1) Futbolchi 400 g massali to’pni tik yuqoriga tepib, unga 30 m/s tezlik berdi.agar bunda to’p 40 m balandlikka ko’tarilgan bo'lsa, havoning qarshiligini yengishga qancha energiya (J) sarflagan ?
A) 20 B) 10 C) 80 D) 40
2) Massasi 30 kg, hajmi 10 dm3 bo'lgan toshni suvda biroz ko’tarish uchun qanday kuch (N) qo’yish kerak? G=1o N/kg
A) 100 B) 50 C) 200 D) 300
3) Avtomobil derazasida tushib ketgan buyum qaysi holda yerga oldinroq tushadi: avtomobil joyida turgandami yoki u harakatlanayotgandammi?
A) ikkala holda ham bir xil vaqtda tushadi
B) avtomobil joyida tinch turganda oldinroq tushadi
C) avtomobil harakatlanayotganda oldinroq tushadi
D) avtomobil harakatiga bog’liq
4) Avtomobil tezlik bilan qavariq ko’prikda haraklanmoqda. Keltirilgan tenglamalardan qaysi biri avtomobilning qavariq ko’prikka bosim kuchini ifodalaydi?
A) F=mg- B) F=mg+
C) F= D) F=mg
5) 8000 km radiusli sferik sayyorada sutkaning davomiyligi 10 soatga teng. Uning 600 kengligida joylashgan nuqtalar sayyoraning sutkalik aylanish hisobiga qanday (m/s) tezlikka ega bo’ladilar?
A) 814 B) 698 C) 1222 D) 872
6) Qayiqda suzib borayotgan ovchi miltiqdan ketma-ket 5 ta o’q otganda qayiq to’xtab qoldi.0dam bilan qayiqning massasi c200kg., bitta o’qning massasi 20 g, uchib chiqish tezligi 800 m/s bo'lsa, qayiqning tezligi qanday (m/s) bo'lgan?
A) 0,1 B) 0,2 C) 0,4 D) 0,8
7) Jism qiya tekislidan ishqalanishsiz 7 m/s2 tezlanish bilan tushmoqda. Qiyalik burchagi qanchaga teng?
A) 300 B) 450 C) 600 D) 900
8) Temir yo’lda massasi 50 t bo'lgan vagon tiribdi. G’ildiraklarning yo’lga ishqalanish koeffisiyenti 0,05 bo'lsa, uni o’rnidan qo’zg’atish uchun qanday kuch(N) bilan ta'sir etish kerak? G=10 m/s2.
A) 2500 B) 10000 C) 250000 D) 25000
9) Agar qiya tekislik balandligining uning asosi uzunligiga nisbati 0,7 ga, tekislik bilan tortib chiqarilayotgan jism orasidagi ishqalanish koeffisiyenti 0,25 ga teng bo'lsa, qiya tekislikning FIKi qanday(%) bo'ladi ?
A) 67 B) 59 C) 78 D) 74
10) Jism H balalndlikdan birinchi marta10 m/s tezlik bilan, ikkinchi marta esa 20 m/s tezlik bilan gorizontal otildi. Jismning ikkinchi marta otilganda Yerga tushish vaqti birinchi marta otilganiga nisbatan qanday bo'ladi? Havoning qarshiligi e’tiborga olinmasin.
A) 2 mara kamayadi
B) 4 marta kamayadi
C) ikkala holda ham tushish vaqtlari teng
D) 2 marta oshadi
11) Velosiped g’ildiragining radiusi 0,4 m. Velosiped 4π m/s o’zgarmas tezlik bilan harakatlanishi uchun g’ildirak sekundiga necha marta aylanishi kerak?
A) 3 B) 2 C) 5 D) 4
12) Ishqalanish koeffisienti 0,03 bo'lgan sirtda 400 kg massali jismni o’zgarmas tezlik bilan tortib ketayotgan gorizontal kuchning qiymatini aniqlang.
A)100 N B) 150 N C) 120 N D) 98,6 N
13) Eni 10 m, uzunligi 20 m va balandligi 6 m bo’lgan omborda umumiy hajmi 200m 3 bo’lgan buyumlar bor. Ombordagi havo massasini toping? Havoning zichligi 1,29kg/m3
A)1 t B)1,2 t C) 1,55t D)1,29 t
14) 200 kg massali jism 10 s ichida 20 m masofani bosib o’tdi. Unga ta’sir etgan kuchni aniqlang.
A) 100 N B) 800 N C) 80 N D)1000 N
15) Dinamometr prujinasiga osilgan 300 g li jism pruginani 15 sm ga cho’zdi. Ushbu prug’inaning bikrligini toping.
A) 1,96 kg/m B) 196 kg/m
C) 19,6 kg/m D) 0,196 kg/m
16) Agar 10 kg massali jismning impulsi 10 kg m/s bo'lsa, uning kinetik energiyasini toping
A) 20 J B) 6 J C) 5 J D) 10 J
17) 45 m balandlikdan gorizontal yo`nalishda 40 m/s tezlik bilan tosh otildi.U Yerga qanday tezlik bilan tushadi?
A) 50 m/s B) 40 m/s
C) 30 m/s D) 70 m/s
18) Doimiy 4 N kuch ta`sirida 2 kg massali jism qanday harakatda bo`ladi?
A) 8 m/s2 tezlanish bilan,tekis tezlanuvchan
B) 4 m/s2 tezlanish bilan, tekis tezlanuvchan
C) 2 m/s tezlik bilan, tekis
D) 2 m/s2 tezlanish bilan, tekis tezlanuvchan
19) Minutiga 120 martta aylanayotgan ventilyator parragining aylanish davrini toping.
A) 0.4 s B) 0.5 s C) 0.6 s D) 12 s
20) Taxtani teshib o’tish natijasida o’qning tezligi 2 marta kamaydi. O’qning dastlabki energiyasining qancha qismi taxtani teshib o’tishga sarf bo'lgan ?
A) 1/4 B) 1/2 C) 3/4 D) 2/3
21) Jismni 40 sm masofaga siljitishda uning harakatiga 300 burchak ostida ta’sir etayotgan qanday kuch (N) 100 J ish bajaradi?
A) 173 B) 53 C) 289 D) 455
22) . Jism 5 m radiusli aylana bo’ylab 40 m/s tezlik bilan harakatlanmoqda. Uning aylanish chastotasi qanday (Hz) ?
A) 4π B) 2π2 C) 0,5 D) 4/π
23) Tosh H balandlikdan boshlang’ich tezliksiz tushmoqda. Kinetik energiyasi potensial energiyasiga teng bo'lgan nuqtada toshning tezligii qanday bo'ladi
A) gH B) 2gH C) D)
24) Suvli bakda 4 m chuqurlikda diametri 5 sm bo'lgan va tiqin bilan berkitilgan teshik bor. Suv tiqinni qanday kuch bilan (N) bosadi ?
A) 31,4 B) 15,7 C) 78 D) 62,8
25) Uzunligi 8 m va ko’ndalang kesim yuzi 0,5 mm2 bo'lgan po’lat (E=210 GPa) simga kamida qanday massali (kg) yuk osilsa, u uzilib ketadi? Po’latning mustahkamlik chegarasi 500 MPa ga teng.
A) 25 B) 10 C) 50 D) 40
26) 3000 km radiusli sferik sayyorada sutkaning davomiyligi 30 soatga teng. Uning ekvatorida joylashgan nuqtalar sayyoraning sutkalik aylanish hisobiga qanday (m/s) tezlikka ega bo’ladilar?
A) 209 B) 174 C) 349 D)262
27) Massasi 400 kg va uzunligi 3 m bo'lgan bir jinsli to’sin uchlaridan bir xil uzoqlikdagi tayanchlarda yotibdi. Tayanchlar orasidagi masofa 2 m. To’sinnig bir uchini biroz ko’tarish uchun kamida qanday yuqoriga yo’nalgan kuch qo’yishi kerak(N) ?
A) 1600 B) 1200 C) 2400 D) 2000
28) Qiyalik burchagi 30° bo’lgan qiya tekislikga unga parallel bo’lgan 40 N kuch yordamida 5 kg massali jism 1 m/s2 tezlanish bilan tortib chiqarilmoqda1 Qiya tekislik va jism orasidagi ishqalanish koeffitsientini aniqlang. g=10m/s2
A) 0,23 B) 0,15 C) 0,47 D)0,35
29) Massasi 300 kg va uzunligi 2 m bo'lgan bir jinsli to’sin uchlaridan bir xil uzoqlikdagi tayanchlarda yotibdi. Tayanchlar orasidagi masofa 1.5 m. To’sinnig bir uchini biroz ko’tarish uchun kamida qanday yuqoriga yo’nalgan kuch qo’yishi kerak(N) ?
A) 1286 B) 1714 C) 909 D) 1364
30) Massasi 14,7 kg bo'lgan jismning og’irligi suvga botirilganda 134 N ga teng. Jismning zichligini aniqlang (g/sm3).
A) 8,9 B) 1,1 C) 11,3 D) 19,7
31) Karusel 30 ayl/min chastota bilan aylanmoqda. Unda o’tirgan odam radiusi 4 m bo'lgan aylna bo’ylab harakatlansa, odamning markazga intilma tezlanishi (m/s2) nimaga reng ?
A) 30 B) 40 C) 10 D) 20
32) Silliq stoldan arqon sirpanib tushmoqda(μ=0). Arqon harakatining xarakteri qanday?
A) tekis sekinlanuvchan
B) o’zgaruvchan, tezlanish kamayuvchan
C) tekis
D) tekis tezlanuchan
33) Agar avtomat o’qining massasi 4 g, tezligi 500 m/s va otish vaqtidagi orqaga repishning o’rtacha kuchi 20 N bo'lsa, avtomat 0,5 min da qanca o’q chiqargan?
A) 250 B) 300 C) 100 D) 200
34) Bir arqonnig ikki uchidan ikki tomonga 60 N dan bo'lgan ikki kuch bilan tortilsa, arqonnig taranglik kuchi qanchaga teng bo'ladi?
A) 120 B) 0
C)60 D) aniqlab bo’lmaydi
35) 2 m/s tezlik bilan harakat lanayotgan jismga ta’sir etuvchi kuch impulsi 20 N.s bo'lsa, jism impulsining o’zgarishini toping.
A) 8 B) 9 C) 10 D) 20
36) R=40 m radiusli aylana bo’ylab v=144 km/soat tezlik bilan tekis harakatlanayotgan avtomobilning burchakli tezligini toping.
a) l rad/s b) 3,75 rad/s
c) l,7 rad/s d) 2,25 rad/s