil ma’noga ega so’zdan hosil qilingan?
a) ko’cha-kuy, tog’-tosh
b) opa-singil, asta-sekin
c) alg’ov-dalg’ov, adi-badi
d) apoq-chapoq, ko’cha-kuy
|
26. Qaysi kelishikdagi so’z faqat fe’l bilan bog’lanadi?
a) qaratqich kelishigi
b) bosh kelishik
c) jo’nalish kelishigi
d) tushum kelishigi
|
27. Qaysi qatordagi so’z «o’zak+so’z yasovchi affiks+lug’aviy shakl hosil qiluvchi+sintaktik shakl hosil qiluvchi» qolipida?
a) opalarim
b) tarqatildi
c) paxtakorlardan
d) nimalarnidir
|
28. Pleonazm nima?
a) bir so’zda ma’nolari bir xil yoki yaqin bo’lgan qo’shimchaning takrorlanishi
b) so’z yasovchi qo’shimchalar
c) ziddiyat
d) paradigma
|
29. Grammatik kategoriya va unga mansub grammatik shakl o’zaro qanday munosabatga kirishadi?
a) teng munosabatga
b) pog’onali, butun-bo’lak munosabatida
c) o’zaro munosabatga kirishmaydi
d) a va b
|
30. Har ikki qismi ham mustaqil ma’noga ega bo’lmagan so’zdan tashkil topgan juft shakl qaysi qatorda berilgan ?
a) opa - singil, alg`ov – dalg`ov
b) or – nomus, baxt – saodat
c) aka – uka, tun – kun
d) adi- badi, ikir - chikir
|
31.Qaysi kategoriyalar funksional – morfologik kategoriya hisoblanadi ?a) nisbat kategoriyasi, o`zgalovchi kategoriya
b) kelishik, egalik, kesimlik kategoriyasi
c) son va daraja kategoriyasi
d) harakat tarzi, bo`lishsizlik kategoriyasi
|
32. ChK qaysi kelishishik bilan o`rin almashinishi mumkin?
a) QK
c) JK
b) TK
d) O`PK
|
33. Qaysi kelishik semantikasiga yo`nalganlik, xoslik, tenglashtirish xos?
a) TK
c) JK
b) QK
d) O`PK
|
34. Qaysi kelishikdagi so`z gapning xohlagan bo`lagi bo`lib kela olshi mimkin?
a) BK
b) QK
c) TK
d) O`PK
|
35. Grammatik shakilning fahmiy his qilinadigan qismi qanday nomlanadi?
a) UGM
b) XGM
c) OGM
d) GM
|
36. Analitik shakldagi gramatik ma`no qaysi qatorda ifodalangan?
a) daraxtlar yam – yashil
b) men kitob o`qidim
c) bog`da Salimani ko`rdim
d) kitobni ukam uchun oldim
|
37. «Kitob» so`zining gramatik ma`nosi qaysi qatorda berilgan?
a) turdosh ot, birlik son, bosh kelishik, ega vazifasida
b) o`quv quroli
c) ega vazifasida
d) b va c
|
38. Lug`viy - sintaktik shakl hosil qiluvchi grammatik ko`rsatkich qaysi qatorda berilgan?
a) nisbat kategoriyasi
b) o`zgalovchi kategoriya
c) kelishik kategriyasi
d) harakat tarzi kategoriyasi
|
39. Sintetik shakil orqali hosil qilingan grammatik shakl qaysi qatordaberilgan?
a) maktabda Karimni ko`rdim
b) chiroyli yozmoq
c) baland – baland binolar
d) qadimiy shahar
|
40. Plenonazm hodisasi qaysi qatordagi so`zda mavjud?
a) tiqilinch
c) buyam
b) op keling
d) binolar
|
41. Qaysi qatorda egalik ma`nosi morfologik usul bilan ifodalangan?
a) mening daftarim
c) kitobim
b) bizning uy
d) uylarning barchasi
|
42. Qaysi kelishikni olgan so`z EK ni olgan so`z bilan birga qo`llanadi?
a) TK
b) QK
c) BK
d) JK
|
43. Ikki grammatik ko`rsatkichli so`z qaysi qatorda berilgan?
a) sarguzasht
b) kitoblarni
c) qiziqarli
d) olmadan
|
44. Nomustaqil ma`noli so`z yordamida so`z shakl hosil qilish qaysi qatorda berilgan?
a) kelajak sari
b) maktabga bormoq
c) qizil gul
d) yashil daraxt
|
45. tilda «tejamkorlik» hodisasi kuzatiladi. Bu hodisa qaysi qatordagi so`zda ifodalangan?
a) shoshilinch
b) olib ber
c) buyam
d) namgarchilik
|
46. Plenonazmning ziddiyati bu…
a) tejam
b) paradigm
c) sema
d) grammema
|
`
47. «Kategoriya» atamasi tilshunoslikka qaysi fandan kirgan?
a) mantiq
b) etika
c) falsafa
d) huquq
|
48. Kategoriya shakillarining ma`noviy tarkibiga ko`ra qanday guruhgabo`linadi?
a) sodda va murakkab kategoriya
b) morfologik va sintaktik kategoriya
c) leksik – morfologik kategoriya
d) funksional – morfologik kategoriya
|
49. Juft shakil qaysi qatorda antonimik munosabatda bo`lgan so`zdan tashkil topgan?
a) olma – o`rik
b) opa – singil
c) oq – qora
d) kuch – quvvat
|
50. Kesimlik kategoriyasida nechta ma`noviy xususiyat mavjud?
a) to`rtta
b) uchta
c) beshta
d) oltita
|
50. Fe’llar leksik-grammatik xususiyatiga ko’ra necha xil guruhga ega?a)3 xil
b)2 xil
v)4 xil
d)6 xil
|
51. Mustaqil fe’l qanday xususiyatlarga ega?
a) lug’aviy ma’no asosidagi harakatni ifodalaydi
b) biror so’zni boshqarib yoki biror so’z tomonidan boshqarilib keladi
v) gapda biror bo’lak vazifasida keladi
d) barcha javob to’g’ri
|
52.Harakatlar real yoki irreal bo’lishiga ko’ra qanday farqlanadi?
a) bo’lishli va bo’lishsiz fe’llar
b) o’timli va o’timsiz fe’llar
v) mustaqil va nomustaqil fe’llar
d) aniq va noaniq fe’llar
|
53. Yordamchi fe’lga xos bo’lgan xususiyatni ko’rsating?
a) yangi lug’aviy birlik hosil qiladi
b) so’z yasamaydi
v) fe’l bo’lmagan so’zlarning maylini ko’rsatadi
d) barcha javob to’g’ri
|
54.Pildiramoq, g’o’ldiramoq, esankiramoq fe’llarining to’g’ri tartib bilan ifodalangan qatorni ko’rsating?
a) harakat,hkolat,nkutq
b) holat,harakat,nutq
v) harakat,holat,nutq
d) nutq,harakat,holat
|
55.Maftun bo’lmoq fe’li qanday fe’llar sirasiga kiradi?
a) munosabat fe’llari
b) tafakkur fe’llari
v) holat fe’llari
d) natijali faoliyat fe’llari
|
56.Qaysi usul bilan fe’l bo’lmagan so’zlardan fe’l yasaladi?
a) affiksatsiya
b) kompozitsiya
v) ikkala javob to’g’ri
d) fonetik usul
|
57.Kompozitsiya usuli orqali qanday fe’llar yasaladi?
a) qo’shma va juft fe’llari
b) qo’shma va takror fe’llar
v) juft va harakat tarzi
d) sodda fe’l
|
58.Fe’lning tasniflovchi kategoriyasini ko’rsating?
a) nisbat
b) o’zgalovchi
v) harakat tarsi
d) hamma javob to’g’ri
|
59.Harakatning sub`ektga munosabatini ifodalaydigan kategoriya
a) o’zgalovchi kategoriya
b) harakat tarsi
v) nisbat kategoriyasi
d) to’g’ri javob yo’q
|
|
60. fe’l+fe’l tipidagi qo’shma fe’l keltirilgan qatorni belgilang.
a) o’qib chiqmoq,yugurib bormoq
b) sotib olmoq,olib kelmoq,tasdiq olmoq
v) kela boshlamoq,qizarib ketmoq,o’qib chiqmoq
d) to’g’ri javob yo’q
|
61.Ko’p ma’nolilik ravishdoshning qaysi affiksi yordamida yasaluvchi turigabirikadi?
a) -(a)y
b) -(i)b
v) -gach, qach, kach
d) -gali, qali, kali, g’ali
|
62.Qizarib turgan ko’makchi fe’li qanday holatlarda anglashiladi?
a) harakatning takroriyligini
b) harakatning vaqtinchaligini
v) harakatning ma’lum vaqt ichida davomiyligini
d) sub`ektning yetakchi fe’ldan anglashil;gan holatini
|
63.Fe’lning qaysi formalari harakat ma’nosiga ega emas?
a) ko’makchi fe’l
b) to’liqsiz fe’l
v) holat fe’li
d) hamma javob to’g’ri
|
64.Qanday hollarda to’liqsiz fe’llari gap tarkibida qisqaradi?
a) to’liqsiz fe’l ot va sifatga qo’shilganda
b) ma’lum bir fonetik sharoitlarda
v) gapda ikki to’liqsiz fe’lning qo’llanilishi sababli
d) hamma javob to’g’ri
|
65.Qaysi to’liqsiz fe’llar otlar va fe’llarning barcha formalari bilan qo’llana oladi?
a) emish,edi
b) emish,ekan
v) edi,ekan
d) barchasi to’g’ri
|
|
66.Qaysi nisbat shaklining yasalishida birdan ortiq nisbat ko’rsatkichiqo’yilishi mumkin?
a) o’zlik
b) birgalik
v) orttirma
d) majhul
|
|
67.Quyidagi qaysi so’zda orttirma nisbat shaklini ajratib ko’rsatish mumkin?
a) solishtirmoq,tutqizmoq
b) surishtirmoq,yaratmoq
v) uzatmoq,bilinmoq
d) ko’kartirmoq,qirqtirmoq
|
68.O’zaro galma-gal bajarilgan harakatni bildirgan so’zlarni toping.
a) urishdi,quvishdi
b) ekishdi,yoqishdi
v) qarashdi,yotishti
d) barcha javob to’g’ri
|
69.Qaysi qo’shimcha faqat ko’r fe’lidan orttirma nisbat shaklini yasaydi?
a) -tir,-dir
b) -iz
v) -sat
d) -dir
|
70.Qaysi nisbat shaklida harakat o’zi va ob`ektiga ko’proq e’tibor beriladi?a) o’zlik
b) majhul
v) birgalik
d) orttirma
|
71.-gin, (i)ng, -(i)nglar, -lar, -sin kabi affikslar qaysi maylga tegishli?a) maqsad mayli
b) ijro mayli
v) shart mayli
d) buyruq-istak mayli
|
72.Shartli mayliga xos bo’lgan xususiyatni ko’rsating.
a) harakat hamma vaqt bajarilmagan bo’ladi
b) voqea-hodisaning bajarilishi shart bo’ladi
v) harakatning to’la-to’kis emasligi
d) to’g’ri javob yo’q
|
73.Fe’lning zamon shakllari tuzilish jihatidan necha turga bo’linadi?a) 2 turga
b) 3 turga
v) 4 turga
d) to’g’ri javob yo’q
|
74.O’tgan zamon hikoya shakli affikslarini belgilang.
a) -di
b) -r (-ar)
v) -b,ib
d) -a,y
|
75. -ajak(yajak),-moqchi affiksi kelasi zamonning qaysi guruhiga mansub shakli yasaydi?
a) aniq kelasi zamon shakli
b) kelasi zamon maqsad shakli
v) kelasi zamon gumon shakli
d) kelasi zamon lozim shakli.
|
76. Asosan predmetning qisman harakatning belgisini bildirib, gapda asosan sifatlovchi aniqlovchi, ba`zan kesim, ayrim hollarda hol vazifasini kelish ushbu UBM qaysi so`z turkumiga xos?
a) Ot
b) Sifat
s) Son
d) Olmosh.
|
77. Belgining xususiyatiga ko`ra sifatlar qanday turlarga bo`linadi.
A) Asliy va nisbiy sifatlar
B) Tup va yasama sifatlar
S) Sodda va murakkab sifatlar
D) Juft va takror sifatlar.
|
78. Sifatning qaysi turida darajaga shakllari mavjud?
A) nisbiy sifatlarni
B) yasama sifatlarni
S) asliy sifatlarni
D) To`g`ri javob yo`q.
|
79. Sifatning nechta LMGlari bor
A) beshta
B) ettita
S) sakkizta
D) to`qqizta.
|
80. Narsa, mavjudotning holat yoki vaziyatini turg`un belgi sifatini ifodalovchi sifat qaysi
A) payt bildiruvchi sifat
B) holat bildiruvchi sifat
S) xususiyat bildiruvchi sifat
D) O`lchov bildiruvchi sifat.
|
81. Asosdan anglashilgan narsa predmetga egalik belgisini bildiruvchi sifatga misol keltiring
A) rasmli, do`ppili
B) aqlli, kuchli
S) mahsuldor, nasldor
D) sersoqol, sersuv.
|
82. Kompozitsiya usuli bilan qanday sifatlar hosil bo`ladi
A) Takror sifat
B) Qo`shma sifat
S) Qo`shma va juft
D) To`g`ri javob yo`q.
|
83. Har ikki qismi mustaqil holda ishlatiladigan juft sifatlarni belgilang.
A) mast-alast, yamoq-yasoq, esli-hushli,
B) pishiq-puxta, telba- teskari,
C) Sog’-salomat, qari-quri
D) uvali-juvali, harom-harish,
|
84. Leksik usul bilan hosil qilingan ozaytirma darajadagi sifatni toping.
A) sal durust, bir oz yaxshi
B) kattaroq, ozroq
C) xiyol ochiq, chiroyliroq
D) sal durust, juda chiroyli.
|
85. –ish, imtir qo`shimchalari sifatlarning qanday ma`nosini bildiradi.
A) Kuchsiz daraja ma`nosini
B) ortirma daraja ma`nosini
S) oq-qora bo`lmagan ularga o`xshash bo`lgan rang turlar ma`nosi
D) oddiy daraja ma’nosini.
|
86. Ozaytirma darajadagi sifatni belgilang
A) Qop-qora
B) Tim qora
S) Eski
D) Oqish.
|
87. Otlashgan sifatni belgilang
A) Yaxshilar omon bo`lsin
B) Qizil kitob nashr etildi
S) Katta bino qurildi
D) B javob to`g’ri.
|
88. Sifat uchun xos bo’lmagan kategoriyani toping
A) Daraja
B) Ko’plik
S) Shaxs son
D) To’g’ri javob yo`q.
|
89. Son uchun xos bo`lmagan kategoriyani belgilang
A) Predmetning taxsimini ko`rsatuvchi kategoriya
B) Predmetlarning taxminini ko`rsatuvchi kategoriya
S) Predmetlarning to`dasini ifodalovchi kaiegoriya
D. Shaxs son kategoriyasi.
|
90. Songa xos sintaktik xususiyatni belgilang.
A) Otlarning aniqlovchisi bo`lishi
B) Taqlid so`z vazifasida kelish
S) Modal so`zga bog`lanish
D) Sonlarning yasalishi.
|
91. Quyidagi gaplarning qaysi biridan ohang orqali ma’no farqlash mumkin ?
a) Muxlisa dugonam keldi.
b) Oppoq qorlar yog’di.
s) Bog’da gullar ochildi.
d) To'g'ri javob yo’q.
|
92. Quyidagilardan qaysilari zamon ma’nosini ifodalaydi ?
a) Berilganlarning barchasi.
b) –gach
s) –guncha
d) -ib, -b
|
92. Bosh kelishikdagi so’zshakl gap tarkibida aniqlovchi bo'lib kelgan qatorni toping ?
a) Bilim-baxt kaliti.
b) Ship etdi, shifirg'on ketdi.
s) Ko’rpangga qarab oyoq uzat.
d) Derazamning oldida bir tup o’rik oppoq bo’lib gulladi.
|
93. To'liq o’timsiz fe’llar berilgan qatorni aniqlang ?
a) ket, buril, uxla, yuvin
b) sevin, buril, yig’la, o'qi
s) boshqar, sevin, qayt, ayt
d) uxla, yuvin, ol, o’qi
|
94. Qismlari yakka holda ishlatiladigan juft fe’llarni toping?
a) qo`llab-quvvatlamoq
b) aldab-suldab
s) yamab-yasqab
d) yig’lab-siqtab
|
95. Holat fe'llari berilgan qatorni toping?
a) xafa bo'lmoq, dovdiramoq
b) guldiramoq, vaysamoq
c) shodlanmoq, vag'illamoq
d) esankiramoq, bobillab bermoq
|
96. Nomustaqil fe'llar berilgan qatorni toping?
a) qaror qildi, o'qib chiqdi
b) yuvinmoq, sevinmoq
c) burilmoq, ishlayotgan edi
d) gapirmoq, aytmoq
|
97. Harakat fe’llari qaysi qatorda to'g'ri berilgan?
a) lapanglamoq, toptmoq, uqalamoq
b) yodlash, vaysamoq, tepmoq
s) bir qarorga kelmoq, yozmoq, rahmi kelmoq
d) chizmoq, tirnamoq, chertmoq
|
98. Harakat fe’llarining faqat qo’l bilan bogliq qatorini ko'rsating.
a) mushtlamoq, uqalamoq, tirnamoq
b) dovdiramoq, chapak chalmoq, urmoq
s) tepkilamoq, chimchilamoq, esankiramoq
d) lapanglamoq, uqalamoq, qitiqlamoq
|
99. Oraliq so'zlar qaysi qatorda berilgan?
a) undov va modal so'zlar
b) taqlid va ravishlar
s) ko'makchilar va bog`lovchilar
d) yuklamalar va undov so'zlar
|
100. “Sonlashuvchi, cheklanmagan gap bolagi bo’lib kela oladi, morfologik va ma'noviy belgilari mavjud". Ushbu xususiyatlar qaysi so'z turkumiga xos?
a) ot
b) son
s) fe'l
d) sifat
|
101. So'zlarning morfologik tasnifini ko’rsating.
a) o'zgaruvchi leksemalar va o'zgarmas leksemalar
b) lug'aviy ma'nosiz so'zlar va lug'aviy ma'noli so'zlar
s) mustaqil lug'aviy ma'noli so'zlar va nomustaqil lug'aviy ma’noli so'zlar
d) gap bo`lagi bo`lishga xoslangan leksemalar va gap bo`lagi bo`lishga xoslanmagan leksemalar
|
`
102. Ifodalaydigan grammatik ma'noning xarakteriga va o'z mohiyatlariga ko'ra qo'shimchalar nechaga bo`linadi va qaysilar?
a) 3 bo’linadi, so'z yasovchi, shakl yasovchi va so'z o'zgartiruvchi
b) 2 bo’linadi, so'z yasovchi va shakl yasovchi
s) 2 bo’linadi, so'z yasovchi va so'z o'zgartiruvchi
d) 3 bo’linadi, kelishik, egalik va shaxs son qo'shimchalar
|
103. Tafakkur fe’llari qaysi qatorda berilgan?
a) fikrlamoq, o'yga botmoq, o'ylamoq
b) yozmoq, yugurmoq, xayol surmoq
s) rahmi kelmoq, qorasi o'chsin, o'ylamoq
d) fikrlamoq, yodlamoq, chopmoq, yozmoq
|
104. Morfemalar funksional-semantik xususiyatiga ko`ra necha guruhga bolinadi ?
a) 3 guruhga
b) 2 guruhga
s) 4 guruhga
|
105. Grammatik morfemalar asosiy xususiyatlariga ko'ra nechaga bo’linadi va ular qaysilar ?
a) 2 guruhga: lug’aviy shakl hosil qiluvchi morfemalar, sintaktik shakl hosil qiluvchi morfemalar
b) 3 guruhga: lug'aviy shakl hosil qiluvchi, Iug'aviy- sintaktik shakl hosil qiluvchi, sintaktik shakl hosil qiluvchi
s) yuqoridagi javoblar noto'g'ri
d) To’g’ri javob yo’q.
|
106. Lug'aviy-sintaktik shakl hosil qiluvchi morfemalar berilgan qatorni toping ?
a) -gan,-gach
b) -iq, -uq
s) -chi, -lar
d) -k,-sh
|
107. Turkiy tillarda so'zlar o’zakning necha bo'ginli ekanligi bilan xarakterlanadi ?
a) I boginli
b) 3 bo’g'inli
s) 2 bo'g’inli
d) 4 bo’g'inli
|
108. Hozirgi o'zbek adabiy tilida [SVS] tipidagi o'zak boshida qaysi undoshdan boshqa barcha undoshlar keladi?
a) ng undoshi
b) m undoshi
s) c undoshi
d) sh undoshi
|
109. Reduplikatsiya jarayonidagi o’zgarishlarni toping ?
a) tugun-mugun
b) yapaloq
s) qizilroq
d) eng katta
|
110. Umumiylikka xos xususiyat qaysi qatorda berilgan ?
a) chegaralangan
b) kuzatishda berilgan
s) takrorlanmas
d) chegaralanmagan
|
111. Til birliklari o’rtasida necha xil munosabat mavjud va qaysilar ?
a) 3 xil: sintagmatik, paradigmatik, iyerarxik
b) I xil: paradigmatik
s) 2 xil: sintagmatik, iyerarxik
d) To'gri javob berilmagan.
|
112. Harakatning obyektga ko'ra turi necha xil va ular qaysilar?
a) o`timli, o`timsiz
b) bo'lishli, bo`lishsiz
s) barcha javoblar to`gri
d) barcha javoblar noto'g'ri
|
113. Holat fe'ilari qaysi qatorda berilgan ?
a) esankiramoq, shodlanmoq
b) yurmoq, so'zlamoq
s) bormoq, yaxshi ko`rmoq
d)eslash, unutish
|
114. Qaysi qatorda o’zgaruvchan leksemalar berilgan?
a) fe’l, ot, sifat, son
b) ko’makchi, bog’lovchi , sifat
c) son, yuklama, ravish, undov
d) fe’l, ot, sifat, so’z-gap
|
115. O’zgaruvchan leksemalar grammatik shakllarni qabul qiladimi?
a) Qabul qiladi
b) Bunday xususiyatga ega emas.
c) Ayrim holatlarda qabul qiladi
d) To’g’ri javob yo’q.
|
116. “Biz kelajakka ishonch bilan qaraymiz” gapida ko’makchi orqali qanday grammatik ma’no ifodalangan?
a) holat grammatik ma’nosi
b) vosita grammatik ma’nosi
c) atalganlik grammatik ma’nosi
d) Grammatik ma’no ifodalanmagan
|
117. Qanday fe’llar bevosita lug’aviy ifodali harakat ma’nosiga ega emas?
a) nomustaqil fe’llar
b) o’timli fe’llar
c) o’timsiz fe’llar
d) mustaqil fe’llar
|
118. Qaysi qatorda nomustaqil fe’llar guruhi to’g’ri berilgan?
a) yordamchi fe’llar, ko’makchi fe’llar
b) holat fe’llari, nutq fe’llari
c)o’timli va o’timsiz fe’llar
d) To’g’ri javob yo’q.
|
119. Uning avzoini ko’rib Siddiqjonnig yuragi shuv etib ketti. Ushbu gapda “Siddiqjonning yuragi” birikmasida grammatik kategoriyalarning qaysi turi ishtirok etgan?
a) kelishik kategoriyasi
b) kesimlik kategoriyasi
c) munosabat kategoriyasi
d) o’zgalovchi kategoriya
|
120. Insonnig fikrlash qobiliyati bilan bog’liq fe’llar?
a) tafakkur fe’llari
b) holat fe’llari
c) natijali faoliyat fe’llari
d) nutq fe’llari
|
Do'stlaringiz bilan baham: |