Maxsus jismoniy tayyorgarlik Jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirish uslubiyati



Download 92 Kb.
bet1/7
Sana16.03.2022
Hajmi92 Kb.
#495362
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
bas,,


Jismoniy tayyorgarlik haqida tushuncha
Reja:



  1. Maxsus jismoniy tayyorgarlik

  2. Jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirish uslubiyati



Jismoniy tayyorgarlik - tashkillashtirilgan jarayon bo'lib, quyidagi maqsadlarga qaratilgan:
-Shug'ullanuvchilar organizmini har tomonlama rivojlantirish (tayanch-harakat apparati, yurak-qon tomir va nafas olish tizimlarini mustahkamlash, vegetativ va markaziy nerv tizimlari faoliyatini takomillashtirish);
-Salomatlikni mustahkamlash va mehnat layoqatini oshirish;
-Badiiy gimnastika mashqlari texnikasini o'zlashtirish va ularni sifatli (talab darajasidagi amplituda (tebranish kengligi, holatlar orasidagi masofa), tezlik va kuch bilan) bajarish uchun zarur bo'lgan jismoniy hususiyatlarni rivojlantirish.
Jismoniy tayyorgarlik badiiy gimnastikachilarni organizmini har tomonlama rivojlantirishga, ularni sog'ligini mustahkam-lashga, harakat sifatlarini takomillashtirishga qaratilgan.
Jismoniy tayyorgarlik - umumiy jismoniy tayyorgarlik va maxsus jismoniy tayyorgarlikka bo'linadi.


Umumiy jismoniy tayyorgarlik


Umumiy jismoniy tayyorgarlik - bu inson faoliyatidan qat'iy nazar, umumiy tarzda amalga oshiriladigan jismoniy tayyorgarlikdir. U shug'ullanuvchilarning salomatligini mustah­kamlash va har tomonlama rivojlantirishga, mehnat layoqatini oshirish hamda tanlangan sport turidan qat'iy nazar, jismoniy xususiyatlarini takomillashtirishga qaratilgan.
Demak, umumiy jismoniy tayyorgarlik -jismoniy qobiliyat-lami, sifatlarni tarbiyalashga va badiiy gimnastikachi qizlarni ishchanligini ko'tarishga qaratilgan. Badiiy gimnastika mashq-lariga yo'naltirilmagan. Umumiy jisraoniy tayyorgarlikning vositalari bu - kross,
qisqa masofaga yugurishlar, suzish, harakatli o'yinlar hamda turli
xil mashqlar.
Maxsus jismoniy tayyorgarlik
Maxsus jismoniy tayyorgarlik - maxsus tashkil etilgan ja-rayon bo'lib, jismoniy sifatlarni tarbiyalashga va mukammallash-tirishga hizmat qiladi hamda badiiy gimnastika mashqiarini tex-nikasini muvaffaqiyatli bajarishga va uni takomillashtirishga imkoniyat yaratadi.
Hozirgi vaqtda 7 ta asosiy jismoniy qobiliyat ajratib ko'rsatiladi (ba'zida ularni harakat yoki psixomotor qobiliyatlar deb atashadi):

  1. Koordinatsiya - mushak faoliyatini maqsadga muvofiq tarzda tashkil eta bilish qobiliyati va chaqqonlik - yangi harakatlarni o'zlashtirish hamda faoliyatni vaziyatga qarab o'zgartira bilish qobiliyatidir.

  2. Egiluvchanlik - bo'g'imlardagi harakatchanlik - harakat­larni katta amplituda bilan faol va sust tarzda bajarish qobi­liyatidir.

  3. Kuch - tashqi qarshilikni yengib o'tish yoki unga statik va dinamik harakatlardagi mushak qisqarishlari hisobiga qarshi tura olish qobiliyatidir.

  4. Tezlik - ko'rsatilgan ta'sirga tezda javob berish (reaktsiya) va harakatlarni katta tezlik va chastota bilan bajara olish qobiliyati.

  5. Sakrovchanlik - turfilish (biron nimaga tayanib itarilish) balandligida namoyon bo'ladigan tezlik-kuch qobiliyati.

  6. Muvozanat - statik va dinamik mashqlarda muvozanatni saqlab turish qobiliyati.

7. Chidamlilik - charchashga qarshi tura bilish qobiliyati.
Keyingi paytlarda badiiy gimnastika bo'yicha maxsus adabi-
yotlarda jismoniy sifatlarni ahamiyati bo'yicha tasniflashga uri-nishlar uchramoqda. Bu maqsadga muvofiq emas, chunki badiiy
gimnastika - ko'p qirrali sport turi bo'lib, undagi turli mashqlar har xil jismoniy qobiliyatlar va ularni namoyon qilishning turli darajalarini talab qiladi. Bular orasida faqat ikkita qobiliyat - koor­dinatsiya va egiluvchanlikni alohida ajratib ko'rsatish mumkin, xolos.
Badiiy gimnastika sohasi mutaxassislarining fikriga ko'ra, mazkur sport turidagi jismoniy tayyorgarlikning o'ziga xos jihati shundan iboratki, bunda mashqlaming maqsadi harakatlarning mutloq uyg'unligiga erishishdan iborat bo'ladi. Yuksak natijalar yuqorida sanab o'tilgan jismoniy qobiliyatlardan birining mutloq ko'rsatkichlari bilan emas, balki harakatlarning turli tomonlari o'rtasidagi o'zaro mutanosib bog'liqlik bilan belgilanadi.
Badiiy gimnastikadagi jismoniy tayyorgarlikning o'zagi kompleks o'zaro ta'sirdan iborat bo'lib, bunda har bir element -jonli harakatning uzviy davomiyligi bo'ladi. Mashqlarni tanlab olishda eng murakkab harakatlarni mukammal bajarish imkonini beruvchi mashg'ulotlarga e'tibor qaratish barobarida, ulardan foydalanganda barcha mushaklarni ishga solish va nerv markazlarini harakatga keltirishga urg'u berish maqsadga muvofiq bo'ladi.
Badiiy gimnastika bilan shug'ullanuvchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligiga doir asosiy tamoyillar quyidagilardan iborat:

Download 92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish