2-rasm. Uyum va handaklarni yopish usullari:
a) – bir qavatli; b) – ikki qavatli; v) – uch qavatli; g) – to‘rt qavatli; d) – besh qavatli; 1 – tuproq; 2 – somon; 3 – qirindi, somon yoki qor.
Handak va uyumlar yopilish turiga qarab ham farq qiladi. Bir qatlamli qilib yopilgan handaklar ildizmevalarni saqlash uchun ishlatiladi. Bunda ildizmevalar solingan handaklarning ustiga tuproq solinadi (0,15-0,2 m). Sovuq tushgan paytda saqlash zonasiga qarab tuproqni 1-1,5 m gacha yetkazish mumkin. Ikki qatlamli uyumlar keng tarqalgan bo‘lib, bunda: birinchi qatlami - somon, ikkinchi qatlami - tuproq. Handaklar uch qatlamli ham bo‘ladi: birinchi qatlami – tuproq, so‘ngra – somon va yana tuproq. Sovuq tumanli mamlakatlarda to‘rt qatlamli uyumlar ham ishlatiladi: somon, tuproq, so‘ngra sovuq tushishi bilan yana bir marotaba somon va tuproq bilan yopiladi. Besh qatlamlilarida esa: to‘rtinchi qatlam ustidan opilka, somon yoki qor bilan yopiladi.
Nazorat savollari:
Handak va uyumlarning konstruktiv farqlarini ayting.
Yer usti asosiy ariqlarning o‘rniga qanday ariqlardan foydalansa bo‘ladi?
Handak va uyumlarning yopilishini aytib bering.
4-LABORATORIYA MASHG‘ULOTI
Sabzavotlarni saqlash uchun handak va uyumlarni qurish bo‘yicha hisoblar
Ishning maqsadi. Handak va uyumlarning sig‘imini, ularga sarflanadigan yer maydonini va somon sarfini hisoblashni o‘rganish.
Topshiriq. Ma‘lum miqdordagi sabzavotlarni saqlash uchun kerak bo‘ladigan yer maydonining o‘lchamini, somon miqdorini, uyum va handaklar sonini aniqlash (o‘qituvchi har bir talabaga mustaqil bajarish uchun topshiriqlar beradi).
Kerakli materiallar va qurilmalar. Uyum va handaklarning maket va sxemalari, sabzavotlarning hajmiy massasini ifodalovchi jadvallar, qalam, chizgich, kalkulyator.
Ishni bajarish uslubi. Uyum va handaklarning hajmini aniqlash. Sabzavotlarning asosiy massasi uyumlarda yerning ustki qismida, handaklarda esa yerning chuqur qismida (ba‘zan, 100 - 200 mm pastda) joylashgan bo‘ladi.
Uyum va handaklarning yerning ustki qismidagi hajmi Vu (m3) to‘rt qirrali prizma formulasi bo‘yicha, yerning pastki qismidagi hajmi Vp (m3) esa to‘g‘riburchak yoki trapetsiya formulasi bo‘yicha aniqlanadi:
; ,
bu yerda, E - uyum va handaklarning eni, m; B - er sathidan tukilgan sabzavotlarning qirrasigacha bo‘lgan balandligi, m: Ch - handakning chuqurligi, m; U - uyum va handakning uzunligi, m.
V (m3) - umumiy hajmni hisoblash uchun olingan ko‘rsatkichlar yig‘iladi:
V=Vu+Vp.
Mahsulotlar uyum holida tukilganda qiya shaklda bo‘lganligi uchun, ularning hajmini hisoblashda yer ustki qismining uzunligi 1 m ga qisqartiriladi. Agar uyum va handaklarga suruvchi quvurlar o‘rnatilgan bo‘lsa, u holda umumiy hajm 3-5 % ga qisqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |