1 — 2-sinflarda jurnalga ham, daftarga ham yomon baho qo‘yilmaydi.
Yordamchi maktab o‘qituvchisi o‘quvchilarini og‘zaki «a’lo», «yaxshi»
deb rag‘batlantiradi. Yordamchi maktab o‘quvchilarida bunday rag‘batlantirish
muhim ahamiyatga ega. Ular o‘z kuchlariga ishona boshlaydilar. Yordamchi
maktabda o'qituvchining umuman bunday baholashi aqli zaif o‘quvchi
shaxsini emas, balki ko'rsatgan sifatlarini baliolaslini nazarda tutadi. Bu hoi
o'qituvchi va o'quvchi o‘rtasidagi munosabatlar yanada yaqinlashishida kerakli
omil bo‘lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |