1807 yilda Shved olimi Ya.Bertselius tirik organizmdan olingan moddalarni organik moddalar deb atashni taklif qildi va tez orada bunday moddalardan sun‘iy yo’l bilan yangi organik moddalar hosil qilindi. Shunday qilib, organik kimyo o’simlik va hayvonlardan olinadigan moddalar kimyosi sifatida shakllana boshladi. 1824 yilda Bertseliusning shogirdi nemis kimyogari F.Vyoler laboratoriya sharoitida ditsiandan o’simlik organizmida uchraydigan oksalat kislotani, 1828 yilda esa oddiy organik tuz – ammoniy tsianatdan hayvon organizmida hosil bo’ladigan mochevina (karbamid) ni sintez qildi. Dastlab kaliy tsianidni oksidlab kaliy tsianat hosil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |