IV bosqich: Yangi mavzuni mustahkamlash:
O‘quvchilarning olgan bilimlarini mustahkamlash maqsadida “Nazm olamiga sayohat” usuli qo‘llaniladi. Bu usulga ko‘ra o‘quvchilar A.Oripov va E.Vohidovning she’rlaridan ot-kesim va fe’l-kesimlarni topishi kerak bo‘ladi.
17-o‘quvchi: Qucholmasman men sizni hargiz,
Siz osmonsiz, menchi zarra tan.
Qiblagohim, yupanchim yolg‘iz,
Sen barhayot onamsan, Vatan. (Ot-kesim)
18-o‘quvchi: …Bunda bordir faqat kurash va mehnat,
Mushaklar jangi bor, bor hirs-u zako.
Nuru adolat bor, zulm va zulmat,
Jafo-yu zahmat bor, farog‘at, safo. (Ot-kesim)
19-o‘quvchi: Daqiqadan soatlar yig‘ib,
Kunlar tizib, oy jam qiladi.
Yig‘lamaydi umr o‘tdi deb,
Yil o‘tdi deb bayram qiladi. (Fe’l-kesim)
20-o‘quvchi: Ochiq ko‘ngil va dilbar bo‘ling,
Shoh-gadoga barobar bo‘ling. (Fe’l-kesim)
Mustaqil she’rlar bilan ishlagan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi. So‘ng o‘quvchilarga rag‘bat kartochkalari beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |