Organik moddalar kishilarga juda qadimdan ma‘lum bo’lgan. Ular qadim zamondan beri shakar va moy olishni, yog’larni qaynatib sovun olishni bilganlar. Hindiston va Misrda organik kimyo fani fan sifatida shakllanmagan bo’lsada, kishilar organik bo’yoqlardan foydalanib, buyash san‘atini rivojlantirgan edi. Sof holdagi organik moddalar dastlab 900 yillarda arab alkimyogarlari tomonidan hosil qilingan edi. Umuman moddalar to’g’risidagi tushunchalar dastlab Aristotelning filosofik qarashlarida ma‘lum bo’lgan edi. Ya‘ni hamma moddalar 4 ta «element» dan iborat – yer, suv, havo va olov. Kimyoviy bilimlar 16 asrdan boshlab rivojlana boshlandi. O’sha paytda nazariy asosda bo’lmasada lekin moddalar to’g’risida juda ko’p tajribalar to’plangan edi. Amma moddalar hali organik va anorganik moddalarga bo’linmagan edi. XIX asrda «Flogiston» nazariyasi davrida asta-sekin organik va anorganik moddalarni sinflarga bo’linishi boshlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |