Mavzusidan metodik tavsiya


Amir Temur qabrini ochish tafsilotlari



Download 274,5 Kb.
bet7/21
Sana16.03.2022
Hajmi274,5 Kb.
#496720
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
Bog'liq
Tavsiya Amir temur..

Amir Temur qabrini ochish tafsilotlari
Ekspiditsiya a`zolari oldida turgan eng mas`uliyatli vazifa Jahongir Amir Temurning qabrini ochish edi. V.A.Shishkin kundaligidagi yozuvning guvohlik berishicha, bu ishga 19-iyun kuni kirishildi. Uning qabri o`g`illari qabridan ancha farq qilib, o`z salovati va ulug`vorligi bilan ajralib turardi. Qabr 20 sm qalinlikdagi og`ir marmartosh bilan berkitilgan bo`lib, toshning uzunligi 2metr-u 45 sm, eni 90 sm. Bu qabr toshga boshqa yupqa qilib taroshlangan, mahorat bilan yo`nilgan.


ADOLAT TAMOYILLARIGA SODIQLIK (ilmiy tavsiya)
Sharqiy Turkiston-u Hindiston o`lkalaridan tortib Rim (Kichik Osiyo) Shom (Suriya) hamda Misrgacha, Kavkazorti, muzofotlaridan tortib Dashti qipchog`ning keng hududlarigacha bo`lgan mamlakatlarni qamrab olga buyuk imperiya tashkil topdi. Uni iroda etishga Sohibqiron A.Temur mavjud huquqiy me`yorlarga izchil amal qildi. A.Temur o`zining tuzuklarida qayd etganidek, saltanat ishlarining to`qqiz ulushi kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushi esa qilich bilan amalga oshirildi. Sohibqiron saltanat bayrog`i, zarb etiladigan dinor-u dirhamlarga bosiladigan belgi hamda xos tamg`asidagi “rosti rusti” , ya`ni “haq bo`lsang, najot topasan” yoki “kuch adolatdadir” tamoyillariga bir umr sodiq qoldi. U birinchi galda keng xalq ommasi, chunonchi beva bechoralar, g`arib-u miskinlar, savdogar-u dehqonlar, kosib-u chorvadorlar, hunarmand-u ziyolilar, olim-u fuzalolar, donishmand-u mashoyihlar huquqini muhofaza etishda qonun-qoidalariga roiya qilib, adolatli ish yuritdi.
Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma” asarida ta`kidlaganidek, Sohibqiron buyuk imperiyada adolat siyosat o`rnatdi. Shu bois ham Movarounnahrning eng chekki joylaridagina emas, balki Xitoy va Xo`tan chegarasidan, Dehli va Hindiston yarim oroli shimoli-g`arbida joylashgan Kanboyit bandargohi atroflarigacha, Kavkaz tog` tizmasining sharqiy qismida Dari al darasida bunyod etilgan. Bobilabvot qal`asidan to Rim va Misr hududlarigacha bo`lgan yerlar tojirlar u yoqda tursin, bolalar-u beva xotinlar ham ipakli, harir matolar, oltin va kumushlardan yasalgan zeb-u ziynat va boshqa eng zarur mollar bilan savdo-sotiq qilganlar. Hech bir kimsa, xoh amaldor, xoh nufuzli yuqori bo`lishidan qat`iy nazar, ularning bir doniga ham ko`z olaytirish yoki bir-biroviga ham ziyon yetkazishdan butunlay mahrum bo`lgan.
Sohibqiron tomonidan olib borilgan siyosat va adolat natijasida saltanat jinoyatchilar, yo`l to`sar-u qaroqchilardan tozalangan. Buzg`unchilik, bosqinchilik, talon-tarojlik singari raiyat oshiga kulfat keltiruvchi salbiy omillarga barham berilgan, sarkashlar gardani itoat halqasiga kiritilgan.
Nizomiddin Shomiyning yozishicha, Amir Temur taniqli va diyonatli olimlardan bir guruhini saltanatning turli chekka o`lkalariga xalqning ahvolidan turmush tarzidan ma`lumot keltirish maqsadida jo`natgan. Ularga tayin etilgan joylarda mamlakat ishlarining ahvolini o`rganish agar birorta mazlumga zulm etgan bo`lsa yoki biror ojiz kishiga zo`ravonlik ravo ko`rilgan bo`lsa ulardan zo`lik bilan olingan narsa isbotini topsa mavjud xazina molidan aziyat chekkanlarga belgilangan miqdorda mablag`ni qaytarib berish sodir bo`lgan ahvolni zudlik bilan ochiq-oydin hukumat devoniga yetkazish vazifasini yuklagan.
Ibn Arabshoh o`zining “Ajoyib al-maktur fi tarixi Tayamur” asaridan keltirilishicha 1382-yili Iroq yerlari sulton Ahmad ibn Shayx Uvays qo`liga olgach, shavqat va ezgulikni unutib, jinoyat yo`liga qadam qo`yadi. Ommaga zulm qilish avjiga chiqadi. U kunlarini jabr-u jafo hamda fasod ishlari bilan o`tkaza boshladi. Fisq-u fujur haddidan oshib, yovuzlik keng quloch yozadi. Insonlarning qoni behudaga to`kiladi. Bag`dod ahli hukmdordan bezib va nafratlanib,Sohibqirondan madad so`raydi. 1393-yilning oktyabrida Amir Temur suvoriy va piyodalardan iborat qo`shini bilan Bag`dodga keladi hamda bu qadimiy shahar ahlini zolim hukmdor zulmidan ozod qiladi. Shahrini tashlab qochishdan o`zga chorasi qolmaga sulton Ahmad Misr sultoni Barquq huzuriga ravona bo`ladi va Sohibqiron vafotiga qadar Bag`dodga qayta qadam qo`yishga jur`at etmaydi.
Sohibqironning yurt obodligi, ulus farovonligi yo`lida fidokorona faoliyati uning bunyodkorlik sohasidagi xizmatlarida yaqqol namoyon bo`lgan. Ko`pgina jahongirlardan farqli o`laroq hayotini bunyodkorlik ishlariga baxshida etgan Amir Temur “Qay bir joydan bir g`isht olsam, o`rniga o`n g`isht qo`yardim, bir daraxt kestirsam, o`rniga o`n daraxt ektirardim”, - deganda to`la haqli edi. Zotan, ibn Arabshoh urug` berganidek, Samarqandda ko`pdan-ko`p bo`stonlar barpo qilinib, baland va mustahkam qasrlar bunyod etildi. Ularning har qaysisi o`ziga xos tarixda ko`rkam va ajib ko`rinishga ega bo`lgan. Bo`stonlar turli navlardagi mevali ko`chatlar bilan to`ldirilgan. Ularga Eram bog`i, Dunyo ziynati, Shimol bog`i Oliy jannat deb nom qo`yilgan. Qasrlar turfa naqshinkor koshinlar bilan ziynatlangan, rangbarang sanalarni aks ettiruvchi sur`atlar tsvir etilgan.
Sohibqiron Samarqandning tevarak atrofi va etak qismlarida ham bir qator kasabalar bunyod etib, ularni Misr, Damashq, Bag`dod, Sultoniya va Sheroz kabimashhur va azim shaharlar nomi bilan atagan. Samarqand va Shahrisabz (Kesh) oralig`ida bir bo`ston barpo qilinib unda bir hashamatli qasr qurilgan va unga Taxta Qaracha deb nom berilgan. Rivoyatlarga ko`ra, qasr quruvchilardan birining yo`qolgan biyasi shu olti oy o`ylab yurgan, so`ng egasi huzuriga qaytgan. Bunyodkorlik ishlaru Movarounnahr shaharlaridan tashqari Turkiston, Eron, Iroq, Kichik Osiyo, Kavkazorti hududlarida ham amalga oshirilgan.
Ma`lumki, Araks va Kura daryolari birlashadigan yerga yaqin bo`lgan Baylaqon shahri 1221-yili mo`g`ullar istilosi davrida vayron etilgan Kavkazortiga qilinga yurishlardan zafar bilan qaytayotgan Sohibqiron Eron zaminida ham yodgorliklar qoldirish niyatida mashhur shaharni qayta tiklashga bel bog`laydi. Uning bevosita rahbarligida qisqa fursatda shahar tarixi chiziladi. Shahar chuqur handak bilan ifoda qilingan, keng devor bilan o`ralgan, to`rtburchak shaklida bozorga ega, ko`pdan-ko`p uy-joylar, hokim yashaydigan saroy, omma to`planadigan maydon va chechakzorlardan iborat edi. Shahar devoriy aylanasining uzunligi 2 400 gaz (1 gaz – qariyb 70 sm), devor kengligi 11 gaz, devorning balandligi kuguralari tepasigacha 15 gaz atrofida, handakning kengligi 40 gaz, chuqurligi taxminan 40 gaz bo`lgan. Shahar devoir bo`ylab, posponlar, soqchilar uchun maxsus joylar belgilangan. Shaharning to`rt burchagida bir burj minora qad rostlagan. Devorga chiqishga mo`ljallangan joylar, mudofaa vaqtida qo`l keluvchi tosh otiladigan o`rinlar tartibga keltirilgan. Xullas, Baylaqon shahrini bunyod etishga jadallik bilan kirishiladi va atigi 1 oy ichida 1403-yilning oktyabrida shaharni qurish nihoyasiga yetkaziladi. Sohibqiron Baylaqonni obodonlashtirish maqsadida narx (kanal) qazib rejasini ishlab chiqadi. Oliy farmonga muvofiq Araks daryosida shahar tomon uzunligi 6 farsax (farsax 6, 7 km) kengligi taxminan 10 gaz bo`lgan ariq qaziladi. Narx nafaqat Baylaqon shahri, balki atrof qishloqlarida yashovchi aholining suvga bo`lgan ehtiyojini qondiradi, ekinzorlar, daraxtzorlarni obi hayot bilan ta`minlaydi. Iste`moldan ortib qolgan suv Kura daryosiga borib quyilgan. Ariq qazish ishlariga Muzaffar qo`shinining barcha askarlari jalb qilingan. Yirik sarkardalar, amir-u beklar boshini qattiq nazoratga olishgan. Bir yilda bajarilishi mumkin bunday ulug`vor ish ko`p-ozi bilan 1 oy muddatga ta`kidlangan. Uzoq yillar davomida Baylaqon mavzesining obod va ma`mur bo`lishida sohibqiron tashabbusi bilan qazilgan ariqning roli katta edi.
Ayni shu kezlarda Abu Bakr Bahodirxon mirzo 1378-1469-yillarda hukmronlik qilgan, Qora quyunli turkman qabilasining sardori Qaro Yusufni Bag`doddan siqib chiqaradi. Abu Bakr mirzo bobosining: “Sa`y harakatlarini obodonchilik va fuqaro farovonligiga yo`naltirish hukmdorlik yo`l-yo`riqlarining farzandlaridan va jahondorlik sunnatlaridan deb bildik”, - degan so`zlariga og`ishmay amal qilgan. Adolat qayta tiklanib, aholining tinch mehnat qilishi, osuda hayot kechirishiga imkon yaratadi. Shubhasiz, yuqorida zikr etilgan bunyodkorlik ishlari katta miqdorda mablag`ni, ish kuchini talab qilgan. Soliq tizimining tartibga solinishi davlar soliqlarini o`z vaqtida undirilib, xazinaga tushishi obodonchilik, qurilish ishlarining bajarilishiga imkon yaratgan. Shuningdek, Badaxshon feruzasi, Nishopur, Eron, Xuroson ma`danlari, Hindiston yoqut va olmoslari, Hurmuz (Fors qo`ltig`iga kirishda joylashgan port shahar) marvaridlari, Xitoy duxobalari-yu baxmallari, mushki anbari, boshqa yurtlardan keltirilgan sof oltin va kumushlardan katta soliq undirilgan. Tushgan mablag` iqtisodiyotni rivojlantirish, xo`jalikning asosi bo`lgan dehqonchilikda sezilarli siljishlarga erishish, saltanat xavfsizligini ta`minlash, armiyani qurol-aslaha, asbob-anjom, ot-ulov bilan ta`minlash kabi ustuvor maqsadlarga yo`naltirilgan. Shu bilan birga, hunarmandchilik, kosibchilik, ichki va tashqi savdoni rivojlantirish, ilm-fan madaniyatini ravnaq toptirish, shahar qishloq mavzelarini obodonlashtirish kabi ezgu ishlarga sarflangan.

Download 274,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish