Mavzulashgan



Download 9,75 Mb.
bet4/28
Sana09.03.2022
Hajmi9,75 Mb.
#487303
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
5-sinf geografiya fanidan mavzulashgan savo-javob 2020 compressed

Ufqning asosiy tomonlari qaysilar? J- Shimol, janub, sharq, g‘arb ufqning asosiy tomonlari.

  • Ufqning oraliq tomonlari qaysilar? J- Shimoli-sharq, shimoli-g‘arb, janubi-sharq va janubi-g‘arb ufqning oraliq tomonlaridir. Bular yana kichikroq oraliq tomonlarga bo‘linadi. Masalan, shimol-shimoli-sharq, janub-janubi-sharq.




      1. Osmon yoritgichlari harakat yo‘li shaklining aylana emasligi haqida birinchi bo‘lib fikr yuritgan olim kim? J- Abu Rayhon Beruniy. Joylarning geografik kengligi va uzunligini aniqlashda bobomiz erish¬¬gan natijalar hatto hozirgi yetuk olimlarni ham hayratda qoldirmoqda.

      2. Ufq tomonlarini yulduzlarga qarab qaysi paytda aniqlash mumkin? J- Faqat kechasi aniqlash mumkin.
      3. Kunduzi nimaga qarab aniqlanadi? J- Kunduzi Quyoshga qarab aniqlasa bo‘ladi. (Quyosh nuri yaxshi tushadigan ochiq, tekis yerga diametri 2 metr bo‘lgan aylana chiziq chiziladi. Aylana o‘rtasiga uzunligi bir yarim metr bo‘lgan tayoq (ustun) qoqib qo‘yiladi. Tayoq soyasi tush vaqtida eng kalta bo‘lib, shimol tomonga yo‘nalgan bo‘ladi. Shimol yo‘nalishining teskari tomoni janub, o‘ng tomon sharq, chap tomon g‘arb bo‘ladi. Shu tariqa oraliq tomonlarni ham aniqlash mumkin).





    1. Qadimgi yunonlar Yerni qanday tasavvur qilishgan? J: Yer yassi gumbazsimon shaklda bo‘lib, uning atrofini juda yirik daryo okean o‘rab turadi deb o‘ylashgan.

    2. Hindistonda Yerni qanday tasavvur qilishgan? J: Yer yarimshar shaklida bo‘lib, uni fillar ko‘tarib turadi, fillar esa ulkan toshbaqa ustida turadi deb tasavvur qilishgan.

    3. Bizning O‘rta Osiyo xalqlari Yerni qanday tasavvur qilishgan? J: Yerni ho‘kizlar ko‘tarib turishadi, ular Yerni bir shoxidan ikkinchi shoxiga olganda yer qimirlaydi deb o‘ylashgan.
    4. Yerning sharsimon ekanligini miloddan avvalgi 4-asrda qadimgi yunon olimi kim isbot qilib bergan? J: Aristotel.


    5. Yerning sharsimon ekanligini isbot qilinganligiga necha asr bo’ldi? J: XXV asr.

    6. Aristotel Yerning sharsimonligini asoslovchi qanday dalillarni keltirgan?J: dengizda qirg‘oqqa yaqinlashib kelayotgan kemaning avval matchtalari, keyin korpusining suvdan ko‘tarilib chiqishi; Oy tutilganda unga tushgan Yer soyasining doira shaklda ekanligi; tekis va ochiq joyda, dengizda odam yuqoriga ko‘tarilgan sari ko‘rinma gorizontning kengayib borishi; deyarli barcha yirik osmon jismlarining sharsimon shaklda ekanligi.

    7. Demak, Yer sharsimon, dumaloq bo‘lsa kerak, degan dastlabki tasavvurning vujudga kelganiga qancha vaqt bo‘lgan? J: 2400 yildan ko‘proq vaqt bo‘lgan.

    8. Globus nima? J: Yerning juda kichraytirilgan shakli modeli.
    9. Yevropada birinchi globusni 1492- yilda xaritashunos olim kim yasagan? J: Martin Bexaym.


    10. Martin Bexaym yasagan globusida qaysi qit’alar ko‘rsatilmagan? J: Amerika, Avstraliya va Antarktida qit’alari. (Chunki u vaqtda bu qit’alarning borligini yevropaliklar bilishmas edi).

    11. Dunyodagi katta globuslardan biri qayerda o'rnatilgan? J- Toshkentdagi O‘zbekiston Milliy universitetining «Geografiya» kafedrasida o‘rnatilgan.

    12. Uning bo‘yi qancha? J- 2 ,5 m, diametri 2 m, aylanasi esa 6 m.

    13. Globusning massasi qancha? J- Massasi 490 kg

    14. Bu globusda nimalar aks ettirilgan? J- Bu globusda Yer yuzining relyefi hamda landshaftlari aks ettirilgan.

    15. Bu globusni nima deb atashadi? J- Bu globusni «Toshkent globusi» deb atashadi.

    16. Yerning o‘z joyida turib aylanadigan nuqtasi nima deyiladi? J- Yerning qutblari.

    17. Yer qutblari nechta? J- ikkita Shimoliy va Janubiy qutblar.

    18. Yerning ichidan o‘tgan to‘g‘ri chiziq nima deb ataladi? J: Yerning o‘qi.

    19. Ekvator deb nimaga aytiladi? J- Yer qutblardan barobar uzoqlikda Yer yuzasidan o‘tkazilgan katta aylana chiziqqa aytiladi.

    20. Yer ekvatorining uzunligi qancha?J: 40 000 km dan ortiq.

    21. Ekvator Yerni nechta yarim sharga bo'lib turadi? J- Ikkita yarim sharga Shimoliy va Janubiy yarimsharlarga ajratib turadi.

    22. Meridian deb nimaga aytiladi? J- Shimoliy qutb bilan Janubiy qutbni tutashtiruvchi Yer yuzasidan o‘tkazilgan yarim aylana chiziqlar meridianlar deyiladi.

    23. Parallellar deb nimaga aytiladi? J- Yer yuzasida ekvatordan muayyan bir xil uzoqlikda o‘tkazilgan aylana chiziqlarga parallellar deb yuritiladi.
    24. Ekvatordan qutblarga o‘tgan sari parallellarning uzunligi qanday o'zgaradi? J- Qisqarib boradi.


    25. Yerning shakli aniq (ideal) yer quyosh sistemasidagi sayyora shar shaklida emas.

    26. Yerning qaysi qismlari sharga nisbatan biroz botiqroq? J: Shimoliy va Janubiy qutblar hamda ular atrofi.
    27. Yerning markazidan Yer yuzasigacha bo‘lgan masofa qutblarda necha km ga teng? J: 6357 km ga teng.


    28. Ekvatorda necha km ga teng? J: 6378 km ga teng.

    29. Yer yuzining umumiy maydoni qancha? J: 510 mln km2 dan ortiq.

    30. Yerning katta qismini nima qoplagan? J: suv okean va dengizlar.

    31. Okean va dengizlardagi eng chuqur botiq qaysi va necha metr? J: Mariana botig‘i, chuqurligi 11022 metr.

    32. Quruqlikdagi eng baland tog‘ cho‘qqisi qaysi va necha metr? J: Jomolungma, balandligi 8848 metr.

    33. Yerning shakli shar emas, balki u qanday shaklda deyilsa to’g’ri bo’ladi? J: u (Yer) «Yer shaklida», ya’ni geoid deyilsa, to‘g‘ri bo‘ladi.

    34. Geoid nima degan ma’noni bildiradi? J: Yerga o’xshash.

    35. Yer quyoshga yaqin-uzoqligiga ko‘ra nechanchi o'rinda turadi? J- Merkuriy va Venera sayyoralaridan keyin uchinchi o‘rinda turadi.


    36. Download 9,75 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish