Javob: 75x1 m=75 m. Demak Abbos va Nigina yasama o’lchov g’ildirakda 75 m yurishgan. Izox: yasama o’lchov g’ildiragining bir aylanasi 1 m ga teng.
150x50 sm=7500 sm, 7500 sm:100 sm=75 m. Demak Abbos va Nigina qadamlab o’lchabham 75 m yurishgan. Izox: odamning o’rtacha qadami 50 sm ni tashkil etadi.
A va B qishloqlar orasidagi masofani o‘quvchilar 2 soatda bosib o‘tganliklari ma’lum bo‘lsa, qishloqlar orasidagi masofani aniqlang.
Javob: 2x5 km=10 km. Demak A va B qishloqlar orasidagi masofa 10 km ekan. Izox: odam o’rtacha 1 soatda 5 km masofani bosib o’tadi.
5-sinf o‘quv atlasidagi «Yarimsharlar tabiiy xaritasi»dan quyidagilarni:
Xarita masshtabidan foydalanib, Toshkent va Pekin shaharlari oralig‘idagi masofani kilometr hisobida;
Toshkent bilan Qohira oralig‘idagi masofani kilometr hisobida;
Toshkent shahri bilan Shimoliy va Janubiy qutblar oralig‘idagi masofani kilometr hisobida aniqlang.
Javob:
Toshkent va Pekin shaharlari oralig‘idagi masofa 4,5 sm 4,5x900=4050 demak javob 4050 km.
Toshkent bilan Qohira oralig‘idagi masofa 4,2 sm 4,2x900=3780 km demak javob 3780 km.
Toshkent shahri bilan Shimoliy qutb orasidagi masofa 4,5 sm 4,5x900= 4050 km demak javob 4050 km.
Toshkent shahri bilan Janubiy qutb orasidagi masofa 15 sm 15x900=13500 demak javob 13500 km.
Izox: ushbu hududlar orasidagi berilgan masofa 5-sinf o‘quv atlasidagi «Yarimsharlar tabiiy xaritasi»dan foydalangan. Bu xaritaning masshtabi 1:90 000 000 (1 sm da 900 km).
Toshkentdan Madridgacha bo‘lgan 7500 km li masofa birinchi xaritada 25 cm ga, ikkinchi xaritada esa 5 cm ga teng bo‘lsa, ushbu xaritalarning masshtabini aniqlang.
Javob: birinchi xaritada, 7500 km:25 sm=300 km. demak ushbu xaritaning masshtabi 1:30000000 ya’ni 1sm da 300 km bor.
Ikkinchi xaritada, 7500 km:5 sm=1500 km. demak ushbu xaritaning masshtabi 1:150000000 ya’ni 1sm da 1500 km bor.
Yerning modeli nima? J- Globus.
Globusda materiklar, okeanlar, orol hamda yarimorollar qanday tasvirlanadi? J- Ancha aniq, lekin juda kichraytirilgan holda tasvirlanadi.
Joy planida nimalarni aniq tasvirlash mumkin? J- Kichik joy va undagi hamma narsa — tepalik, daryo, binolar, daraxt, shamol tegirmoni va boshqalar ancha to‘liq aks etadi.
Geografik xaritada Yer yuzasi tekis yuzada nimalar bilan tasvirlanadi? J- juda kichraytirilgan holda shartli belgilar bilan tasvirlanadi.
Yerning qabariq yuzasi tekis yuzada (qog‘ozda) tasvirlanganda ayrim xatoliklar bo‘ladi. Bunda asosiy xatoliklar ikki xil bo‘ladi, bular qaysilar? J: Maydon xatoligi va yo‘nalish xatoligi. (Masalan, Dunyo xaritasida Shimoliy va Janubiy qutbarga yaqin orollar, dengizlar aslidan kattaroq tasvirlanadi).
Nima sababda xaritalar xar-xil bo'ladi? J- Xaritalarda Yer yuzasidagi hamma narsalarni ko‘rsatib bo‘lmaydi. Shuning uchun xaritalar nimalarni aks ettirishiga qarab har xil bo‘ladi: relyef xaritasi, foydali qazilmalar xaritasi, tuproqlar xaritasi, o‘simliklar xaritasi, hayvonot dunyosi xaritasi va boshqalar.
Geografik xaritalarni shartli ravishda necha turga bo‘lish mumkin? J: 3 turga.
Bular qaysilar? J: tabiiy geografik, siyosiy-ma’muriy va iqtisodiy geografik xaritalar.
Tabiiy geografik xaritalarga qaysilar misol bo’ladi? J: relyef xaritasi, foydali qazilmalar xaritasi, tuproqlar xaritasi, o‘simliklar xaritasi, hayvonot dunyosi xaritasi va boshqalar.
Relyef xaritalarida nimalar tasvirlanadi? J- Quruqlik yuzasidagi va dengiz ostidagi notekisliklar — tog‘lar, qirlar, tekisliklar tasvirlanadi.
O‘simliklar xaritalarida nimalar tasvirlanadi? J- Turli hududlardagi o‘simliklar, ularning qanday tarqalganligi ko‘rsatiladi.
Foydali qazilmalar xaritalarida nimalar tasvirlanadi? J- Ko‘mir, neft, gaz, temir rudasi va Yerning boshqa mineral boyliklari qayerlarda joylashganligi shartli
belgilar bilan aks ettiriladi.
Iqlim xaritalarida nimalar tasvirlanadi? J- Yer yuzining qayerida qancha yog‘in yog‘ishi, havo harorati qanday bo‘lishi, shamollar yo‘nalishi tasvirlanadi.
Tabiat zonalari xaritalarida nimalar tasvirlanadi? J- Yer yuzida tabiat zonalarining qanday joylashganligi, bu zonalarda qanday turdagi o‘simliklar o‘sishi, qanday tuproqlar tarqalganligi ko‘rsatiladi.
Iqtisodiy xaritalarda nimalar ko'rsatiladi? J- Sanoat korxonalari va qishloq xo‘jaligi ekinlari, transport yo‘llari shartli belgilar bilan tasvirlanadi.
Mavzuli xarita deb nimaga aytiladi? J- Xaritalarda ma’lum mavzuga oid geografik narsa (predmet) va hodisalar tasvirlangan bo‘ladi. Shuning uchun bunday xaritalar mavzuli xaritalar deb ataladi.
Geografik xaritalar qanday xaritalarga bo'linadi? J- Dunyo xaritasi, materik va okeanlar xaritasi hamda alohida o‘lkalar, davlatlar xaritalariga bo‘linadi.
Mavzuli xaritalardan tashqari yana qanday xaritalar xam bor? J- Umumgeografik xaritalar ham bo‘ladi.
Mavzuli xaritalarda nimalar ko'rsatiladi? J- Ularda hududning umumiy ko‘rinishi, ya’ni relyef, daryolar, ko‘llar, dengizlar, shaharlar, okeanlardagi yirik oqimlar va boshqalar ko‘rsatiladi.
Tabiiy xaritalar deb qanday xaritalarga aytiladi? J- Tabiiy obyektlar ko'rsatilgan xaritalarga yani dengiz daryo tog'lar tekislik va pastekisliklar, okean va materiklar korsatilgan xaritalarga aytiladi (24-rasm).
Tabiiy xaritalar qanday turlarga bo'linadi? J- har xil bo‘ladi: Dunyo (Yarimsharlar) tabiiy xaritalari, alohida materiklarning tabiiy xaritalari, ayrim davlat va o‘lkalarning tabiiy xaritalari.
Yozuvsiz xaritalardan nima maqsadda foydalanish mumkin? J- Bularda konturlargina beriladi. Ulardan amaliy ishlarni bajarishda foydalaniladi.
Iqtisodiy xaritalar qanday turlarga bo'linadi? J- Tasvirlangan hududining kattaligiga ko‘ra Dunyo xaritasi, alohida materiklar, alohida davlat yoki o‘lkalar xaritalari bo‘ladi.
Xaritalarda turli predmet va hodisalarni tasvirlash uchun nimalardan foydalaniladi? J- Xaritaning o‘ziga xos tili hisoblangan shartli belgilardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |