5. Tekshirish va baholash darslari. Yordamchi maktab o‘qituvchilari bunday
darslami o‘iganilayotgan mavzu o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilganiga ishonch
hosil qilgandan so‘ng o‘tkazadilar. Bunday darslar og‘zaki, so‘roq shaklida yoki
yozma ish shaklida o‘tkazilishi mumkin. Shunday qilib, yuqorida keltirilgan har
bir dars turida, uning tuzilishida umumiy elementlar mavjud bo‘ladi. Biroq
dars turidan qat’i nazar, yordamchi maktabdagi darslar bir qancha qism:
tayyoigarlik, asosiy va xulosa qismlaridan iborat bo' ladi.
94
Tayyorgarlik qismining maqsadi o‘quvchilarda ishga tayyorgarlikni vujudga
keltirish, ularni o‘quv jarayoniga kirishishiga imkon yaratishdan iborat.
D arsning bu qismi bir qancha elem entlardan: a) o ‘quvchilar ish ini
uyushtirish va darsga tayyorlash; b) darsdagi mashg‘ulotlarga o‘quvchilami
psixologik tayyorlash; d) o'quvchilaming darsga didaktik tayyoigarligidan tashkil
topadi.
0 ‘quvchilami o‘quv ishiga tayyorlash uchun o‘qituvchi ular diqqatini
faollashtiradi, yordamchi maktab o ‘quvchilarining asab sistemasini optimal
holatga keltirishga qaratilgan alohida mashqlar tanlaydi. Bunga tashkil qilingan
paytdan keyin 5—6 daqiqa va tayyorlov vaqt ajratiladi. Tayyorlovchi mashqlar
darsdan keyingi ishlar mazmuni bilan bog'liq bo‘lishi kerak. Mazmunga ko‘ra
ular har xil bo'ladi: rasmlami, buyumlami ko'rish, ular to‘g‘risida suhbat
o‘tkazish. Nutq bilan bog‘langan o‘yinlar, ertak va hikoyalar eshitish, buyumni
tanish, tasniflash, ajratish bo‘yicha amaiiy topshiriqlar, diafilmlar namoyish
qilish.
Sinfda o ‘qituvchining uy vazifasini tekshirish!, o‘tilganlarni takrorlash
asosida yangi materialni o'zlashtirishga o ‘quvchilarni tayyorlashi katta
ahamiyatga ega. Bu darsning tayyorgarlik bosqichiga jonli kirishib,
o'quvchilarga savollar berib, mustaqil bajarilgan ishlarni ko‘z yugurtirib
tekshirish, topshiriqni bajarish, natija va yechimini tekshirish shaklida tashkil
qilinadi. Tekshirish qaysi shaklda olib borilmasin, u yangi materialni
oYganishga kirishishda katta ahamiyatga ega. 0 ‘quvchilarning didaktik,
psixologik tayyorgarligi ularni faqat yozuv asboblari bilan, ko‘rgazmali
qurollar bilan ta’minlash bilangina belgilanmay, balki dars mazmunini
aniq ta’riflash bilan ham belgilanadi. Ayni shu bosqichda o ‘qituvchi bolalarga
ular darsda nim ani o ‘rganganlarini va buning amaiiy aham iyatini
tushuntiradi.
0 ‘quvchilarni yangi m aterial bilan tanishtirish, uni o ‘rganish,
sistemalashtirish va o ‘tilganlarni chuqurlashtirish, bilim, ko‘nikma va
malakani mustahkamlash va o ‘quv materiallarini takrorlash—bulaming
hammasi darsning asosiy qismiga kiradi.
Darsning yakunlovchi qismida esa o ‘quvchilaming ishlari baholanadi va
ular mustaqil ishlarga jalb etiladi, ya’ni ularga uy vazifalarini bajarish bo‘yicha
aniq yo‘llanmalar beriladi. Bu, ayniqsa, yordamchi maktablarda juda muhim,
chunki uy vazifasi dars davomida qo‘lga kiritilgan bilim, ko‘nikma va malakani
mustahkamlash va kengaytirishga, o'quvchilar faolligi va mustaqilligini
rivojlantirishga, ularda o‘z-o‘zini nazorat qilishni tarbiyalashga xizmat qiladi.
Biroq rivojlantiruvchi ahamiyatga ega bo‘lgan uy vazifasi, sinfda bajarilgan
ishning davomi sifatida qaralganda va o‘quvchilar uni mustaqil bajarishlari
mumkin bolgandagina shunday hisoblanadi. Uy vazifalari o‘quvchilami
qiyinchiliklami yengishga, topshiriqlami o‘z vaqtida bajarishga va mashqlami
bajarishda eng unumli yo'lni topishga o'rgatishi lozim.
95
0 ‘qituvchi o‘quvchilarga uy vazifasini tushuntirib, uni bajarish yo'llarini
ko‘rsatib berishi kerak. Ba’zida butun sinfgagina emas, balki ayrim o'quvchilarga
alohida tushuntirib, individual vazifalar ham topshiriladi. Bundan tashqari,
I.G.Yeremenko darsning yakunlovchi qismida ish joyini tartibga keltirish,
nafas olish uchun jism oniy m ashqlar bajarish, didaktik o ‘yinlar,
topishmoqlar topishni uyushtirishni tavsiya qiladi. Yordamchi maktabda
qaytarish darsning zaruriy elementi bo‘lib hisoblanadi. Qaytarish bola
materialni esidan chiqarmasdan oldin bajarilishi kerak. A.N.Graborov
iborasiga ko‘ra, qaytarish — unutishning oldini olishdir. Shuning uchun
yordamchi maktablardagi darsning har bir bosqichi, aw al o'rganilgan
bilimni yangi shakllarda qaytarish bilan, bilimni amaliy qo‘llash jarayonida
qaytarish bilan bogiiq bo‘lishi kerak. Shunga ko‘ra A.N.Graborov o ‘ziga
xos, ammo majburiy bo‘lmagan, qaytarish alohida o‘rin tutgan dars tuzilishini
taklif qiladi:
1. Dars
0
‘quvchilar tajribasini safarbar qilish bilan boshlanadi.
2. Bu tajriba sistemalashtiriladi.
3. Mavzu bo‘yicha yangi material bayon qilinadi.
4. Yangi va o ‘tilgan material orasida aloqa o ‘matiladi.
5. Material takrorlanadi.
6. Yangi qoidalarga misollar o‘ylab topiladi.
7. Material umumlashtirilib, yakunlovchi qaytarish o‘tkaziladi.
8. 0 ‘quvchilar ongida materialni mustahkamlovchi uy vazifasi beriladi.
Yordamchi maktablardagi qaytarish o ‘zgaruvchan xarakterda bo‘lib,
u bolaning rivojlanishiga imkon yaratishi kerak. U ayni o ‘tiladigan mavzu
bo‘yicha o ‘quvchilarda qanday ko'nikm a va malakani ishlab chiqishi
kerakligini, mustaqil ish turlarini belgilashi kerak. Darsga tayyorgarlik
jarayonida o ‘qituvchi alohida e’tibor talab qiladigan o‘quvchilami belgilab,
awaldan ular uchun alohida savol, uy vazifalari va topshiriqlar tayyorlab,
uni o ‘quvchilarga tushuntirib, bajarish usulini ishlab chiqadi, ayrim
o ‘quvchilar uchun individual topshiriqlar tanlaydi. Tayyorlanish davrida
o ‘quvchilaming bilim, ko‘nikma va malakasini hisobga olish va tekshirish
usullari va turlari ham ishlab chiqiladi.
0 ‘qituvchi dars rejasini tuzadi, agar o ‘quv m ateriali m azm uni
talab qilsa uning qisqacha konspektini ham oladi. Bizningcha, dars rejasida
quyidagi elementlar o ‘z aksini topishi kerak:
1. Dars mavzuining nomi.
2. D arsning asosiy didaktik maqsadlari, ta ’limiy, tarbiyaviy va
nuqsonni tuzatish vazifalari.
3. Darsda foydalaniladigan jihozlar.
4. Darsning tuzilishi, ya’ni darsning asosiy qismlari yoki bosqichlarini,
ularning ketma-ketligi va o'tkazish uchun ketadigan vaqtni taxminan
aniqlash.
96
5. Yangi materialni o‘rganish, mustahkamlash, takrorlashga oid va
navbatdagi mavzularni o ‘rganishga oid ishlarning mazmuni.
6. Darsning har bir qismida bajariladigan o ‘quv ishining metod va
usullari.
7. Darsning borishida o ‘quvchilar olib boradigan individual ish
so‘ralishi kerak bo‘lgan o‘quvchilaming familiyalari.
8. 0 ‘quvchilar bilimini baholash.
9. Uy vazifasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |