IV
1
BOB. TADBIRKORLIK FAOLIYATIGA TO‘SQINLIK
QILISH, QONUNGA XILOF RAVISHDA ARALASHISH BILAN
BOG‘LIQ JINOYATLAR HAMDA XO‘JALIK YURITUVCHI
SUB’EKTLARNING HUQUQLARI VA QONUNIY
MANFAATLARIGA TAJOVUZ QILADIGAN BOSHQA
JINOYATLAR
1
6-sxema
1
XIII
1
боб Ўзбекистон Республикасининг 2015 йил 20 августдаги ЎРҚ–391-сонли Қонуни билан киритилган.
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси, 2015 й., 8-сон, 312-модда.
Tadbirkorlik faoliyatiga to’sqinlik qilish, qonunga xilof ravishda
aralashish bilan bog’liq jinoyatlar hamda xo’jalik yurituvchi
subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qiladigan
boshqa jinoyatlar
Xususiy
mulk
huquqini
buzish
JK
192
1
-m
Tadbirkorlik
subyektlarining
faoliyatini
tekshirish va
moliya-xo’jalik
faoliyatini taftish
qilish tartibini
buzish
JK 192
2
-m
Tadbirkorlik
sub’ektlarining faoliyatini
va (yoki) ularning
banklardagi
hisobvaraqalari bo’yicha
operatsiyalarni qonunga
xilof ravishda to’xtatib
turish
JK 192
3
-m
Tadbirkorlik
subyektlarini
homiylikka va
boshqa
tadbirlarga
majburiy jalb
etish
JK 192
4
-m
Litsenziyalash
to’g’risidagi
qonun hujjatlarini
va ruxsat berish
tartib-taomillari
to’g’risidagi
qonun hujjatlarini
buzish
JK 192
5
-m
Imtiyozlar va
preferentsiyalarni
qo’llashni
g’ayriqonuniy
ravishda rad etish,
qo’llamaslik yoki
qo’llashga
to’sqinlik qilish
JK 192
6
-m
Xo’jalik yurituvchi
subyektlarga va
boshqa
tashkilotlarga pul
mablag’lari berishni
asossiz ravishda
kechiktirish
JK 192
7
-m
Tadbirkorlik
subyektlarining
hisobvaraqlarida
pul mablag’lari
mavjudligi
to’g’risidagi
axborotni qonunga
xilof ravishda talab
qilib olish
JK 192
8
-m
Tijoratda pora
evaziga og’dirib olish
JK 192
9
-m
Nodavlat tijorat tashkilo-
tining yoki boshqa nodavlat
tashkilotining xizmatchisini
pora evaziga og’dirib olish
JK 192
10
-m
Nodavlat tijorat tashkilotida
yoki boshqa nodavlat tashki-
lotida mansabdor shaxslar
tomonidan o’z vakolatlarini
suiiste’mol qilish
JK 192
11
-m
240
1-§. Xususiy mulk huquqini buzish (JK 192
1
-moddasi)
O‘zbekistonda xususiy mulk daxlsizligi, davlat tomonidan himoya
qilinishiga alohida e’tibor qaratilayapti. Konstitutsiyamizda xususiy mulk
boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasida ekani, mulkdor
faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda hamda tartibdagina mulkidan
mahrum etilishi mumkinligi qat’iy mustahkamlangan. Ta’kidlash joizki,
o‘tgan yillar davomida mamlakatimizda ushbu konstitutsiyaviy qoida
asosida xususiy mulk va mulkdorlarni himoyalashga qaratilgan ishonchli
me’yoriy-huquqiy asos hamda kafolatlarni, jumladan, kichik biznes va
xususiy tadbirkorlikka zarur sharoit hamda imtiyozlarni yaratish bo‘yicha
ko‘pgina ishlar bajarildi va bajarilmoqda. Chunonchi, 2012 yilda
O‘zbekiston Respublikasining «Xususiy mulkni himoya qilish va
mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 15 may sanasida
chiqargan «Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni
ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi
to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni aynan
mazkur sohadagi muhim hujjatlardan biri bo‘ldi. Mazkur farmon asosida
respublika iqtisodiyotida xususiy mulkning o‘rni va rolini tubdan oshirish,
xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi to‘siq va
cheklovlarni bartaraf etish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish,
yalpi ichki mahsulotda xususiy mulk, jumladan, chet el kapitali
ishtirokidagi ulushini izchil oshirish asosiy vazifa etib belgilandi.
Shuningdek, xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni
ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi
to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi.
Mazkur dasturning 2-bandi birinchi va uchinchi xatboshilariga ko‘ra,
«Huquqni muhofaza qiluvchi, nazorat qiluvchi va boshqa organlarning
mansabdor shaxslarining javobgarligini oshirish maqsadida:
qonuniy tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik, xususan
tadbirkorlik faoliyati erkinligini himoya qilish sohasidagi qonunchilikni bir
necha bor buzganlik uchun xattoki jinoiy javobgarlikni qo‘llash;
241
xususiy mulkdorlarning huquqlarini buzish, ularga zarar yetkazish, ya’ni
mulk huquqini qonunga xilof ravishda cheklash va (yoki) undan mahrum
etish, xususiy mulkka tajovuz qilish, nomaqbulligi oldindan ayon bo‘lgan
shartlarni mulkdorga majburan qabul qildirish, shu jumladan mol-mulkni
yoki mulkiy huquqlarni topshirishni asossiz ravishda talab qilish,
shuningdek mulkdorning mulkini olib qo‘yish yoxud uni o‘z mol-mulkiga
bo‘lgan huquqidan voz kyechishga majburlaganlik uchun Ma’muriy
javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga hamda Jinoyat kodeksiga qo‘shimchalar
kiritish nazarda tutildi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yuqorida qayd
etilgan Qarori asosida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining
«O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulk,
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni
ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga
qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarni kiritish to‘g‘risida»gi Qonuni
ushbu yo‘nalishdagi muhim qadam hisoblanadi, zero u xususiy mulkni
qo‘llab-quvvatlash va daxlsizligini ishonchli ta’minlash bo‘yicha chora-
tadbirlarni normativ-huquqiy jihatdan mustahkamlash maqsadida ishlab
chiqilgan.
Mazkur qonun qabul qilinishi bilan O‘zbekiston Respublikasining
Jinoyat, Jinoyat-protsessual, Fuqarolik, Uy-joy, Soliq, Ma’muriy
javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslariga hamda «Dehqon xo‘jaligi
to‘g‘risida»gi, «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari
to‘g‘risida»gi qonunlarga bir qator o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
Shuningdek, JKning 192
1
-192
11
-moddalarini
o‘zida jamlagan
Tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilish, qonunga xilof ravishda aralashish
bilan bog‘liq jinoyatlar hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning
huquqlari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qiladigan boshqa jinoyatlar
deb nomlanuvchi XIII
1
bob ham ushbu qonun asosida kiritilgan.
Xususan, Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi
kodeksga xususiy mulkni himoya qilish va xususiy tadbirkorlik
huquqlarini himoyalashning kafolatlarini ta’minlash uchun mulkdorning
manfaatlariga ancha miqdorda zarar yetkazgan holda mulk huquqini
242
qonunga xilof ravishda cheklash va undan mahrum qilishga qaratilgan
harakatlarni sodir etish, nomaqbulligi oldindan ma’lum bo‘lgan shartlarni
mulkdorga majburan qabul qildirish, shu jumladan, uning mol-mulkini
tortib olib qo‘yishda aybdor shaxslarning, jumladan, mansabdor
shaxslarning javobgarligini oshirish maqsadida kiritilayotgan qo‘shimcha
xususiy mulk huquqini buzish haqidagi yangi moddada o‘z aksini topdi.
Sharhlanayotgan 192
1
-modda aynan xususiy mulk huquqini buzganlik
uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutadi. Biroq, mazkur normaning
qo‘llanilishida ma’muriy preyuditsiya mavjudligini ko‘rishimiz mumkin.
Ya’ni, xususiy mulk huquqini buzganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortish
uchun nazorat qiluvchi, huquqni muhofaza qiluvchi hamda boshqa davlat
organining va davlat tashkilotining mansabdor shaxsi yoki xizmatchisi
xususiy mulk huquqini buzganligi uchun ilgari MJtKning 241
1
-moddasi
bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan bo‘lishi lozim hisoblanadi.
Mazkur normaning MJtKning 241
1
-moddasidan farqli jihati shundaki,
nazorat qiluvchi, huquqni muhofaza qiluvchi hamda boshqa davlat
organining va davlat tashkilotining mansabdor shaxsi yoki xizmatchisiga
nisbatan jarima ma’muriy jazosi qo‘llanilgan bo‘lishidir.
Jinoyatning
Do'stlaringiz bilan baham: |