Samarqand xududiy markazi fermerlar maktabi 4–mavsum tinglovchisi: Muxitdinov Faxriddin Nuriddin o‘g‘li
CHORVACHILIK modulidan amaliy hisobat
REJA: Qishloq xo'jaligining eng muhim tarmog'i chorvachilik hisoblanadi. Chorvachilikdan xalqimizning muxim bo'lgan oziq-ovqatlar bazasi, go'sht va go'sht mahsulotlari, sut va sut mahsulotlari, tuxum, asal hamda yengil sanoatning turli xom–ashyosi hisoblangan jun, teri, mo'yna, qorako'l teri, tivit va boshqa mahsulotlar bilan ta'minlashda muxim ahamiyatga ega. Chorvachilik mahsulotlari va chiqindilaridan ayrim ozuqalar, shuningdek, har xil dori-darmon preparatlari olinadi. Qoramolchilik chorvachilikning yetakchi tarmoqlaridan biri bo'lib, aholini sut va go'sht mahsulotlari hamda engil sanoatni teri va boshqa xomashyo bilan ta'minlashda muxum ahamiyatga ega. Inson organizimi kuniga 30 gramm go'sht oqsiliga ehtiyoj sezadi. Bu ehtiyojni asosan go'sht va go'sht mahsulotlari orqali qondiradi. Etishtirilayotgan go'sht mahsuloti asosan qoramollardan olinadi. Mamlakatimizda etishtirilayotgan chorvachilik mahsulotlarining asosiy qismi qoramolchilik mahsulotlari bo'lib, aholini sut va go'sht mahsulotlari bo'lgan ehtiyojini ya'ni, sutning 95 foizi va go'shtning 63 foizi qoramolchilik sohasiga to'g'ri keladi. Respublikamizda sut ishlab chiqarish sut va sut–go'sht yo'nalishidagi sigirlar evaziga amalga oshirilib, ularning 60 foizidan ko'p qismini qora-ola va golshtinlashtirilgan mollar hamda qisman golshtin sigirlari tashkil etadi. Dehqon va fermer xo'jaliklarida sut etishtirishni ko'paytirish, ozuqa zaxiralarini yaratish, naslchilik ishini yo'lga qo'yish, qoramollarni genetic imkoniyatlarini ro'yobga chiqarish, ilg'or texnologiyalarni joriy qilish, sermahsul podalar yaratish bilan bir qatorda, har bir bosh sigirdan kamida yiliga 3000-4000 kg sut sog'ib olish zarur. Shuning uchun fermer xo'jaligi sharoitida qizil–ola, qora–ola golshtin hamda turli tipli golshtin zotli buzoqlar va urg'ochi tonalar, g'unajinlarni jadal parvarishlash hamda ularni tug'ishga tayyorlash texnologiyalarini ishlab chiqish va sermahsul podalarni yaratish dolzarb hisoblanadi. Respublikamizning barcha toifadagi xo'jaliklarida chorva mollari uchun mustahkam ozuqa bazasini yaratish uchun yem–xashakni tayyorlashni ko'paytirish va uning sifatini yaxshilash chorvachilikni yanada rivojlantirishning asosiy shartlaridan biridir. Shuni unutmaslik kerak–ki, har bir shartli qoramolning yillik ozuqa talabini inobatga olgan holda, ozuqa bazasini yaratish lozim. Bunda ozuqalar salmog'i jami ozuqalarning to'yimliligiga nisbatan beda pichani 6, silos 21, senaj 8, ildiz mevalar 3, ko'k o'tlar 30, omuxta emlar 28 va dag'al xashaklar 4 foizga to'g'ri kelishi maqsadga muvofiqdir. Oziqlarni tayyorlash va saqlashda to'yimli moddalarni yo'qotilishinining oldini olish choralari: ‒ tabiiy va madaniy o'tlarni o'z vaqtida yig'ib olish; ‒ etarli miqdorda ozuqalarni saqlash joylari bilan ta'minlash; ‒ ozuqalarni mollarga berishga tayyorlashda eng ilg'or texnologiyalarni qo'llash. Biz chorvachilik “PURE MILKY OQDARYO” fermer xo'jaligida bo’lganimizda shunday xulosa qildimki qoramollarni saqlash, asrash hamda parvarishlash orqali ularning genetik imkoniyatlaridan potentsial foydalanish mumkinligini o'rgandik. Korxonaning qoramollar uchun ozuqa yetishtiradigan maydoni yetarlicha hisoblanadi va yillik ratsioniga kerak bo'lgan ozuqa keragidan ortig'i bilan g'amlanadi. Korxona uzoq muddat istiqbolli rejasiga ega va sifatli sut mahsuldorligini oshirish ustida tinimsiz ish olib bormoqda.
XULOSA
Do'stlaringiz bilan baham: |