Organik kimyo fani yutuqlariga tayangan holda yuqori sifatli sintetik kauchuklar, plastmassalar, sun‘iy tolalar, organik o’g’itlar, motor yoqilg’ilari, dori-darmon preparatlari, bo’yoqlar va xalq xo’jaligi uchun zarur bo’lgan boshqa mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Hozirgi kunda organik kimyoning yangi zamonaviy soxalari - tabiiy fiziologik faol moddalar kimyosi, biorganik kimyo, polimer kimyosi, peptid va oqsillar kimyosi jadal rivojlanib bormoqda. Organik kimyoni va uning yangi sohalarini rivojlanishida o’zbek olimlarining hissasi kattadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |