Bu bo‘laklarni bir-biridan nimalar ajratib turadi? J- Chuqur darzlar, yoriqlar ajratib turadi.
Litosfera plitalari qanday harakat qiladi? J- mantiyaning suyuq jinslari qatlami ustida turli tomonga siljib yuradi.
Bir-biriga qarshi yo‘nalishda siljiyotgan plitalar to‘qnashgan joylarda nimalar hosil bo'ladi? J- Yer po‘sti bukilib, yoysimon orollarni, tog‘larni, chekka okean botiqlarini hosil qiladi. Bularga And tog‘lari, Yaponiya orollari, Mariana botig‘ini misol qilib ko‘rsatish mumkin.
Litosfera plitalari qayerda harakatchan bo'ladi? J- bir-biridan ajralayotgan yoki to‘qnashayotgan joylarda ular juda harakatchan bo‘ladi, tez-tez yer qimirlab turadi. Ko‘pchilik so‘nmagan vulqonlar shu yerlarda joylashgan.
Bunday joylar qanday zonalarni tashkil qiladi? J- Minglab kilometrga cho‘zilgan yer qimirlash — seysmik (yunoncha «seismos» — yer qimirlash)ni hosil qiladi.
Eng ko‘p vulqonlar va yer qimirlaydigan joylar qayerga tog'ri keladi? J- Litosfera plitalari tutashgan joylarga to‘g‘ri keladi.
Bulardan eng yiriklari qaysi zonalar? J- : Tinch okean «olov» halqasi,
Alp—Himolay seysmik mintaqasi.
Har yili Yer ostidan nimalar qazib olinadi? J- Yuz millionlab tonna neft, gaz, ko‘mir, torf hamda temir, mis, aluminiy va boshqa metall rudalari, tuzlar qazib olinadi.
Ulardan nimalar yasaladi? J- Turli mashinalar, samolyotlar, kemalar, kosmik apparatlar yasaladi va harakatga keltiriladi.
Deyarli barcha tog‘ jinslari qanday boylik hisoblanadi? J- Mineral boylik hisoblanadi.
Mineral boyliklar necha guruhga ajratiladi? J- Uch guruhga ajratiladi: yoqilg‘i, rudali, rudamas. Yerning yoqilg‘i boyliklari.
Yoqilg‘i boyliklari nimalardan iborat? J- Asosan torf, ko‘mir, neft va gazdan iborat.
Torf qanday hosil bo'ladi? J- Botqoqliklarda o‘simlik qoldiqlaridan hosil bo‘ladi. Hozirgi vaqtda torf kam ishlatiladi. Uning o‘rniga ko‘mir, neft, gaz tobora ko‘proq yoqilayapti.
Ko‘mir nimadan hosil bo'ladi? J- O‘simlik qoldiqlaridan hosil bo‘ladi. Agar ko‘mirni sindirib, diqqat bilan qarasangiz, unda qadimda o‘sgan o‘simliklar barglarining izlarini ko‘rasiz.
Ko‘mir necha turga bo'linadi? J- Toshko‘mir va qo‘ng‘ir ko‘mir deb ataluvchi ikki turga bo‘linadi.
Toshko‘mir qanday hususiyatga ega bo'ladi? J- Qattiq va yaltiroq bo‘lib, yonganda juda ko‘p issiqlik beradi.
Qo‘ng‘ir ko‘mirning hususiyati qanday? J- Nisbatan kamroq issiqlik tarqatadi.
O‘zbekistondagi eng yirik qo'ng'ir ko'mir koni qaysi? J- Ohangaron koni ko‘miri qo‘ng‘ir ko‘mir hisoblanadi.
Neft va gaz konlari qayerda uchraydi? J- Ham cho‘kindi jinslar orasida bo‘ladi. Ular ko‘pincha birga uchraydi.
Neft va gaz qayerlarda qazib chiqariladi? J- Antarktidadan boshqa hamma materiklardan qazib chiqariladi.
Neft va gaz qayerda ko'p bo'ladi? J- Dengiz sayozligida ko‘p bo‘ladi.
Rudali mineral boyliklarga nimalar kiradi? J- Temir rudalari va rangli metall rudalari kiradi.
Qayta ishlangan rudalardan nimalar ajratib olinadi? J- Temir, mis, aluminiy, qo‘rg‘oshin, rux ajratib olinadi.
Rangli metallarga nimalar kiradi? J- Qimmatbaho hisoblangan — oltin va kumush rangli metallar guruhiga kiradi.
Deyarli barcha rudalar qayerda hosil boladi? J- Yerning qizib yotgan chuqur qismida hosil bo‘ladi.
Rudamas foydali qazilmalar qayerda uchraydi? J- Yer bag‘rida ko‘plab uchraydi. Ular qatlam-qatlam bo‘lib yotadi. Ba’zan bunday qatlamlarning qalinligi bir necha o‘nlab metrga yetadi.
Rudamas foydali qazilmalar orasida eng muhimi qaysi? J- Bunday foydali qazilmalar orasida eng muhimi osh tuzidir. U tozalanib, maydalanib ovqatga va har xil tuzlamalarga ishlatiladi.
Rudamas foydali qazilmalardan yana nimalar olinadi? J- Qimmatbaho va kerakli mineral o‘g‘itlar ham olinadi. Kaliyli, fosforli va azotli minerallar o‘g‘it
ishlab chiqarishda katta o‘rin tutadi.
Ko‘p tog‘ jinslaridan nima sifatida foydalaniladi? J- Qurilish materiallari sifatida foydalaniladi. Mineral boyliklar xaritalarda har xil belgilar bilan ko‘rsatiladi.
Respublikamizda yangi qanday konlar ochilgan? J- Neft, gaz va oltin konlarining topilishi va ishlab chiqarishga joriy etilishi yurtimiz ravnaqiga xizmat qilmoqda
Mantiyadagi harakatlar ta’sirida qanday jarayonlar yuz beradi? J- Yer po‘stining ayrim joylari asta-sekin cho‘kadi, boshqa qismlari esa ko‘tariladi.
Chuqur cho‘kkan joylarni suv qoplab nimalar hosil bolgan? J- Okean va dengizlar hosil bo‘lgan.
Ko‘tarilgan joylar nimalarni hosil bolgan? J- Quruqlik bo‘lib, materiklarni, orol va yarimorollarni paydo qilgan.
Vaqt o‘tishi bilan bu shakllar qanday o'zgarishi mumkin? J-okean va dengizlar osti ko‘tarilib quruqlikka aylanishi, aksincha, quruqliklar pasayib, o‘rnini suv bosib dengizga aylanishi mumkin. Biroq bunday o‘zgarishlar o‘nlab, yuzlab million yillarda ro‘y beradi.
Tektonik harakatlar deb nimaga aytiladi? J: Yerning ichki kuchlari ta’sirida Yer po‘stida ro‘y beradigan siljish, yorilish, ko‘tarilish, cho‘kish, bukilish harakatlariga aytiladi.
Bizning mamlakatimiz O‘zbekiston o‘rni ham nimani ostida bo'lgan? J- 30 mln yil ilgari dengizdan iborat bo‘lgan. Biz bularni tog‘ jinslari orasidan topiladigan dengizda yashagan hayvonlar qoldiqlari — chig‘anoqlar va suyaklarni o‘rganib bilamiz.
Yer po‘stining gorizontal harakati natijasida qanday jarayonlar vujudga keladi? J
- Yer qatlamlari bukilib, burmali tog‘larni, vodiylarni, chuqur okean botiqlarini hosil qiladi. Yer po‘stida yoriqlar vujudga keladi. Masalan, Farg‘ona vodiysi, Tyanshan tog‘lari shunday hosil bo‘lgan.
Relyef deb nimaga aytiladi? J- Yer yuzasidagi barcha baland-pastliklar — tog‘lar, tekislik, qir, vodiy, soylar va boshqalar relyef deb ataladi.
Magma nima? J- Yer po‘stida biror joy yorilsa, o‘sha hudud tagida bosim pasayib, chuqurdagi qaynoq moddalar suyuqlashib, suyuq jinsga aylanadi. U magma deb ataladi.
Lava nima? J- Magma yer yoriqlaridan yuqoriga ko‘tariladi va yer yuziga oqib chiqadi. Yer yuziga oqib chiqqan qaynoq suyuq modda lava deyiladi.
Lava qanday relyef shakllarini hosil qiladi? J- Lava asta sovib, tepa va tog‘larni hosil qiladi. Bunday tepa va tog‘lar vulqonlar deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |