O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY GVARDIYASI
HARBIY-TEXNIK INSTITUTI
M.X. RUSTAMBAYEV
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
JINOYAT HUQUQI
K U R S I
IV TOM
MAXSUS QISM
IQTISODIYOT SOHASIDAGI JINOYATLAR.
EKOLOGIYA SOHASIDAGI JINOYATLAR.
HOKIMIYAT, BOSHQARUV VA JAMOAT
BIRLASHMALARI ORGANLARINING
FAOLIYAT TARTIBIGA QARSHI
JINOYATLAR
Oliy ta’lim muassasalari uchun darslik
(2-nashr, to‘ldirilgan va qayta ishlangan)
TOSHKENT
UO‘K -343.46(575.1)
KBK - 67.408(5O’)
R-92
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti kengashida
ma’qullangan.2018 yil 29 iyundagi 9-sonli bayonnoma
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik sifatida
tavsiya etilgan. 2018 yil 15 avgustdagi 718-sonli buyrug‘i
Rustambayev M.X. O‘zbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi. Tom 4. Iqtisodiyot
sohasidagi jinoyatlar. Ekologiya sohasidagi jinoyatlar. Hokimiyat, boshqaruv va jamoat
birlashmalari organlarining faoliyat tartibiga qarshi jinoyatlar. Darslik. 2-nashr, to‘ldirilgan va
qayta ishlangan – T.: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti, 2018. –
52
9
bet.
Mazkur darslik O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga 2018 yil 1 noyabrgacha kiritilgan
qo‘shimcha va o‘zgartishlar inobatga olingan holda tayyorlangan. Unda amaldagi qonun hujjatlari,
tergov va sud amaliyoti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorlari asosida jinoyat
huquqining Umumiy va Maxsus qismi masalalari yoritilgan.
Darslik besh tomdan iborat. Birinchi va ikkinchi tomlar JKning Umumiy qismiga bag‘ishlangan.
Birinchi tomida jinoyat qonuni va jinoyat to‘g‘risidagi ta’limot masalalari yoritilgan. Ikkinchisida
jazo, javobgarlik va jazodan ozod qilish, jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa choralari yoritilgan.
Uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi tomlar JKning Maxsus qismi normalarida nazarda tutilgan
jinoyatlar uchun javobgarlik masalalariga bag‘ishlangan. Muallif tomonidan barcha jinoyatlar
tarkibining belgilari tahlil qilingan, ularni kvalifikatsiya qilish masalalari, o‘xshash jinoyatlar
tarkiblarini farqlash muammolari ko‘rib chiqilgan.
Darslik yuridik oliy o‘quv muassasalari bakalavr va magistrlari, Bosh prokuratura Akademiyasi
tinglovchilari, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti kursantlari,
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi tinglovchilari, o‘qituvchilarga mo‘ljallangan,
shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari va jinoyat huquqi muammolari bilan
qiziquvchi shaxslar tomonidan foydalanilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |