Savol va topshiriqlar
1. Yordamchi maktabda baholashning qanday turlari bor?
2. Yordamchi maktabdagi baholashning ommaviy maktabdagi baholashdan
farqi nimada?
3. Baholashning qanday vazifalari mavjud?
4. Bilimlami chorak va yakuniy tekshirishning qanday shakllari bor?
5. Baholashning mezonlari haqida tushuncha bering.
103
4-BOB. YORDAMCHI MAKTABLARDA
TARBIYA NAZARIYASI
4.1. Yordamchi maktablarda o ‘quvchilami tarbiyalashning maqsadi,
vazifasi, tamoyillari va usullari
Insonning insoniyligi uning m a’naviy va axloqiy jihatdan qalbi pokligi,
halolligi, barkamolligi bilan belgilanadi.
M a’naviy tarbiya insoniy tarbiyaning eng muhim bosqichidir.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov «Ma’naviyat va
m a’rifat» jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va
samaradorligini oshirish to ‘g‘risida»gi Farmonida: «Jamiyatda yuksak
m a’naviy fazilatlami kamol toptirish, yoshlami boy madaniy merosimiz,
tarixiy an ’analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarimizga sadoqat ruhida
tarbiyalash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlaming
hal qiluvchi omilidir»,1 — deb ta’kidlaydi.
T arbiya nazariyasi yangi in so n ni sh akllan tirish n in g um um iy
qonuniyatlarini ochib beruvchi yetakchi ilmiy g‘oyalar tizimidan iborat.
Tarbiya nazariyasi — tarbiyaning mazmuni, uning bolalar yoshiga bog‘liqligi,
tarbiya tamoyillari hamda ulardan samarali foydalanish shart-sharoitlari,
o ‘quvchilarning m aktabdan tashqari ishlari, m aktab, oila, m ehnat
jamoalari, jamoatchilikning bola tarbiyasidagi birgalikdagi ishlar mazmunini
ochib beradi. Tarbiya nazariyasi va usullari maktablardagi tarbiyaviy
faoliyatning ilmiy asosini tashkil etadi. Ammo tarbiyani ta’limdan umuman
ajratib qo‘yish mumkin emas. 0 ‘qish keng ma’noda tarbiya deb atalgan
gulning yaprog‘i, xolos. Gulga chiroy baxsh etadigan yaproqlaming hammasi
birdek bo‘lgani kabi tarbiyada ham asosiy va ikkinchi darajali narsa bo'lmaydi.
Demak, malakalarda sof tarbiya bo‘lmaganidek, sof ta’lim ham bo‘lishi
mumkin emas. Ayniqsa, yordamchi maktablarda tarbiyalab ta’lim berish
va bilim berib tarbiyalash juda zarur.
Bizga m a’lumki, har qanday jarayon m a’lum biror natija olishga
qaratiladi. Jarayon natijasiz bo‘lishi mumkin emas. Aks holda holat jarayon
'I.A.Karimovning «M a’naviyat va m a ’rifat» jam oatchilik markazi faoliyatini yanada
takomillashtirish va samaradorligini oshirish to‘g‘risida»gi Farmoni. Toshkent sh., 1996-yil 9-sentabr.
« 0 ‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasi, 1996-yil 13-sentabr, 37-son.
104
b o ia olmaydi. Zero, tarbiya ham jarayondir. Tarbiya jarayonidan qanday
mahsulot olamiz. Uning asosiy natijasi har tomonlama yetuk, uyg'un,
kamol topgan shaxsni shakllantirishdir. Bu jarayon ikki yoqlama bo‘lib,
uyushtirishni va rahbarlikni ham , tarbiyalanuvchi shaxsning faollik
ko'rsatishini ham taqozo qiladi. Ammo bu jarayonda
0
‘qituvchi, tarbiyachi
yetakchi rol o ‘ynaydi, chunki u tarbiyaning umumiy maqsadlarini amalga
oshirish reja va dasturini ishlab chiqadi, tarbiya shakllari, usullarini asosli
tarzda tanlab oladi va hayotga tatbiq etadi.
Yetuk shaxs tarbiyalash tarbiyaning yakuniy maqsadidir. Tarbiya
tizimining tuzilishini g‘isht, beton plitalari, temir materiallari va boshqa
detallardan iborat qurilish bilan qiyoslash mumkin. Qurilishda har bir
detal, buyumning o ‘z vazifasi bo‘lib, ayni vaqtda muayyan darajada
umumiy vazifalami ham bajaradi. Ammo, ayni vaqtda eng yuqori sifatli
buyumlar to ‘plami imorat bo‘lib qolmaganday, tarbiya jarayonining ham
alohida qismlari, komponentlari zarur natijani bermaydi. Buning uchun
tarbiyada barcha detallar: maqsad, vazifalar, mazmun, shakllar, usullar
umumiy, birga bo‘lishi kerak. Shaxs tarbiyasida atroflicha yondashish
obyektiv ravishda aqliy, g ‘oyaviy, axloqiy, estetik va jismoniy tarbiya
birligini,
0
‘quvchilar ongi, xulq-atvori va faoliyatining birligini, tarbiya
jarayonida tashkil etishning individual, guruhli va ommaviy shakllarini
qo‘shib olib borishni ta ’minlaydigan kompleks pedagogik tizimlami vujudga
keltirishni hamda bu tizimlarning amaldagi tatbig‘ini talab etadi. Tarbiya
jarayoni shaxsning ijtimoiy-qadrli fazilatlarini shakllantirishga, uning
atrofga, odamlarga, o ‘ziga nisbatan munosabatlari doirasini vujudga
keltirishga va kengaytirishga qaratilgandir.
Shaxsning turmushdagi turli jihatlariga munosabatlari tizimi qanchalik
keng, xilma-xil va chuqur bo‘lsa, uning o ‘z m a’naviy dunyosi shunchalik
boy boiadi.
0 ‘z tabiatiga ko‘ra tarbiya jarayoni ko‘p omilli mazmunga ega. Buning
ma’nosi shuki, bola shaxsining qaror topishi maktab, oila, jamoatchilik,
ijtimoiy muhit va yaqin atrofdagi vaziyatning xilma-xil, bevosita va bilvosita
ta’siri ostida ro‘y beradi. Hamma narsa: ota-onalar, boshqa odamlar, narsalar,
voqealar, pedagoglar tarbiyalaydilar. Tarbiya jarayoni boshqariladigan
xarakterga egaligi bilan ajralib turadi.
Tarbiya uzoq davom etadigan va aslida uzluksiz jarayon bo‘lib, bu jarayon
bola maktabga kelishidan ilgariyoq boshlanadi hamda butun umr bo'yi davom
etadi. Tarbiya jarayonining natijalari odatda bir xil xarakterda boMmaydi. Bu
narsa ko‘pgina sabablarga, o‘quvchilaming individual ti pologik tafovutlariga,
ulaming hayotiy va ma’naviy tajribasiga, shaxsiy munosabatiga bog‘liq. Shuning
uchun bir xil tarbiyaviy ta’siming o‘zi «shaxsning hissiy larzaga kelishiga»
olib kelsa, ayni vaqtda boshqa bola m a’naviy dunyosiga ta’sir qilmasligi
mumkin.
105
Tarbiya jarayoni, odatda, qayta tarbiyalash aqli zaif bolaning atrof-muhitda
u yoki bu hodisalar bilan salbiy aloqasi natijasida vujudga keladigan
munosabatlar va shaxs xususiyatlarini bartaraf etish bilan qo‘shib olib boriladi.
Yuksak darajaga erishadigan tarbiya jarayoni o'z-o‘zini tarbiyalash vazifasini
bajaradigan tarbiyadir. Tarbiya dialektik jarayon ekanligini unutmasligimiz
darkor. Bola atrof-muhitning murakkab olami bilan xilma-xil munosabatlarga
kirishadi. Mavjud tarbiya jarayonida bu holatni hisobga olmaslik mumkin emas.
Bu holat tarbiya jarayoniga puxtalik, jo ‘shqinlik, o‘zgaruvchanlik olib kiradi.
Tarbiya vositalarining hech biri doimiy bo‘la olmaydi. Chunki bola o‘zgarib,
rivojlanib, murakkablashib boradi, tarbiyajarayonining alohida dialektikasiga
yana shu narsa sabab boiadiki, tarbiyalanuvchi bu jarayonda obyektgina emas,
balki ko'pincha subyekt sifatida ham qatnashadi. Umuman tarbiyada «subyekt»
va «obyekt» tushunchalari bir-biri bilan chambarchas aloqada bo‘lib, bir-
birini taqozo etadi. Tarbiya jarayonining dialektikasi uning ziddiyatli ekanligida
namoyon bo‘ladi. Aslida bu narsa tarbiyalanuvchilarga nisbatan qo‘yiladigan
talablar bilan ulaming tayyorgarlik darajasi, rivojlanish darajasi o‘rtasidagi
qarama-qarshilikni hal etishga qaratilgandir.
Dialektikaga binoan har qanday rivojlanishning harakatlantiaivchi kuchi
ichki omillardir. Ammo ular namoyon bo‘lishi uchun qulay tashqi sharoitlar
yaratilgan taqdirdagina rivojlanish mazmuni va yo‘nalishini belgilaydi. Bolaning
ichki kuchlari tashqi ta’sir ostida tarkib topib, o‘zgarib, shaxsning o‘z rivojidagi
yuksakroq darajaga o ‘tishi uchun sharoit yaratadi. Tarbiya jarayonining
harakatlantiruvchi kuchi bilan ziddiyatlar tashqi va ichki bolishi mumkin.
Tashqi ziddiyatlar obyektiv mavjud boigan narsa bilan atrofdagi kishilar
yurish-turishi o‘rtasidagi nomuvofiqlikda, tafovutda namoyon bo‘ladi. Ko‘pincha
yordamchi maktab o'quvchisi tengdoshlari va katta yoshdagilaming ijtimoiy
normalarga zid xatti-harakat qilganliklarining guvohi bo‘ladi. Taibiya jarayonining
tashqi ziddiyatlaridan biri tashqi talablar bilan aqli zaif o‘quvchining o‘z
xulq-atvori o‘rtasidagi ziddiyatdir. Tarbiya jarayonining obyekti boigan aqli
zaif bolaning xarakterli xususiyati uning real imkoniyatlari bilan, jamiyat
tom onidan uning xulq-atvori va faoliyatiga qo‘yilgan talab o ‘rtasida,
tarbiyalanuvchining munosabati bilan uning mustaqillikka intilishi o'rtasidagi
ziddiyatdan iboratdir. Yordamchi maktab o‘quvchisi talablari bilan uning
imkoniyatlari o‘rtasidagi ziddiyat ham ichki ziddiyatlar jumlasidandir. Bu
ziddiyat xulq-atvorda ravshan ifodalanishi mumkin: va’da berib, uni bajarmaslik,
biror ishni boshlab oxiriga yetkazmaslik va boshqalar. U holda tarbiya jarayonida
nizoli vaziyat vujudga keladi. Insonning shaxs sifatida kamol topishidagi asosiy
manbalardan biri talablar bilan ularni qondirish usullari o ‘rtasidagi ziddiyatdir.
Agar yordamchi maktab o ‘quvchisining talablari tegishli ashyo yoki harakat
bilan va zarur hajmda qondirilsa, ziddiyat ilk bosqichdayoq bartaraf etiladi
yoki to‘g‘rilanadi. Aslida esa bola talablari darhol, to‘la qondirilmaydi. Buning
oqibatida turli ziddiyatlar kelib chiqadi va asabiy holat yuz beradi. Tarbiya
106
jarayonini iJmiy asoslangan tarzda olib borish uchun uning qonuniyatlarini
chuqur o‘rganish talab qilinadi. Bu qonuniyatlar vazifalaming muayyan
rivojlanishi uchun sharoit yaratuvchi sabab va oqibat o'rtasidagi muhim,
zarur ichki aloqalarning ifodasi sifatida namoyon bo‘ladi.
L. S. Vigotskiyning ta’kidlashicha, bolani maksimal darajadagi ijtimoiy
mavjudot deb atash mumkin. Bolaning tashqi dunyoga har qanday, hatto
eng oddiy ibtidoiy munosabati ham hamisha boshqa odamga munosabat
orqali aks etgan bo‘ladi. Ko'pgina faktlar, narsalar shundan dalolat beradiki,
bola qoiidagi o'yinchoq ko‘pincha kattalar bilan muomala vositasi bo‘ladi.
Bolalar kattalardan yordam olish uchun emas, balki muomalaga bo‘lgan
ehtiyojini qondirish uchun ham o‘yinchoqqa murojaat qiladi. Aqli zaif bolalar
muomalasi ular faoliyatining o ‘ziga xos turi bo‘lib, bunda boshqa bir odat
narsa sifatida namoyon bo‘ladi. Bu faoliyatda muayyan mazmun (o‘qish,
dars tayyorlash, model yasash, gaplashish, sayrga chiqish) boshqa bolalar
bilan muomala usuligina hisoblanadi. Yoshlardagi muomala tengdoshlarini va
o'zini bilishning muhim vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Aqli zaif
0
‘quvchi shaxs bo'Iib shakllanishi uchun faoliyat turlari to‘g‘ri
tashkil etilgan bolishi kerak. Shakllanayotgan shaxs faoliyatining asosiy turlari
korreksion pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq tarzda tashkil etilgan
taqdirdagina tarbiyaviy jarayon vositalari bo‘la oladi. Faoliyatning ijtimoiy-
foydali bo‘lishining o ‘zi kifoya emas, u aqli zaif o ‘quvchining o ‘zini
qanoatlantirishi, o‘quvchining shaxsiy idealiga to‘la mos kelmasa-da, asosiy
xususiyatlari bilan muvofiq kelishi kerak. Bola nima qilayotganligini, shu
paytda unda qanday ruhiy kechinmalar ro‘y berayotganini va u nimaga
erishayotganligini, atrofdagilarga qanday munosabatda bolayotganligini ham
nazarda
tutish muhim.
Yordamchi maktablarda turli faoliyatlar ichida o‘yin alohida ahamiyatga
ega. 0 ‘yin jarayonida bola o‘z kuchlarini sinaydi va o‘zi yaratgan narsalarga
mustaqil ravishda egalik qiladi. Aqli zaif bolalarning o‘yin faoliyati maktabgacha
bo‘lgan yoshda vujudga kelib, o‘z rivojlanishida ibtidoiy taqlid qilish shaklidan
to murakkab rolli o‘yingacha bo‘lgan yo‘lni bosib o ‘tadi. Dastlab bolalarning
o'yini odamlarning predmetli faoliyatiga o‘xshab ketadi, so‘ngra ular o‘yinda
kishilarning o ‘zaro munosabatlari, ijtimoiy yurish-turish normalari va
qoidalarini aks ettiradilar. Maktab yoshidayoq bolalar ularni hayot va
faoliyatning jamoa shakllariga o'rgatadigan jamoa o‘yinlarini afzal ko‘radilar.
Kuzatishlaming ko‘rsatishicha, o‘yin vaziyatlari bolalarning hissiy idrokini
boyitadi, qiziqishini oshiradi, tasavvur, fikr yuritish faoliyatlarini
rivojlantiradi va o ‘zlarining istak va kayfiyatlarini muayyan talablarga
bo‘ysundirishga o‘rgatadi.
Bola o‘yinda o ‘zini qanday tutsa, katta bo‘lganidan keyin ko‘p jihatdan
o ‘zini ishda shunday tutadi. 0 ‘yinda ixtiyoriylik asosiy rol o‘ynaydi, mehnat
esa, ko‘pincha majburiy xarakter kasb etadi. 0 ‘yinga kirishish payti
107
bolalarning istagiga bog‘liq bo‘ladi, mehnat faoliyati esa burchga asoslanadi.
Ammo xohish, ixtiyoriylik, istak bo‘lmagan mehnat bolaga og‘ir botadi.
Shu mazmundagi o ‘yin ham majburiy tus oladi, aqli zaif bolaga yoqmaydi.
0 ‘yin, yuzaki qaraganda, betashvish, yengil tuyuladi. Aslida esa, o ‘yin
ijrochidan g‘ayrat, bardosh, uyushqoqlik talab etadi. Shuni qayd etish
kerakki, har qanday o ‘yin tarbiya vositasi bo‘la olmaydi. 0 ‘yin faoliyatiga
pedagogik rahbarlik aqli zaifbola e ’tiborini asta-sekin, lekin tobora ko‘proq
o ‘yin o ‘rnini egallaydigan mehnat sohasiga bosqichma-bosqich qaratishni
taqozo etadi. Bolalarning o‘yin faoliyatini tezlashtirish, unga kattalarga xos
elementlami kiritish, bolalar tashabbusi o ‘miga yuqoridan rahbarlik qilish
maqsadga muvofiq emas. Aqli zaif bolalarning o‘qish faoliyati o‘ziga xosligi
bilan ajralib turadi. 0 ‘qish mehnatning eng murakkab turi — aqliy mehnatga
asoslanadi. Aqli zaif o'quvchilarda bilimlarni, malaka va ko‘nikmalami
egallash o'qish jarayonidagina emas, balki o'yin va mehnat jarayonida
ham ro‘y beradi.
Aqli zaif bolalar m ehnatning ijtimoiy ahamiyatini to ‘la tushunib
yetmasliklari natijasida ularning ayrimlarida mehnatga nisbatan salbiy
munosabatlar ham shakllanadi. Turli xil mehnat turlarida mashq qilish,
ularni doimo boyitib, takomillashtirib borish orqaligina aqli zaif bolalar
faoliyatning mustaqil usullariga o ‘tadilar, o ‘zlarini shaxs sifatida anglay
boshlaydilar. Inson birorta axloqiy yoki m a’naviy fazilatni tayyor holda,
meros shaklida olmaydi. Bularning hammasi faoliyat jarayonida, awalo
mehnatda tarbiyalanadi, rivojlanadi, shakllanadi va takomillashib boradi.
Yordamchi maktablarda
0
‘qituvchi va tarbiyachilar bolalarning mehnat
faoliyatini to ‘g‘ri tashkil etib, ularni mehnatga faol jalb eta olsa, bu faoliyat
tarbiyaning yetakchi vositasi sifatida qollanilishi mumkin.
Tarbiyalash aqli zaif bolalarga qanday ishlami qilish-qilmasfik haqida
ko‘rsatma berishdangina iborat emas. Tarbiyalanuvchi ana shunday xatti-
harakatlarning ijtimoiy mazmunini anglab olishiga, unda to ‘g‘ri xatti-
harakatlarning ijtimoiy yoki shaxsiy qadri borligiga ishonch hosil bo‘lishiga
erishish kerak.
Aqli zaif bolalarda ko‘p hollarda shaxc motivlari bilan harakatlari o‘rtasida
bir xil bog‘liqlik yo‘qligini aytib o‘tish muhim. Juda katta istak bo‘lishiga
qaramay, ko‘pincha harakat mutlaqo ro‘y bermaydi. Aqli zaif bolalar
psixologiyasida uning xulq-atvorini yo‘naltirib turadigan boshqa omillar
ham borki, ular orasida shaxsning intellektual va hissiy-irodaviy faolligi
muhim ahamiyatga ega. Yordamchi maktablardagi tarbiyaviy jarayon
shaxsning ehtiyoj, motivlarini qanchalik boyitsa va qayta qursa, uning
intellektual va hissiy-irodaviy faolligini qancha ko‘proq rivojlantirsa, bu
jarayonning samaradorligi shuncha yuqori bo‘ladi.
Aqli zaif o ‘quvchiga mehnatning foydali va qadrli ekanligini qancha
uqtirmang, agar bola mehnatning ta ’sirini, charchoqni, mehnat zavqini
108
o‘zi tatib ko‘rmasa, ko‘ngildagi natijaga erishib bo‘lmaydi. Shu sababli
yordamchi maktabda tarbiya ishining asl mohiyati bola bilan o‘tkaziladigan
turli suhbatlarda emas, balki bola hayotini tashkil etishdadir. Tarbiya ishi
awalo tashkilotchining ishidir.
Xulq-atvor ko‘nikm alari va odatlari bamisoli insonning zaruriy
ehtiyojiga aylangan harakatlar va xulq-atvoming barqaror shakllari bo‘lib,
ularning bajarilmasligi noxush, ko‘ngilsiz, ba’zan og‘ir oqibatlarga olib
keladi. Inson qanchalik ko‘p oqilona va foydali ishlarni o‘zi uchun odat
qilib olsa, uning hayoti shunchalik mazmunli, samarali bo'ladi. Yaxshi
odat insonning axloqiy boyiigi ekanligi barchaga m a’lum. Odob to ’g'ridan-
to ‘g‘ri shaxsiy xususiyat b o ‘lm asdan, balki m uayyan sharoitlarda
tarbiyalanib boradi.
Abu Ali ibn Sino odamning oliy asab faoliyatini o ‘rganar ekan, bu
faoliyatning nihoyatda moslanuvchan ekanligini doimo ta’kidlar edi. Hech
narsa harakatsiz, ta ’sirsiz qolmaydi, balki hamma riarsaga hamisha erishish
mumkin, yaxshi tomonga o'zgartirish mumkin, buning uchun faqat tegishli
sharoitlar yaratilishi lozim. Bu so'/larda o'quvchi faoliyatining rivojlanishiga
ishonch, pedagogik optimizm, tarbiyaning g'ovat katta imkoniyatlarini
tan olish ifodalangan. Ajab emaski, Abu Ali ibn Sino shu katta, juda
sermazmun jumlasida aqli zaif bolalarni ham nazarda tutg an bo‘lsa.
I.P.Pavlov va uning shogirdlari asarlarida ta ’lim-tarbiya jarayoni
murakkab, ko‘p tom onlam a, shartli reflektor aktidan iborat ekanligi
tasdiqlangan. Tarbiya va ta’lim vositasi bilan tashqi ta ’sir hamda muayyan
javob faoliyati o ‘rtasida shartli refleks deb ataladigan aloqa vujudga keladi.
Organizmga bir necha bor takrorlanadigan sistematik ta ’sir dinamik
stereotipni, shartli bog‘liqlikni vujudga keltiradiki, bu bogiiqlik muayyan
darajada doimiylik, stabillik, barqarorlik xususiyatiga ega bo‘ladi.
.Asab tizimining bu xususiyatini bilgan pedagoglar bir xil harakatlarni,
bir xil ishlarni ko‘p marta takrorlash asosida aqli zaif o‘quvchilar xulq-
atvorining mustahkam ko‘nikma va odatlarini hosil qilish imkoniyatlariga
ega boladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |