Mavzusidan metodik tavsiya



Download 274,5 Kb.
bet3/21
Sana16.03.2022
Hajmi274,5 Kb.
#496720
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Tavsiya Amir temur..

Madaniy hayot.
Movarounnahr madaniyati Temur davrida o`ziga xos xususiyat bilan rivojlandi. Temur ilm va madaniyatning chinakam ijodkorlarini izlab topdi va ularni Movarounnahr poytaxti Samarqandga to`pladi. Ushbu davrda Samarqand me`morlar, hunarmand, shoirlar, ashmu fozillar yurtiga aylandi. Uning e`tiqodlaridan biri bo`lgan narsa bu kitob bo`lib u shunday derdi: “Kitob barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning asosidir, hayotni o`rgatuvchi murabbiydir”.
Temur shoir va olimlarni o`z saroyiga yig`ar ekan, ularning iste`dodini doimo hurmatlardi. Bu haqda H.Vamberi shunday hikoya qiladi. Shoir Ahmad Kirmoni Temurga hajviy she`rlar bitib yurardi.
Bir kuni u bilan Temur o`rtasida suhbat bo`lib o`tadi. Temur undan “Agarda meni sotsalar qancha baho qo`yar eding?”, - deb so`raganda u “yigirma besh dinor”, - deb javob berdi. Temur e`tiroz bildirib: “Mening belimdagi kamarning o`zi yigirma besh dinor turadi”, - degan. Kirshoniy: “Men shu kamarni hisoblayapman, chunki sening o`zing bir pul ham turmaysan”, - deb javob bergan ekan. “Hozirgi Osiyoning bir necha nodon podshohlari, deb yozgan edi, - bu jur`at shoirni qatl etgan bo`lur edi. Ammo, Temur bu hazilni to`g`ri tushundi” .
Temur davri madaniyati rivojini uning tuzuklari orqali ham bilishimiz mumkin. “Katta-yu kichik har bir shahar, har bir qishloqda masjid, madrasa va xonaqohlar bino qilsinlar, kasallar uchun shifoxona qurdirsinlar va ularda tabiblar tayinlansilar. Xalqni qo`riqlovchi qurchilar ham tayinlansinlar”.
Tajriba shuni ko`rsatadiki, o`tilgan dars so`ralganda, sinf o`quvchilari material, axborot ko`p berilganiga qaramay yaxshi eslab qolgan. Ko`pchilik o`quvchi baholanadi.
Demak, o`qituvchi o`zining bor imkoniyatini izlab, his-hayajonli dars o`tishga harakat qilishi lozim. Tokim, 12 yil umrini ta’lim muassasasida o`tkazadigan o`quvchi undan biror narsa olsin, o`ylasin, fikr qilsin. Takrorlash joizdirkim, unutilgan tariximizni qayta tiklab o`rganishimizda bu juda muhimdir.


TEMURIYLAR XILXONASI
Samarqanddagi Temuriylar Xilxonasini ochish 1941-yilda o`tkazilishi ulug` o`zbek shoiri Alisher Navoiyning 500 yillik munosabati bilan alloma yashagan davr tarixini yanada chuqurroq o`rganish va tarixiy manbalar to`g`riligini yana bir karra tekshirib turish uchun qilingan tadbir edi. Uni amalga oshirish uchun alohida hukumat Ekspeditsiyasi tashkil etilib, unga ittifoqimizning mashhur olimlari jalb qilindi. Ekspeditsiyaning rahbarligiga T.En Qori Niyoziy tayinlandi. A`zolari sifatida antropolog, professor L.V.Oshaning, tarixchi, sharqshunos professor A.A.Semyonov, Leningrad davlat ermitajning ta`minlovchisi V.N.Komonov. Me`mor B.N.Zasipkin antropolog – haykaltarosh M.M.Virasimov, arxeolog V.A.Shishkin, kotib bo`lib X.T.Zaripov faoliyat ko`rsatdilar. Shuningdek, ulkan ishni amalga oshirish uchun bir qancha yordamchilar va butun ish jarayonini sur`atga olish uchun N.A.Kim rahbarligida kino hujjatchilar ham jalb qilingan edi. Ular bu jarayonni yuz ming metr plyonkaga sur`atga olganlar.
Shu bilan birga M.M.Gerasimovga o`zi topgan ilmiy usullar asosida Temur va Temuriylarning qiyofasini ularning bosh chanoqlari asosida yaratish vazifasi topshirildi. Ekspeditsiya a`zolari maqbarada 16-iyundan 24-iyulgacha ishladilar. Qo`lga kiritilgan tarixiy dalillarni o`rganib, bu muhim ilmiy ekspeditsiyani natijalarini bir necha to`plam sifatida chop qilish mo`ljallangan edi. Afsuski, o`sha kunlarda boshlanib ketgan ulug` Vatan urushi barcha rejalarini barbod etdi. Mo`ljallangan ishlar orqaga surildi. Lekin shunga qaramasdan urushdan so`ng, ekspeditsiya a`zolarining yozgan ilmiy maqolalari faqat rus tilida jurnallarda va kitoblarda yoritildi. Ammo, bunday muhim ma`lumotlar haqida o`zbek yilida birorta ham jiddiy maqola yozilmadi. Kinochilar guruhi sur`atga olgan noyob plyonka o`sha paytdagi SSSR Kinomatografiya Davlat Kommuniteti raisi Bolshakovning buyrug`iga ko`ra zudlik bilan Moskvaga jo`natildi. Ekspeditsiya a`zolaridan biri, kino rejissyor Malik Qayumov kitobida yozishicha, poytaxtga jo`natilgan qimmatli plyonkalar hozirga qadar topilgani yo`q. Shunday qilib xalqimiz o`z tarixining muhim bir davriga oid ma`lumotlardan benasib qoldi. Ushbu maqolani yozish jarayonida ekspeditsiya a`zolari T.N. Qori Niyoziy, V.A.Shishkin, N.N.Gerasimov, A.A.Semyonovning rus tilida e`lon qilingan maqolalaridan, V.V.Bartolit, V.L.Vyatkin kabi olimlarning Temuriylar maqbarasiga oid asarlaridan, shuningdek, O`zbekiston SSR Fanlar Akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi va Arxeologiya institutida saqlanayotgan arxiv materiallaridan foydalaniladi.

Download 274,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish