KURS ISHLARINI BAJARISH UCHUN TAVSIYA ETILADIGAN MAVZULAR
1-mavzu. O’zbek tili – o’zbek xalqining yagona milliy tili va o’zbek madaniyatining formasi sifatida.
O’zbek tili – o’zbek xalqining yagona aloqa qilish va fikr almashinuv quroli.
O’zbek tilining o’zbek xalqi tarixi bilan bog’liq holda rivojlanishi.
O’zbek milliy adabiy tilining tashkil topishi.
O’zbek tilining genealogik va morfologik tasniflar bo’yicha tavsifi.
2-mavzu. O’zbek adabiy tili haqida
O’zbek adabiy tilining tashkil topishi haqida umumiy tushuncha.
Hozirgi o’zbek adabiy tili – umumxalq o’zbek tilining qayta ishlangan, me’yorlashgan formasidir.
O’zbek adabiy tilining yozma va jonli so’zlashuv shakllari.
3-mavzu. O’zbek adabiy tilining funksional uslublari haqida
1. Adabiy tilning funksional uslublari haqida umumiy tushuncha.
2. Funksional uslublarni tasniflashga doir turli xil qarashlar.
3. O’zbek adabiy tilining funksional uslubiy rang-barangligi: a) o’zbek tilining og’zaki so’zlashuv uslubi; b) o’zbek tilining rasmiy yozishma va hujjatlar uslubi; v) o’zbek tilining ilmiy uslubi va uning ko’rinishlari (ilmiy va ilmiy-ommabop uslub kabi); g) o’zbek tilining publisistik uslubi va matbuot tili masalalari; d) o’zbek tilining badiiy nutq uslubi va uning ko’rinishlari.
4-mavzu. O’zbek adabiy tilining me’yor (norma)lari haqida
Adabiy til me’yorlari haqida umumiy tushuncha.
O’zbek adabiy tilining leksik me’yorlari.
O’zbek adabiy tilining grammatik (morfologik, sintaktik) me’yorlari
O’zbek adabiy tilining talaffuz (orfoepik) me’yorlari.
O’zbek adabiy tilining uslubiy me’yorlari.
5-mavzu. O’zbek adabiy tilining dialektal asoslari va
ijtimoiy jargonlar haqida
O’zbek adabiy tilining dialektal asoslari haqida umumiy tushuncha.
O’zbek adabiy tilining boyishida dialektlarning ahamiyati.
Hududiy dialektlar va ijtimoiy jargonlar hamda ular o’rtasidagi asosiy farqlar.
O’zbek adabiy tilining taraqqiyoti hamda mahalliy dialektlar va ijtimoiy jargonlarning kelgusi taqdiri haqida.
6-mavzu. O’zbek tili fonetikasining predmeti, vazifasi va uning turlari.
Tilshunoslikning fonetika sohasi haqida umumiy ma’lumot.
O’zbek tili fonetikasining predmeti va vazifalari.
Fonetika sohasining turlari: a) umumiy fonetika; b) tarixiy fonetika; v) qiyosiy fonetika; g) chog’ishtirma fonetika; d) tasviriy fonetika; ye) eksperimental fonetika va hokazo.
7-mavzu. Nutq tovushlarining akustik tavsifi.
Akustika haqida umumiy ma’lumot.
Nutq tovushlarining akustik tavsifi: a) tovushning kuchi; b) tovushning balandligi yoki ohangi; v) tovush tembri; g) tovushning uzun–qisqaligi; d) rezonans va rezonator haqida.
Nutq tovushi akustik xususiyatlarining tovushlarni fiziologik va lingvistik jihatdan o’rganishdagi roli.
8-mavzu. Nutq apparati va nutq organlari.
Nutq apparati haqida umumiy tushuncha.
Nutq organlari va ularning bo’linishi.
Faol nutq organlarining tavsifiy belgilari.
Nofaol nutq organlarining tavsifiy belgilari.
O’zbek tili fonetikasining akustika, fiziologiya va tibbiyot fanlari bilan o’zaro munosabati haqida.
9-mavzu. Nutq tovushi, fonema va harflar o’rtasidagi munosabat
Nutq tovushlarining fizik, fiziologik, akustik, psixologik va lingvistik hodisalarni bir vaqtning o’zida aks ettiruvchi murakkab hodisa ekanligi.
Nutq tovushining asosiy lingvistik mohiyati.
Nutq tovushi, fonema va harflarning bir-biridan farqlari.
Fonema va uning variantlari.
10-mavzu. Unli tovushlar va ularning tasnifi
Unli tovushlar (vokalizmlar) haqida umumiy tushuncha.
Unli tovushlarning tasnifi: a) tilning gorizontal holatiga ko’ra; b) tilning vertikal holatiga ko’ra; v) lablarning ishtirokiga ko’ra.
Boshqa tillardan so’z o’zlashtirish munosabati bilan o’zbek adabiy tili unlilar sistemasida paydo bo’lgan o’zgarishlar.
O’zbek tilida diftonglarning o’ziga xos ko’rinishlari.
11-mavzu. O’zbek tilida undosh tovushlar va ularning tasnifi
O’zbek tilidagi undosh tovushlar(konsonantizmlar) haqida umumiy tushuncha.
O’zbek tilidagi undosh tovushlar tasnifi.
O’zbek adabiy tilidagi ayrim undoshlarning tavsifiy belgilari.
Boshqa tillardan so’z o’zlashtirish munosabati bilan o’zbek adabiy tilining undoshlar sistemasida paydo bo’lgan o’zgarishlar.
12-mavzu. O’zbek tilida tovush o’zgarish hodisasi (fonetik jarayonlar).
Tovush o’zgarish hodisasi (fonetik jarayonlar) va uning sabablari.
Kombinator va pozision fonetik o’zgarishlar.
O’zbek tilida: a) assimilyasiya (to’liq va to’liqsiz, progressiv va regressiv assimilyasiya) hodisasi; b) dissimilyasiya (to’liq va to’liqsiz, progressiv va regressiv dissimilyasiya) hodisasi; v) proteza hodisasi; g) eliziya hodisasi; d) reduksiya hodisasi; ye) metateza hodisasi; yo) epenteza hodisasi; j) sinkopa hodisasi; z) apokopa hodisasi va boshqa fonetik hodisalar.
13-mavzu. O’zbek tilida bo’g’in va uning turlari
O’zbek tilidagi bo’g’in haqida umumiy ma’lumot.
Bo’g’inning turlari: a) ochiq bo’g’in; b) yopiq bo’g’in.
O’zbek tilida bo’g’inlarning asosiy tiplari
O’zbek tili lug’at boyligidagi o’zlashgan qatlam so’zlarining bo’g’in tuzilishi jihatidan belgilari.
14-mavzu. O’zbek tilida urg’u
Urg’u haqida umumiy ma’lumot.
Urg’u va uning turlari: a) leksik(so’z) urg’u(si); b) logik(gap) urg’u(si).
Bosh va ikkinchi darajali urg’u.
O’zbek tilida leksik urg’uning xarakteri. So’z o’zlashtirish va urg’u bilan bog’liq masalalar.
15-mavzu. Hozirgi o’zbek grafikasi
Grafika haqida umumiy ma’lumot.
Hozirgi o’zbek grafikasi va alfaviti.
Tovush ko’rsatuvchi shakllar(harflar) va tovush ko’rsatmaydigan shakllar(belgilar). Hozirgi o’zbek grafikasida tovush va harf munosabati (tovushga maxsus harf olmaslik, bir harf orqali bir necha tovushni ko’rsatish kabi holatlar).
16-mavzu. O’zbek grafikasi tarixidan qisqacha ma’lumot.
Grafika haqida umumiy tushuncha.
Arab grafikasining o’zbek yozuvidv tutgan o’rni.
Lotinlashtirilgan o’zbek alfaviti haqida.
Rus grafikasi asosida o’zbek yozuviga o’tish va buning ahamiyati.
Hozirgi o’zbek grafikasini takomillashtirish masalasiga doir.
17-mavzu. Hozirgi o’zbek orfografiyasi. Orfografiya haqida umumiy ma’lumot.
O’zbek orfografiyasi tarixidan qisqacha ma’lumot.
Hozirgi o’zbek orfografiyasi va uning asosiy tamoyillari: a) fonetik tamoyil; b) morfologik tamoyil;
v) tarixiy – an’anaviy tamoyil.
Hozirgi o’zbek orfografiyasining yetakchi tamoyili – morfologik tamoyildir. Boshqa tamoyillarning hozirgi o’zbek orfografiyasida tutgan o’rni.
18-mavzu. Hozirgi o’zbek orfoepiyasi haqida.
O’zbek adabiy talaffuzining tarixiy asoslari. Eski talaffuz normalarning o’zgarishi va yangilarining vujudga kelishi.
Hozirgi o’zbek adabiy talaffuzi haqida tushuncha.
Grafika va orfografiyaning adabiy talaffuzga ta’siri. Boshqa tillardan so’zlar o’zlashtirish va adabiy talaffuzda paydo bo’ladigan o’zgarishlar.
19-mavzu. O’zbek adabiy talaffuzi (orfoepik) me’yorlari
Adabiy talaffuz normalari haqida umumiy tushuncha.
Unlilar orfoepiyasi(talaffuzi).
Undoshlarning talaffuz me’yorlari haqida.
Rus tilidan, shuningdek tojik va arab tillaridan o’zlashtirilgan so’zlarning talaffuzi.
O’zbek tilida turli tovush o’zgarishlari va adabiy talaffuz me’yorlari.
20-mavzu. So’z - tilning lug’aviy birligi sifatida.
So’zning lug’aviy birlik sifatidagi mohiyati.
So’zning leksik va grammatik ma’nolari.
So’z va tushuncha o’rtasidagi munosabat.
Mustaqil ma’noli so’zlar va ularning leksik jihatdan tasnifiy belgilari.
So’z va termin (atama) o’rtasidagi munosabat haqida.
21-mavzu. O’zbek tili leksikasining tarixiy nuqtai nazardan tavsifi
O’zbek tili leksikasida turkiy tillarga xos so’zlar.
O’zbek tili leksikasida forscha – tojikcha va arabcha so’zlar.
O’zbek tili leksikasida ruscha va rus tili orqali qabul qilingan so’zlar.
O’zbek tili leksikasida boshqa chet til elementlari (xitoycha, mo’g’ulcha va boshqalar)
Chetdan qabul qilingan so’zlarga mustaqillik yillaridagi munosabat haqida.
22-mavzu. O’zbek tilida so’zning semantik strukturasi
Leksik ma’no taraqqiyoti (monosemiya va polisemiya).
Leksik ma’noning taraqqiyot yo’llari: metafora, funksional ko’chirish, metonimiya, sinekdoxa.
Leksik ma’no hajmidagi taraqqiyot (leksik ma’no hajmining kengayishi va torayishi).
Leksik ma’noning tiplari: hozirgi (zamonaviy) ma’no va etimologik ma’no. Hozirgi (zamonaviy) ma’nolarning turlari: a) bosh ma’no va yasama ma’no; b) to’g’ri ma’no va ko’chma ma’no; v) nominativ ma’no va figural ma’no.
23-mavzu. O’zbek tilida omonimiya
Omonimiyaning ko’rinishlari : a) lug’aviy omonimiya; b) grammatik omonimiya.
Lug’aviy omonimiyaning ko’rinishlari: leksik omonimiya va frazeologik omonimiya.
Omonimlarning turlari: a) omofonlar; b) omoformalar;
v) omograflar.
Omonimlarning paydo bo’lish yo’llari. To’liq va to’liqsiz omonimlar
Omonimiya va polisemiya. Omonimlarning polisemantik so’zlardan farqi.
24-mavzu. O’zbek tilida sinonimiya
Sinonimiya haqida tushuncha. Sinonim va sinonomik uya. Sinonimik uya va sinonimik dominanta.
Sinonimiyaning ko’rinishlari: lug’aviy sinonimiya va grammatik sinonimiya. Lug’aviy sinonimiyaning ko’rinishlari: leksik sinonimiya, frazeologik sinonimiya va leksik – frazeologik sinonimiya.
Sinonimiya va polisemiya. Uzual va kontekstual sinonimiya.
Sinonimiyaning paydo bo’lishi. Uslub rang – barangligini ta’minlashda sinonimlarning ahamiyati.
25-mavzu. O’zbek tilida antonimiya
Antonimiya haqida tushuncha. Antonim va antonimik juft. Antonimiyaning shartlari.
Antonimiyaning ko’rinishlari: lug’aviy antonimiya va grammatik antonimiya. Lug’aviy antonimiyaning ko’rinishlari: leksik antonimiya, frazeologik antonimiya va leksik – frazeologik antonimiya.
Antonimiya va polisemiya. Antonimiya va sinonimiya. Uzual antonimiya va kontekstual antonimiya.
Nutqda ifodalilikni kuchaytirishda antonimlarning roli.
26-mavzu. O’zbek tilida paronimiya
Paronimiya haqida umumiy tushuncha. Paronim va paronimik juft. Paronimiyaning shartlari.
Paronimiyaning ko’rinishlari: lug’aviy paronimiya va grammatik paronimiya. Lug’aviy paronimiyaning ko’rinishlari: leksik paronimiya, frazeologik paronimiya va leksik – frazeologik paronimiya.
Paronimiya va polisemiya. Paronimiya va sinonimiya. Uzual paronimiya va kontekstual paronimiya.
Nutqda ifodalilikni kuchaytirishda paronimlarning roli.
27-mavzu. O’zbek tilida juft va takroriy so’zlar
Juft va takroriy so’zlar haqida umumiy tushuncha.
Juft va takroriy so’zlarning fonetik sostavi.
Juft va takroriy so’zlarning ma’no jihatdan turlari: sinonimik, kontrast, ma’noni kuchaytirish, butun va bo’lakni bildirish va boshqalar.
Juft va takroriy so’zlarning tuzilish jihatdan tiplari: bir xil takror, har xil takror, morfemali takror, tasdiq va inkor formali takror.
Ifodani kuchaytirish va ma’noni ta’kidlashda juft va takroriy so’zlarning roli.
28-mavzu. O’zbek tilida giponimiya, graduonimiya va partonimiya
1.Giponimiya haqida tushuncha. Giponimiyaning boshqa hodisalar bilan munosabati.
2. Graduonimiya (darajalanish)ning o’ziga xos xususiyatlari.
3. O’zbek tilida partonimiya hodisasi va uning ko’rinishlari.
4. Giponimiya, graudonimiya va partonimiya hodisalarining nutq jarayonida ifodalilikni kuchaytirishdagi roli.
29-mavzu. O’zbek tilida arxaizmlar va istorizmlar
O’zbek tilida faol va nofaol leksika haqida tushuncha.
Nofaol leksikaning ko’rinishlari: istorizmlar va arxaizmlar.
Arxaizmlar va istorizmlar o’rtasidagi farqlar.
O’zbek tili lug’at tarkibida ayrim so’zlarning arxaizm va istorizmga aylanish jarayoni.
Arxaizmlarning ko’rinishlari: lug’aviy arxaizm va grammatik arxaizm. Lug’aviy arxaizmlarning turlari: leksik arxaizm va frazeologik arxaizm. Istorizmning turlari.
Arxaizm va istorizmlarning qo’llanishi, ularning qo’llanish doirasi chegaralanganligi va buning sabablari.
30-mavzu. O’zbek tilida neologizmlar
O’zbek tilida yangilik bo’yog’i mavjud bo’lgan til birliklari — neologizmlar haqida tushuncha.
Neologizmlarning ko’rinishlari: lug’aviy neologizm va grammatik neologizm. Lug’aviy neologizmlarning turlari: leksik neologizm, frazeologik neologizm.
Neologizmlarning paydo bo’lish manbalari: ichki manba va tashqi manba. O’zbek tilida neologizmlarning hosil bo’lishida boshqa tillarning ta’siri.
Neologizmlar yaratishda so’z san’atkorlari – yozuvchilarning roli.
31-mavzu. O’zbek tili leksikasining rivojlanishi va boyish manbalari
O’zbek tilining lug’at sostavi va undagi taraqqiyot haqida umumiy tushuncha.
Davr o’tishi bilan lug’at tarkibining o’zgarishi: a) ayrim so’zlarning iste’moldan chiqib ketishi; b) yangi tushunchalarni ifoda qiladigan so’z va iboralarning paydo bo’lishi; v) ayrim so’zlarning ma’nosidagi siljishlar.
Mustaqillik yillarida o’zbek tili leksikasining boyishi.
32-mavzu. Umumxalq tili va dialektlarga xos so’zlar
O’zbek tili leksikasida umumxalq va dialektlarga xos so’zlar haqida.
O’zbek adabiy tilining boyishida dialektlarga xos so’zlarning roli.
Dialektizmlarning turlari: a) fonetik dialektizmlar;
b) grammatik (morfologik va sintaktik) dialektizmlar;
v) leksik dialektizmlar; g) semantik va etnografik dialektizmlar.
Dialektizmlarning turlicha uslub nuqtai nazardan qo’llanishi. Badiiy asarlarda dialektizmlarning roli.
33-mavzu. O’zbek tilida professional va terminologik leksika
Professionalizmlar va terminlar haqida umumiy tushuncha
O’zbek tilida professonal leksika: a) dehqonchilik va chorvachilikka oid so’zlar; b) ipakchilik va to’qimachilikka oid so’zlar; v) temirchilik , duradgorlik , misgarlik va zargarlikka oid so’zlar; g) kulolchilik , ko’nchilik va boshqa kasblarga oid so’zlar.
Termin va uning turlari: a) ijtimoiy – siyosiy terminlar; b) ishlab chiqarish va texnikaga oid terminlar; v) fizika–matematika terminlari; g) tilshunoslik va adabiyotshunoslikka oid terminlar;
d) qishloq xo’jaligiga oid terminlar; ye) harbiy, jismoniy tarbiya va sportga oid terminlar; yo) biologiya, tibbiyot, kimyo, geografiya va geologiyaga doir terminlar; j) uy – ro’zg’or, madaniy – maishiy va boshqa sohalarga doir terminlar va hokazo.
34-mavzu. O’zbek tilida jargonizmlar, argotizmlar va evfemizmlar
Jargonlar va argolar haqida umumiy tushuncha.
Tilda jargonizmlarning paydo bo’lishi sabablari.
Argotik so’zlarning o’tmish davrlarga xos ekanligi va ularning qo’llanish xususiyatlari.
Jargonlar va argolarning yo’qolib borish sabablari va ularni qo’llashga qarshi kurash – nutq madaniyati uchun kurashning eng muhim ko’rinishidir.
Evfemizmlar, ularning turlari va qo’llanish xususiyatdari.
35-mavzu. O’zbek tili frazeologmzmlarning shakllanishi va paradigmatik hamda sintagmatik xususiyatlari
O’zbek frazeologiyasi haqida umumiy tushuncha.
O’zbek tilida so’zlarning erkin va turg’un birikmalari haqida.
O’zbek tilida frazeologizmlarning paydo bo’lish (shakllanish) usullari va manbalari.
O’zbek tilida frazeologizmlarning paradigmatik va sintagmatik xususiyatlari (frazeologik polisemiya, omonimiya, antonimiya, sinonimiya va paronimiya hodisalari).
36-mavzu. Frazeologizmlarning struktual-semantik xususiyatlari
Frazeologizm va so’z, frazeologizm va qo’shma so’z, frazeologizm va so’z birikmasi, frazeologizm va gap.
Frazeologizmlarning asosiy ma’no ko’rinishlari: a) frazeologik butunliklar; b) frazeologik qo’shilmalar;
v) frazeologik chatishmalar; g) terminlashgan frazeologizmlar.
Frazeologizmlarning qo’llanish doirasiga ko’ra bo’linishi.
37-mavzu. O’zbek tili frazeologizmlarining grammatik xususiyatlari
Frazeologizmlarning asosiy morfologik belgilari: a) ot frazeologizmlar; b) atoqli otlar ishtirok etgan frazeologizmlar; v) kishi a’zolarining nomlari (somatizmlar) ishtirokida tuzilgan frazeologizmlar; g) fe’l frazeologizmlar; d) boshqa so’z turkumlari ishtirok etgan frazeologizmlar.
Fe’l frazeologizmlarda o’timli – o’timsiz, mayl, nisbat va zamon kategoriyalari.
Frazeologizmlarning asosiy sintaktik belgilari: a) so’zga teng frazeologizmlar; b) so’z birikmasiga teng frazeologizmlar; v) gapga teng frazeologizmlar.
Frazeologizmlarning sintaktik vazifalari.
38-mavzu. O’zbek tili frazeologizmlarining uzual va okkazional uslubiy funksiyalari
1.Frazeologizmlarning uslubiy funksiyalari haqida tushuncha.
2.. Frazeologizmlarning uzual uslubiy funksiyalari:
a) nominativ funksiya; b) nutqni ixchamlash funksiyasi; v) obrazli ifodalash funksiyasi; g) baholash funksiyasi; d) emosional funksiya; ye) ekpressiv funksiya kabilar.
3. Frazeologizmlarning okkazional uslubiy funksiyalari.
39-mavzu. O’zbek tili perifrazalari va ularning frazeologizmlar bilan munosabati
1. Perifrazalar (tasviriy ifodalar) haqida umumiy tushuncha.
2. Perifrazalarning o’rganilishi va ularning frazeologizmlar bilan munosabati.
3. Perifrazalarning semantik tasnifi haqida: a) shaxslarga oid perifrazalar; b) parranda va hayvonlarga oid perifrazalar; v) o’simlik va uning hosiliga oid perifrazalar;
g) tabiatga, tabiat hodisalariga oid perifrazalar.
4. Perifrazalarning grammatik strukturasi haqida: a) so’z birikmasiga teng perifrazalar; b) gapga teng perifrazalar.
40-mavzu. O’zbek leksikografiyasi haqida
Leksikografiya fani, uning taraqqiyoti haqida umumiy ma’lumot.
Lug’atlarning turlari: a) ensiklopedik (qomusiy) lug’atlar;
b) filologik lug’atlar.
Qomusiy lug’atlarning turlari: a) ma’lum bir mamlakat yoki respublika ensiklopediyasi (O’zbekiston milliy ensiklopediyasi kabi); b) ma’lum bir fan yoki sohaga oid ensiklopediyalar (fizika, ximiya, ona tili qomuslari kabi).
Mustaqillik yillarida yaratilgan yangi lug’atlar haqida (faol so’zlar lug’ati, besh tilli lug’at kabilar).
41-mavzu. O’zbek leksikografiyasida yaratilgan filologik lug’atlar va ularning turlari
Filologik lug’at haqida umumiy tushuncha
O’rta Osiyoda filologik lug’atlar yaratish tarixidan qisqacha ma’lumot
Bir tilli va ko’p tilli filologik lug’atlar
Bir tilli filologik lug’atlarning turlari: izohli lug’at, etimologik lug’at, 42-mavzu. O’zbek leksikografiyasida yaratilgan «O’zbek tilining izohli lug’ati», uning asosiy tamoyillari
1. Izohli lug’atlarning yaratilish tarixi haqida qisqacha ma’lumot.
2.XX asrning ikkinchi yarmida o’zbek leksikografiyasida yaratilgan ikki tomlik «O’zbek tilining izohli lug’ati», uning asosiy xususiyatlari.
3. Mustaqillik yillarida yaratilgan besh jildlik «O’zbek tilining izohli lug’ati», uning o’ziga xos xususiyatlari.
4. «O’zbek tilining izohli lug’ati»ni tuzishning asosiy tamoyillari va uni yanada takomillashtirish masalalari.
43-mavzu. O’zbek leksikografiyasida yaratilgan etimologik lug’atlar va ularning asosiy tamoyillari
1.Etimologik lug’atning yaratilish tarixi haqida qisqacha ma’lumot.
2.XX asrning oxirgi choragida o’zbek leksikografiyasida etimologik lug’at tuzishga doir amalga oshirilgan dastlabki ishlar haqida.
3.Sh.Rahmatullayevning uch kitobdan iborat «O’zbek tilining etimologik lug’ati»ning yaratilish jarayoni haqida.
4. Etimologik lug’at yaratishning asosiy tamoyillari to’g’risida.
44-mavzu. O’zbek leksikografiyasida yaratilgan chastotali
lug’atlar va ularning turlari
1. Chastotali lug’at haqida umumiy tushuncha
2. O’zbek tilshunosligida yaratilgan dastlabki chastotali lug’atlar haqida (I.A.Kissen, S.Muhamedov lug’atlari).
3. S.Rizayevning chastotali lug’atlari va ularning asosiy tamoyillari haqida.
4.Zulfiya va A.Qahhor asarlari bo’yicha Samarqandda tuzilgan konkordans hamda chastotali lug’atlarning asosiy xususiyatlari.
45-mavzu. O’zbek leksikografiyasida yaratilgan frazeologik lug’atlar va ularning turlari
1. Frazeologik lug’at haqida umumiy tushuncha.
2. Bir tilli frazeologik lug’atlar haqida.
3. Ikki tili (o’zbekcha-ruscha va ruscha-o’zbekcha) frazeologik lug’atlar.
4. Ko’p tilli (nemischa-ruscha-o’zbekcha) frazeologik lug’atlar.
5. Yozuvchi asarlari tilining frazeologik lug’ati (E.Umarov).
7. Chastotali va o’quv frazeologik lug’atlari haqida.
46-mavzu. O’zbek leksikografiyasida yaratilgan o’quv lug’atlari va ularning turlari
1. O’quv lug’atlari haqida umumiy tushuncha.
2. O’zbek leksikografiyada yaratilgan o’quv lug’atlarining turlari: (bunday lug’atlarning jami soni hozircha o’n ikkita).
3. O’quv lug’atlaridan ta’lim jarayonida foydalanish usullari.
4. O’zbek leksikografiyasida o’quv lug’atlari yaratish istiqbollari haqida.
47-mavzu. Grammatika tilning grammatik qurilishi haqidagi ta’limot sifatida.
Tilning grammatik qurilishi haqida. Grammatikaning predmeti va vazifalari.
Grammatikada morfologiyaning o’rni, morfologiyaning predmeti.
Morfologiya bilan sintaksisning o’zaro munosabati haqida.
Grammatikaning fonetika va leksika bilan munosabati.
48-mavzu. O’zbek tilida grammatik ma’noni ifodalash usullari
Grammatik ma’no va grammatik usul haqida tushuncha.
Grammatik ma’no ifodalovchi usullar: a) affiksasiya usuli; b) ichki fleksiya usuli; v) qo’shish usuli; g) takror usuli; d) yordamchi so’zlar usuli; ye) so’z tartibi usuli; yo) urg’u usuli; j) intonasiya usuli; z) supletivizm usuli.
49-mavzu. O’zbek tilida grammatik kategoriya va grammatik formalarning ifodalanishi
Grammatik kategoriya haqida umumiy tushuncha.
Asosiy grammatik kategoriyalar: a) tor ma’noda: son kategoriyasi, kelishik kategoriyasi, tuslanish kategoriyasi kabilar; b) keng ma’noda: ot kategoriyasi, fe’l kategoriyasi, olmosh kategoriyasi kabilar.
Grammatik formalar va ularning grammatik kategoriyalarga munosabati .
Grammatik formalarning turlari: so’z yasash va so’z o’zgartirish formalari, murakkab(qo’shma) so’z formalari.
50-mavzu. O’zbek tilida so’z yasalishi hamda uning leksikologiya va grammatikaga munosabati.
So’z yasalishi haqida umumiy ma’lumot.
So’z yasalishining leksikologiyaga munosabati.
So’z yasalishining grammatikaga munosabati.
So’z yasashning asosiy usullari: affiksasiya usuli, kompozisiya usuli, semantik usul, leksik usul, fonetik usul.
So’z yasalishiga doir yangicha qarashlar.
51-mavzu. O’zbek tilida so’zlarning yasalishi
O’zbek tili leksikasini boyitishda so’z yasashning roli.
O’zbek tilida so’z yasash usullari: a) morfologik usul(affiksasiya usuli); b) sintaktik usul(kompozisiya usuli); v) leksik usul; g) semantk usul; d) fonetik usul.
52-mavzu. O’zbek tilida so’zning morfologik tarkibi
So’zning morfologik strukturasi haqida tushuncha.
O’zak-morfema va affiks-morfema.
Affikslarning umumiy tasnifi: so’z yasovchilar, forma yasovchilar va so’z o’zgartuvchilar(turlovchi va tuslovchi).
Negiz va uning funksional turlari: a) sodda, qo’shma va juft negizlar; b) tub va yasama negizlar.
53-mavzu. O’zbek tilida so’z turkumlari haqida.
So’z turkumlari so’zlarning asosiy leksik-grammatik guruhlari sifatida.
So’zlarni turkumlarga ajratishdagi asosiy tamoyillar: a) umumiy leksik ma’no; b) morfologik belgilar; v) sintaktik vazifa.
So’zlarning so’z turkumlariga guruhlanishi: a) mustaqil so’z turkumlari; b) yordamchilar; v) undovlar; g) modal so’zlar;
d) mimemalar (taqlidiy so’zlar).
4. So’zlarning so’z turkumlariga guruhlanishiga doir yangicha qarashlar.
5. So’zlarning bir turkumdan ikkinchi turkumga o’tish hodisasi to’g’risida.
54-mavzu. O’zbek tilida fe’l turkumi
Fe’lning ma’nosi va grammatik belgilari: a) harakat fe’llari; b) holat fe’llari.
Fe’lning grammatik kategoriyalari(shaxs – son, zamon, mayl, nisbat(daraja)) va ular o’rtasidagi o’zaro munosabat.
Tuslanish xususiyatiga ko’ra fe’lning turlari: a) tuslanadigan fe’llar; b) tuslanmaydigan fe’llar.
Fe’lning sintaktik vazifalari.
55-mavzu. Fe’lning bo’lishli va bo’lishsiz formalari
Fe’lning bo’lishli va bo’lishsiz formalari haqida umumiy tushuncha.
Bo’lishsizlik affiksi (-ma) orqali inkor ma’nosini ifodalanishi.
Tuslanmaydigan fe’l formalarida bo’lishsizlik.
«Emas» va «yo’q» so’zlari haqida.
Bo’lishsizlikning «na» yordamchisi orqali ifodalanishi.
Qo’shma va juft fe’llarda bo’lishsiz shakl.
56-mavzu. Fe’lda shaxs-son (tuslanish) kategoriyasi
Shaxs-son kategoriyasi haqida umumiy tushuncha.
Fe’lning shaxs-son formalari va ularning ma’nolari
Shaxs-son affikslari va ularning qo’llanilishi: a) birinchi guruh(tip) shaxs-son affikslari; b) ikkinchi guruh (tip) shaxs-son affikslari; v) uchinchi guruh (tip) shaxs-son affikslari.
Shaxs-son kategoriyasining fe’lning boshqa grammatik kategoriyalari bilan munosabati.
57-mavzu. O’zbek tilida o’tgan zamon fe’llari
Fe’lning zamon kategoriyasi haqida umumiy tushuncha.
O’tgan zamon fe’li haqida.
O’tgan zamon fe’li formalari: a) o’tgan zamon aniq fe’li va uning tuzilish yo’llari; b) yaqin o’tgan zamon fe’li; v) uzoq o’tgan zamon fe’li; g) o’tgan zamon hikoya (eshitilganlik) fe’li; d) o’tgan zamon davom fe’li va uning ma’nolari.
O’tgan zamon fe’li formalarining boshqa zamon formalari uchun qo’llanishi.
58-mavzu. O’zbek tilida hozirgi zamon fe’llari
Fe’lning zamon kategoriyasi haqida umumiy tushuncha.
Hozirgi zamon fe’li haqida.
Hozirgi zamon fe’l formalari: a) hozirgi zamon aniq fe’li, uning ko’rinishlari va ma’nosi; b) hozirgi – kelasi zamon fe’li va uning ma’nolari; v) hozirgi zamon davom fe’li va uning ma’nolari.
Hozirgi zamon fe’li shakllarining boshqa zamon shakllari uchun qo’llanilishi.
59-mavzu. O’zbek tilida kelasi zamon fe’llari
Fe’l zamonlari haqida umumiy tushuncha.
Kelasi zamon fe’llari.
Kelasi zamon fe’l formalari: a) kelasi zamon aniq fe’li, uning ko’rinishlari va ma’nolari; b) kelasi zamon gumon fe’li va uning ma’nolari; v) kelasi zamon maqsad fe’li va uning ma’nolari.
Kelasi zamon fe’li shakllarining boshqa zamon shakllari uchun qo’llanilishi.
60-mavzu. O’zbek tilida fe’lning aniqlik va buyruq mayllari
Fe’lning mayl kategoriyasi haqida umumiy tushuncha.
Fe’lning aniqlik mayli haqida.
Aniqlik maylining zamon va shaxs – son kategoriyalari bilan munosabati.
Fe’lning buyruq mayli haqida
Buyruq maylining ikkinchi shaxs shakllari.
Buyruq maylining uchinchi shaxs shakllari.
Buyruq maylining ma’nosi va qo’llanilishi.
61-mavzu. O’zbek tilida fe’lning shart va istak mayllari
Fe’lning mayllari haqida umumiy tushuncha.
Fe’lning shart mayli va uning ma’nolari.
Shart mayli shaklining qo’llanilishi: a) qo’shma gap tarkibida ergash gapning kesimi vazifasida kelishi; b) sodda gapning kesimi vazifasida kelishi; v) shart mayli shakli bilan yordamchi elementlardan(to’liqsiz fe’l, «kerak», «lozim», «mumkin», «bo’l» kabi so’zlardan) tuzilgan birikmalarning xususiyati.
Istak mayli, uning tuzilishi, ma’nosi va qo’llanilishi.
62-mavzu. O’zbek tilida fe’lning o’zlik va majhul nisbati(darajasi)
Fe’lning nisbat kategoriyasi haqida umumiy tushuncha
Fe’lnign o’zlik nisbati va uning ma’nolari.
O’zlik nisbatning shakllanish xususiyatlari.
Fe’lning majhul nisbati, uning yasalishi va ma’nolari.
O’zlik va majhul nisbatlarning bir-biridan farqi.
Fe’lning o’timli-o’timsizlik va nisbat kategoriyalari o’rtasidagi o’zaro munosabat.
63-mavzu. O’zbek tilida fe’lning birgalik va orttirma nisbati(darajalari)
Fe’l nisbatlari haqida umumiy ma’lumot.
Fe’lning birgalik nisbati haqida.
Birgalik nisbatning shakllanishi va ma’nolari.
Fe’lning orttirma nisbati, uning shakllanishi va ma’nolari.
Fe’lning murakkab nisbat shakllari.
Fe’lning o’timli – o’timsizlik (obyekt) kategoriyasi va birgalik hamda orttirma nisbat shakllarining o’zaro munosabati.
64-mavzu. O’zbek tilida fe’lning harakat nomi shakllari
Sof va funksional fe’l shakllari haqida
Fe’lning harakat nomi shakllari haqida umumiy tushuncha
Harakat nomi shakllarida fe’llik belgilari.
Harakat nomi shakllarida otlik belgilari.
Harakat nomi shakllari: a) –moq shakli; b) –ish, - sh shakllari; v) –v, - uv shakllari.
Harakat nomining turlanishi va gapdagi vazifasi.
65-mavzu. O’zbek tilida fe’lning sifatdosh shakllari
Fe’lning funksional shakllari haqida umumiy ma’lumot.
Sifatdoshning fe’llik belgilari.
Sifatdoshning sifatlik belgilari.
Sifatdoshning shakllanishi va zamon kategoriyasi bilan munosabati.
Sifatdoshning otlashishi va gapdagi vazifalari.
66-mavzu. O’zbek tilida fe’lning ravishdosh shakllari
Fe’lning funksional shakllari haqida qisqacha tushuncha.
Ravishdosh — fe’lning funksional shakllaridan biri.
Ravishdoshda ravishlik belgilari.
Ravishdoshda fe’llik belgilari.
Ravishdoshlarning shakllanishi va gapdagi vazifalari.
67-mavzu. O’zbek tilida ko’makchi fe’llar va to’liqsiz fe’llar
Ko’makchi fe’llar haqida umumiy tushuncha.
Ko’makchi fe’llar va ular ifodalaydigan ma’nolar.
To’liqsiz fe’l haqida umumiy ma’lumot.
To’liqsiz fe’l negizidan shakllanishlar va ularning ma’nosi hamda vazifalari.
68-mavzu. O’zbek tilida fe’lning morfologik usul bilan yasalishi
Fe’llarning yasalish usullari haqida umumiy tushuncha.
Morfologik usul bilan fe’llarning yasalishi.
Fe’llardan fe’l yasovchi affikslar.
Fe’l bo’lmagan so’zlardan fe’l yasovchi affikslar.
69-mavzu. O’zbek tilida qo’shma va juft fe’llarning yasalishi
Sintaktik usul bilan fe’l yasash haqida umumiy tushuncha.
Fe’l bo’lmagan so’zlar bilan fe’lning birikishidan tuzilgan qo’shma fe’llar va ular tarkibida ko’makchi fe’llarning qo’llanilishi.
Fe’l bilan fe’lning birikishidan tuzilgan qo’shma fe’llar va ular tarkibida ko’makchi fe’llarning ishtiroki.
Qo’shma fe’llarning analitik fe’l shakllaridan farqi masalasiga doir.
Juft fe’llar, ularning yasalishi va ma’nolari.
70-mavzu. O’zbek tilida ot turkumi
Otning ma’nosi, morfologik belgilari va sintaktik vazifalari.
Otning semantik tasnifi: a) atoqli va turdosh otlar; b) yakka va jamlovchi otlar; v) aniq va mavhum otlar.
71-mavzu. Otlarda son kategoriyasi
Otlarda son kategoriyasi haqida umumiy ma’lumot.
Otlarda son kategoriyasining grammatik ifodalanishi: a) morfologik yo’l bilan; b) sintaktik yo’l bilan.
Birlik va ko’plik sonda qo’llanuvchi otlar.
Faqat birlikda qo’llanuvchi otlar.
72-mavzu. Otlarda egalik kategoriyasi
Egalik kategoriyasi haqida umumiy tushuncha
Egalik kategoriyasining ifodalanish yo’llari: a) maxsus egalik affikslari yordamida; b) qaratqichli birikmalar yordamida; v) -niki affiksi yordamida.
Egalik affikslari bilan bog’liq imlo qoidalari.
73-mavzu. Otlarda kelishik kategoriyasi va bosh kelishik
Kelishik kategoriyasi haqida umumiy ma’lumot.
O’zbek tilidagi kelishiklarga umumiy obzor.
Kelishiklar anglatgan ma’noni ifodalashda ko’makchilarning qo’llanilishi
Bosh kelishik va uning ma’nolari.
Bosh kelishik shaklida kelgan otlarning sintaktik vazifalari.
74-mavzu. O’zbek tilida qaratqich kelishigi
Qaratqich kelishigi haqida umumiy tushuncha.
Qaratqich kelishigi shaklida kelgan otlarning ma’nolari.
Otlarning belgili qaratqich kelishigi shaklida qo’llanilishi.
Otlarning belgisiz qaratqich kelishigi shaklida qo’llanilishi.
Qaratqich kelishigi affiksining tushib qolmaslik hollari va sabablari.
Qaratqich kelishigi shaklida kelgan otlarning sintaktik vazifalari.
75-mavzu. O’zbek tilida tushum kelishigi
Tushum kelishigi haqida umumiy ma’lumot.
Tushum kelishigi shaklida kelgan otlarning ma’nolari.
Otlarning belgili va belgisiz tushum kelishigi shaklida qo’llanilishi.
Tushum kelishigi affiksining tushib qolmaslik hollari va sabablari.
Tushum kelishigi shaklida kelgan otlarning sintaktik vazifalari.
76-mavzu. O’zbek tilida jo’nalish kelishigi
Jo’nalish kelishigi haqida umumiy ma’lumot(kelishik ma’nosi, affiksi va so’rog’i).
Jo’nalish kelishigi shaklida kelgan otlarning ma’nolari.
Jo’nalish kelishigi o’rnida ko’makchilarning qo’llanilishi.
Jo’shalish kelishigi shaklida kelgan otlarning sintaktik vazifalari.
77-mavzu. O’zbek tilida chiqish kelishigi
Chiqish kelishigi haqida umumiy ma’lumot.
Chiqish kelishigi shaklida kelgan so’zning formalariyu
Chiqish kelishigi affiksi o’rnida ko’makchilarning qo’llanishi.
Chiqish kelishigi shaklida kelgan so’zlarning sintaktik vazifalari.
78-mavzu. O’zbek tili o’rin-payt kelishigi
O’rin-payt kelishigi haqida umumiy ma’lumot.
O’rin-payt kelishigi shaklida kelgan so’zning ma’nolari: a) o’rin ma’nolari; b) payt ma’nolari; v) boshqa ma’nolar.
O’rin-payt kelishigi affiksi o’rnida ko’makchilarning qo’llanilishi
O’rin-payt kelishigi formasida kelgan so’zning sintaktik vazifalari.
79-mavzu. O’zbek tilida otlarning morfologik usulda yasalishi
Otlarning yasalish usullari haqida ma’lumot.
Morfologik usul bilan otlarning yasalishi va ularning semantik guruhlari.
80-mavzu. O’zbek tilida qo’shma otlarning yasalishi
Qo’shma otlar haqida umumiy ma’lumot.
Qo’shma otlarning tarkibiga ko’ra turlari: a) ot+otning birikishi asosida; b) ot+sifatning birikishi asosida; v) son+otning birikishi asosida; g) ot+fe’lning birikishi asosida; d) fe’l+fe’lning birikishi asosida; ye) boshqa turlicha so’zlarning birikishi asosida.
81-mavzu. O’zbek tilida juft va qisqartma otlar
Juft otlar haqida umumiy ma’lumot.
Juft otlarning tarkibiga ko’ra turlari.
Qisqartma otlar (abbreviaturalar) haqida tushuncha.
Qisqartma otlarning hosil bo’lish yo’llari.
Juft va qisqartma otlarning imlosi
82-mavzu. O’zbek tilida sifat turkumi
Sifatning ma’nosi va grammatik belgilari.
Belgi bildirish xususiyatiga ko’ra sifatlarning turlari: a) asliy sifatlar; b) nisbiy sifatlar.
Sifatlarning sintaktik vazifalari.
83-mavzu. Sifatlarda daraja kategoriyasi va uning ifodalanishi
Daraja kategoriyasi haqida umumiy ma’lumot.
Sifat darajalari: a) oddiy daraja; b) qiyosiy daraja; v) orttirma daraja.
O’zbek tilida belgining ortiq-kamligini ifodalovchi grammatik shakllar.
84-mavzu. O’zbek tilida sifatlarning morfologik usul bilan yasalishi
Sifatlarning yasalishi haqida umumiy ma’lumot
Sifat yasovchi affikslar: a) unumli va unumsiz sifat yasovchi affikslar; b) asliy sifat yasovchilar va nisbiy sifat yasovchilar.
Boshqa tillardan o’zlashtirilgan sifat yasovchi affikslarga munosabat haqida.
85-mavzu. O’zbek tilida qo’shma va juft sifatlar
Sifatlarning tuzilishiga ko’ra turlari: a) sodda sifatlar; b) qo’shma sifatlar; v) juft sifatlar.
Qo’shma sifatlarning morfologik sostavi jihatdan turlari.
Juft sifatlarning morfologik tarkibiga ko’ra turlari.
86-mavzu. O’zbek tilida sifatlarning otlashuvi
Sifatlarning otlashuvi (substantivasiya) haqida umumiy tushuncha.
So’z turkumlarida biridan ikkinchisiga ko’chish hodisasining mavjudligi.
Sifatning otlashish yo’llari.
Otga ko’chgan sifatlar va otlashgan sifatlar o’rtasidagi farqlar.
Otlashgan sifatlarning ma’no xususiyatlari.
87-mavzu. O’zbek tilida son so’z turkumi
Son turkumi haqida umumiy tushuncha.
Sonning ma’nosi va grammatik belgilari
Sonning ma’nosiga ko’ra turlari haqida ma’lumot
Sonning tuzilishiga ko’ra turlari
Sonning sintaktik vazifalari haqida.
88-mavzu. O’zbek tilida sanoq son va uning ma’no turlari
Sanoq son haqida umumiy tushuncha.
Sanoq sonning ma’no turlari: a) miqdor son; b) donalik son; v) jamlovchi son; g) taqsim son; d) chama son; ye) kasrli son.
Sanoq sonning miqdor bildiruvchi so’zlar(numerativlar) bilan qo’llanilishi
Sanoq sonning ot o’rnida qo’llanilishi.
Sanoq sonning sintaktik vazifalari.
89-mavzu. O’zbek tilida tartib son haqida
Tartib sonning xususiyatlari.
Tartib sonning ma’nolari: a) tartib ma’nosi; b) belgi ma’nosi.
Sanoq va tartib sonning o’zaro munosabati
Tartib sonning otlashish holatlari.
Tartib sonning sintaktik vazifalari.
90-mavzu. O’zbek tilida ravish turkumi haqida
Ravishning ma’nosi va grammatik belgilari.
Ravish bilan sifatning o’zaro munosabati.
Ravishning ma’no jihatidan turlari: a) holat ravishi; b) payt ravishi; v) o’rin ravishi; g) daraja-miqdor ravishi.
Ravishning sintaktik vazifalari.
91-mavzu. O’zbek tilida ravishlarning yasalishi
Ravishlarning yasalishi haqida umumiy ma’lumot.
Ravishlarning yasalish usullari: a) ravishlarning morfologik usul bilan yasalishi; b) ravishlarning sintaktik usulda yasalishi. Unumli va unumsiz ravish yasovchi affikslar.
Ravishlarning sintaktik usul bilan yasalishi.
Boshqa so’z turkumlarining ravishga o’tishi.
92-mavzu. O’zbek tilida olmosh
Olmoshning ma’nosi va grammatik belgilari.
Olmoshning boshqa so’z turkumlariga munosabati va shu munosabatga ko’ra turlari: a) mavhum predmet bildiruvchi olmoshlar; b) mavhum belgi bildiruvchi olmoshlar; v) mavhum miqdor bildiruvchi olmoshlar.
Olmoshlarning turlanishi.
Olmoshlarning sintaktik vazifalari.
93-mavzu. O’zbek tilida kishilik olmoshlari
Kishilik olmoshlarining ma’nosi: a) birinchi shaxs kishilik olmoshlari; b) ikkinchi shaxs kishilik olmoshlari; v) uchinchi shaxs kishilik olmoshlari.
Kishilik olmoshlarining ko’plik shakli haqida.
Kishilik olmoshlarining turlanishi.
Kishilik olmoshlarining sintaktik vazifalari.
94-mavzu. O’zbek tilida o’zlik va so’roq olmoshlari
O’zlik olmoshlari va uning ma’nolari haqida:
a) o’zlik olmoshining shaxslar o’rnida qo’llanilishi;
b) o’zlik olmoshining predmetlar o’rnida qo’llanilishi;
O’zlik olmoshining turlanishi va sintaktik roli.
So’roq olmoshlari va uning ma’nolari haqida: a) belgi bildiruvchi so’zlarga nisbatan qo’llaniladigan so’roq olmoshlari; b) shaxs va predmetga nisbatan qo’llaniladigan so’roq olmoshlari; v) payt va miqdorga nisbatan qo’llaniladigan so’roq olmoshlari.
So’roq olmoshlarining nisbiy ma’nolari.
So’roq olmoshlarining turlanishi va sintaktik vazifalari.
95-mavzu. O’zbek tilida ko’rsatish va belgilash olmoshlari
Ko’rsatish olmoshlari haqida umumiy tushuncha.
Predmetni masofa va payt jihatidan aniqlashga ko’ra ko’rsatish olmoshlarining bir-biridan farqi: a) «bu» olmoshi; b) «shu» olmoshi; v) «u» olmoshi; g) «o’sha» olmoshi.
Ko’rsatish olmoshining turlanishi va sintaktik roli.
Belgilash olmoshlari haqida umumiy ma’lumot.
Belgilash olmoshlarining ma’nolari: a) belgilash ma’nosi; b) birgalik ma’nosi.
Belgilash olmoshining turlanishi va sintaktik vazifalari.
96-mavzu. O’zbek tilida bo’lishsizlik va gumon olmoshi
Gumon olmoshining ma’nolari.
Gumon olmoshining tuzilishi.
Gumon olmoshining turlanishi va sintaktik roli.
Bo’lishsizlik olmoshining ma’nolari va qo’llanilishi.
Bo’lishsizlik olmoshining turlanishi va sintaktik vazifalari.
97-mavzu. O’zbek tilida teng bog’lovchilar
Bog’lovchilarning yordamchi so’zlar qatorida tutgan o’rni.
Bog’lovchilarning turlari: a) teng bog’lovchilar; b) ergashtiruvchi bog’lovchilar.
Yakka va takrorlanuvchi bog’lovchilar.
Teng bog’lovchilarning turlari: a) biriktiruvchi bog’lovchilar; b) zidlovchi bog’lovchilar; v) ayiruvchi bog’lovchilar; g) inkor bog’lovchisi.
Boshqa so’zlarning inkor bog’lovchisi vazifasida qo’llanilishi.
98-mavzu. O’zbek tilida ergashtiruvchi bog’lovchilar
Bog’lovchilar haqida umumiy tushuncha.
Bog’lovchilarning turlari: a) teng bog’lovchilar; b) ergashtiruvchi bog’lovchilar.
Ergashtiruv bog’lovchilarning turlari: a) aniqlov bog’lovchisi; b) sabab bog’lovchisi; v) chog’ishtiruv bog’lovchisi;
g) maqsad bog’lovchisi; d) shart va to’siqsizlik bog’lovchilari.
Boshqa so’zlarning ergashtiruvchi bog’lovchi sifatida qo’llanilishi.
99-mavzu. O’zbek tilida sof ko’makchilar
Ko’makchilar haqida umumiy tushuncha
Ko’makchilarning ma’nolari va qo’llanilishi: a) bosh kelishikdagi ot bilan qo’llaniladigan ko’makchilar; b) jo’nalish kelishigidagi ot bilan qo’llanadigan ko’makchilar; v) chiqish kelishgidagi ot bilan qo’llaniladigan ko’makchilar.
Ko’makchining turlari.
Mustaqil so’zlarning ko’makchiga ko’chishi haqida.
100-mavzu. O’zbek tilida ko’makchi otlar
Sof ko’makchi va ko’makchi otlar haqida umumiy ma’lumot
Ko’makchi otlarning ma’no xususiyatlari.
Ko’makchi otlardan ayrimlarining tavsifi.
Ko’makchi otlar va ravishlarning o’zaro munosabati.
101-mavzu. O’zbek tilida yuklama
Yuklama haqida umumiy tushuncha.
Yuklamaning ma’no turlari: a) so’roq va taajjub yuklamalari; b) kuchaytiruv va ta’kid yuklamalari;
v) ayiruv va chegaralov yuklamalari; g) aniqlov va gumon yuklamalari.
Yuklamalarning tuzilishiga ko’ra turlari: a) so’z- yuklamalar; b) affiks-yuklamalar.
Yuklamalarning bog’lovchi o’rnida qo’llanilishi.
102-mavzu. O’zbek tilida modal so’zlar
Modallik kategoriyasi haqida umumiy ma’lumot.
Modallikning ifodalanish usullari: a) turli so’z turkumlariga doir so’zlar vositasida; b) modal so’zlar orqali.
Modal so’zlarning ma’no turlari: a) aniqlik anglatuvchi modal so’zlar; b) noaniqlik anglatuvchi modal so’zlar.
Modal so’zlarning boshqa so’z turkumlariga munosabati.
Modal so’zlarning sintaktik roli.