Maxsus qism iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar. Ekologiya sohasidagi jinoyatlar



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/444
Sana21.05.2022
Hajmi2,58 Mb.
#606204
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   444
Bog'liq
1adf65d2c470323c234b166b15972e86 JINOYAT HUQUQI KURSI 4 tom

oshkor kilinishidan 
qo‘rqib 
tovlamachining talablarini bajargan bo‘lsa, demak jabrlanuvchi ushbu 
ma’lumotlarning sir saqlanishini xohlagan bo‘ladi. Ma’lumotlarni oshkor 
qilish deganda, jabrlanuvchining fikricha, oshkor qilinishi noma’qul 
bo‘lgan (masalan, farzandlikka olish, kasallik, sudlanganlik to‘g‘risidagi 
va h.k.) axborotlarni boshqa shaxslarga ma’lum qilish tushuniladi. Aybdor 
shaxs ma’lumotlarni og‘zaki, xat, telefon, faks orqali va boshqa tarzda 
oshkor qilishi mumkin. Ma’lumotlarni oshkor qilish usuli 
tovlamachilikning kvalifikatsiyasiga ta’sir qilmaydi. 
Jabrlanuvchini o‘z mulki yoki mulkka bo‘lgan huquqini berishga 
majbur qiladigan sharoitga solib qo‘yish 
deganda, aybdorning jabr-
lanuvchini noilojlik tufayli, o‘z xohishiga qarshi tovlamachining talablarini 
bajarish (masalan, elektr energiyasini uzib qo‘yish, gazni o‘chirib qo‘yish, 
transport vositasini bermaslik, neft mahsulotlari bilan ta’minlamaslik va 
h.k.)ga majbur qiladigan har qanday harakatlarni sodir etishi tushunilishi 
lozim. 
Tovlamachilik o‘zganing mulkini yoki mulkka bo‘lgan huquqini 
topshirish, mulkiy manfaatlar berish yoxud mulkiy yo‘sindagi harakatlarni 
sodir etish talab qilingan paytdan e’tiboran 
tugallangan 
jinoyat deb 
hisoblanadi. 
Tovlamachilikni bosqinchilik va talonchilikdan farqlashda 
tovlamachilikda zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish mulkni zo‘rlik 
ishlatayotgan vaqtda emas, balki kelajakda qo‘lga kiritishga qaratilishiga 
e’tibor berish lozim. Agar qo‘rqitish amalga oshirilsa, qilmish JKning 
tovlamachilik uchun javobgarlik belgilangan moddasi va asoslar 
bo‘lganda, qo‘rqitish amalga oshirilayotganda sodir etilgan harakat uchun 
46 


javobgarlikni nazarda tutuvchi moddasi bilan ham tavsiflanishi lozim. 
Tovlamachilikni tugallangan deb topish uchun aybdorga mulk yoki 
mulkka bo‘lgan huquqning topshirilganligi ahamiyatga ega emas. 
Tovlamachilik o‘zganing mulkini yoki mulkka bo‘lgan huquqini 
topshirish, mulkiy manfaatlar berish yoxud mulkiy yo‘sindagi harakatlarni 
sodir etishni talab qilingan paytdan e’tiboran tugallangan hisoblanadi. 
Bunda ushbu talablarning bajarilganligi ahamiyat kasb etmaydi. Ammo, 
tovlamachiga mulk yoki mulkiy huquqni bergan jabrlanuvchi mulkning 
mulkdori, egasi bo‘lmay, unga mazkur mulk ishonib topshirilgan 
(sotuvchi, kassir) yoki uning muhofazasida (qorovul, maxsus qo‘riqlov 
xizmati) bo‘lsa, bu holda tovlamachi talabini qondirishga qaratilgan 
harakatlar bilan qonunga xilof ravishda o‘zganing mulkini egallash 
o‘rtasida bog‘liklik, aloqadorlik mavjud bo‘ladi. Talon-toroj qilingan 
mulkka nisbatan jabrlanuvchi vakolatlarining mavjudligi yoki mavjud 
emasligiga ko‘ra uning qilmishi o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan 
talon-toroj qilish (agar mulk shaxsga ishonib topshirilgan yoki uning 
ixtiyorida bo‘lsa) yoki o‘g‘rilik (agar mulk shaxsga ishonib topshirilmagan 
yoki uning ixtiyorida bo‘lmagan bo‘lsa) jinoyati tarkibini beradi. Bu holda 
jabrlanuvchining harakatlarida ham jinoyat alomatlari bo‘lishi mumkin. 
Ammo, shaxs oxirgi zarurat holatida harakat qilgan bo‘lsa (tovlamachi 
jismoniy zo‘rlik ishlatgan bo‘lsa), mulk ishonib topshirilgan shaxs 
javobgarlikka tortilmaydi. 

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish