Respublikamizda ulkan neftni qayta ishlaydigan zavod (Farg’ona va Oltiariq), hamda gazni qayta ishlaydigan (SHo’rtan va Muborak) zavodlari ishlab turibdi . Ulardan xilma-xil neft va gaz maxsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Chirchiq, Farg’ona va Navoiydagi ulkan kimyo kombinatlar haqida ma‘lumotlarni tariflab o’tish mumkin. Organik birikmalarning tuzilish nazariyasi E.Frankland, Sh.F.Jerar, F.Kekule va boshqa olimlar bilan bog’liq. Bu nazariyani xal qilishda ulug’ rus olimi A.M.Butlerovning xizmati katta. U 1861 yilda o’zining kimyoviy tuzilish nazariyasining asosiy qoidalarini bayon qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |