Mavzulashgan



Download 9,75 Mb.
bet14/28
Sana09.03.2022
Hajmi9,75 Mb.
#487303
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28
Bog'liq
5-sinf geografiya fanidan mavzulashgan savo-javob 2020 compressed

Orol deb nimaga aytiladi? J- Okean va dengizlarda suvdan ko‘tarilib turgan va hamma tomondan suv o‘ragan kichikroq quruqliklar orollar deyiladi.

  • Eng katta orollar qaysilar? J- Grenlandiya, Yangi Gvineya, Kalimantan, Madagaskar eng katta orollardir.

  • Yarimorol deb nimaga aytiladi? J- Agar quruqlik uch tomondan suv bilan o‘ralib, faqat bir tomonidan katta quruqlik bilan tutashgan bo‘lsa, ular yarimorollar deb ataladi.

  • Eng yirik yarim orollar qaysilar? J- Arabiston, Hindiston, Skandinaviya eng katta yarimorollar hisoblanadi.

  • Dunyo okeani deb nimaga aytiladi? J- Materiklarni o‘rab turgan va bir-biri bilan tutashib ketgan suvli hudud.

  • Nechta okean bor? J- Dunyo okeani to‘rtta — Tinch, Atlantika, Hind va Shimoliy Muz okeanlaridan iborat.

  • Dunyo okeani Yer yuzining necha % ini tashkil qiladi? J- 71 foiz (%) ini.
  • Quruqlik Yer yuzasini necha foizni tashkil qiladi? J- 29 % ini.


  • Yer yuzasining asosiy relyef shakllari nimalardan iborat? J- Tog‘ va tekisliklar quruqlik relyefining asosiy shakllari hisoblanadi.

  • Tog‘lar qanday hosil bo'ladi? J- Yerning ichki kuchlari ta’sirida hosil bo‘ladi.

  • Tekisliklar qanday hosil bo'ladi? J- Tog‘larning yemirilishi va yemirilgan jinslarning chuqurliklarni to‘ldirishidan vujudga keladi.

  • Tekisliklar deb nimaga aytiladi? J- Yuzasi tekis yoki biroz past-baland yerlardir.

  • Dunyodagi eng katta tekisliklar qaysilar? J- Turon, Amazonka, G‘arbiy Sibir va Sharqiy Yevropa tekisliklaridir.

  • Tog'lar deb nimaga aytiladi? J- Yer yuzining dengiz sathidan baland ko‘tarilgan va yer yuzasi notekis bo‘lgan joylariga tog’lar deyiladi.

  • Tog‘larning eng baland qismlari nima deb ataladi? J: tog‘ cho‘qqisi.

  • Dunyodagi eng baland nuqta qaysi? J- Himolay tog‘laridagi Jomolungma cho‘qqisi bo‘lib, balandligi 8 848 m.

  • Bu cho‘qqini O‘zbekistondan birinchi bo‘lib kim zabt etgan? J- 1998-yilning 22- mayida Rustam Rajabov zabt etgan.

  • O‘zbekistonning eng baland nuqtasi qayer hisoblanadi? J: Hisor tizmasidagi Harzati Sulton cho‘qqisi (4643 m).

  • Pastteislik deb nimaga aytiladi? J- Yer yuzidagi tog‘ va tekisliklarning balandligi har xil bo‘ladi. Agar tekisliklarning dengiz sathidan balandligi 200 m dan oshmasa, ular pasttekislik deyiladi.

  • Qirlar deb nimaga aytiladi? J- Tekisliklar balandligi 200 m dan 500 gacha bo‘lsa, ular qirlar deb ataladi.

  • Yassi tog'lik deb nimaga aytiladi? J-Ba’zi bir tekisliklarning dengiz sathidan balandligi 500 m dan ham ortiq bo‘ladi. Bunday baland tekisliklar yassi tog‘lik deb yuritiladi. Bunga O‘rta Sibir, Braziliya yassi tog‘liklari misol bo‘ladi.






    1. Tog‘lar ham balandligiga qarab qanday turlarga bo’linadi? J- past, o‘rtacha va baland tog‘- larga bo‘linadi.

    2. Past tog'larning balandligi qancha? J- Agar tog‘larning balandligi 500 m dan 1000 m gacha bo‘lsa, past tog‘lar.

    3. 1000 m dan 2000 m gacha bo‘lsa qanday tog’ deb yuritiladi? J- o‘rtacha tog‘lar.

    4. 2000 m dan 3000 m gacha bo‘lsa, qanday tog’ deyiladi? J- O‘rtacha baland tog‘lar.

    5. Baland tog'ga necha metrdan baland bo'lgan joylar kiradi? J- 3000 m dan yuqori bo‘lsa, baland tog‘lar deyiladi.

    6. O‘zbekistondagi ortacha baland tog'larni ayting? J- Bo‘kantog‘, Tomditog‘ past tog‘lar, Nurota tog‘lari o‘rtacha baland tog‘lardir.

    7. Relyef xaritalarda qanday tasvirlanadi? J- turli ranglar bilan tasvirlanadi. Bular xaritaning shartli belgisida ko‘rsatiladi.

    8. Tog‘ tizmalari deb nimaga ataladi? J: Ba’zan tog‘lar bir-biriga tutashib, uzoq masofalarga cho‘zilib ketgan bo‘ladi. Bunday relyef shakllari tog‘ tizmalari deb ataladi.

    9. Tog’ tizmalariga misollar keltiring? J: Ularga And, Kordilyera, O‘rta Osiyodagi Tyanshan, Hisor tizmalari misol bo‘ladi.
    10. Juda katta maydonlarni egallagan tog‘ tizmalari, yakka-yakka tog‘lar va vodiylar birgalikda nima deyiladi? J: tog‘li o‘lkalar deyiladi.








    1. Gidrosfera deb nimaga aytiladi? J- Yerning suv qobig‘i gidrosfera deb ataladi (Yunoncha «hidro» suv, «sphaira» shar degani).

    2. Gidrosferada suv necha hil holatda uchraydi? J- Uch xil suyuq, qattiq va bug‘ holatida uchraydi.

    3. Gidrosfera necha qismdan iborat? J- Asosan ikki qismdan iborat.

    4. Gidrosferadagi suvning asosiy qismi qayerlarda yig'ilgan? J- Okeanlarda yig‘ilgan (96,5%).
    5. Quruqlikdagi suvlar Gidrosferaning necha foizini tashkil etadi? J: 3,5 foizini.





    1. Nima uchun okean suvidan foydalanib bo'lmaydi? J- Biroq bu suv juda sho‘r bo‘lganligi uchun undan ichishga ham, ekinlarni sug‘orishga ham foydalanib bo‘lmaydi.

    2. Quruqlikdagi suvning deyarli yarmi qayerlarda to'plangan? J- sovuq o‘lkalardagi muzliklarda to‘plangan.

    3. Nima uchun muzliklardan foydalanish qiyin? J- Muzliklar suvi chuchuk, toza suv, lekin odamlar yashaydigan joylardan uzoqda bo‘lganligidan foydalanish qiyin.

    4. Issiq o'lkalardagi tog'lardagi suvlar nimalarga suv berib turadi? J- Issiq o‘lkalarning baland tog‘laridagi muzliklar yozda daryolarga suv berib turadi.

    5. Yer osti suvlari qancha? J- taxminan muzlik suvlaricha bo‘lsa ham, ularning sifati har xil. Sho‘r suvlar ham ko‘p.


    6. Download 9,75 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish